Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja
Download 1.82 Mb.
|
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baxshillochilar.
«Shoxidiylar».
«Shokidiylar» jamoasining faoliyatiga ** Andijon shakri va tumanida 1990-yillarning boshida Karimov Xabib (1944 y.t.) tomonidan asos solingan. X.Karimov aslida kech kanday diniy ma’lumotga ega bulmay, jamoaga xos diniy karashlarni Toshkent shaxrida yashab yurganda poytaxtda istikomat kiluvchi shaxsi noma’lum fukarolardan uzlashtirgan. «Shoxidiylar»ning diniy karashlarida islom ta’limotiga zid kuyidagi tamoyillar mavjud: Kur’on tafsirlari va xadislar inkor kilinadi; besh maxal namoz ukish rad etiladi, istalgan vaktda ikki rakat namoz ukiladi, guyoki solix amallar namoz xisobiga utadi deb xisoblanadi; Makka shaxridagi «Masjidu X,arom»dan boshka masjidlar tan olinmaydi, imom-xatiblar guyoki sof islomdan kaytgan xisoblanib, jamoa a’zolariga namoz uchun masjidga borish man etilgan, juma namozi fakat Makka axdiga farz etilgan deb da’vo kilinadi; islomiy marosimlar xam utkazilmaydi. Jumladan, 2001 yilning sentabrida X.Karimov onasi vafot etganda mayitni kechasi yashirincha, «janoza» ukimay kumib kelgan; jamoa a’zolariga tuy va boshka dunyoviy marosimlarni utkazish yoki ishtirok etish takiklangan; spirtli ichimlik ichish xarom sanalmaydi. «Shoxidiylar» jamoaga yangi a’zolarni asosan uzlarining yakin karindoshlari ichidan jalb kiladilar. Kuda bulish xam odatda fakat jamoa doirasida amalga oshiriladi. Yangi a’zolarga 70 kun ruza tutish buyuriladi. Jamoa a’zolariga diniy tushunchalar «Kur’ondan ma’ruf» nomli kitob asosida beriladi. Mutaxassislarning fikriga kura, mazkur kitob 1960-yillarda Toshkent shaxri va viloyatida vujudga kelgan, bugungi kunda faoliyati kuzatilmayotgan «Axdi KUR’0N» norasmiy diniy jamoasi a’zolari tomonidan tayyorlangan. Mazkur jamoa tomonidan xam dastavval mukaddas matn sifatida fakat Kur’on tan olinib, xadislar rad etilgan xamda mazxablarga ergashish tankid kilingan. Hozir oz sonli «shoxidiylar» Andijon shaxri va Andijon tumani xududida yashaydi. Baxshillochilar. G‘ayriislomiy mohiyatga ega “Baxshillochilar” jamoasi Buxoro viloyatida tug‘ilgan Baxshillo Aliev tomonidan 1997 yilda asos solingan. Jamoa a’zolarining aksariyati Buxoro shahri va Kogon tumanida istiqomat qilgan. “Baxshillochilar” o‘zlarining musulmon ekanliklarini da’vo qilsalar-da, aslida ularning diniy-aqidaviy qarashlari islomning asl ta’limotiga ziddir. Bunga Baxshilloning Mahdiy kelishi, payg‘ambarlik, haj, namoz kabi aqidaviy masalalarga munosabati dalil bo‘la oladi. Jumladan, islom ta’limotida Qiyomatga yaqin insonlarni yaxshilikka chorlovchi “Mahdiy” (arabcha to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi)ning kelishi haqidagi qarashlar mavjud. Baxshillo islomdagi Mahdiy to‘g‘risidagi qarshlarni nazar-pisand qilmay, asossiz ravishda o‘zini musulmonlar tomonidan oxir zamon arafasida paydo bo‘lishiga ishoniladigan Mahdiy deb atagan. Buning ustiga, Baxshillo payg‘ambarlik ham da’vo qilib, islomning bu boradagi aqidasiga zid g‘oyani ilgari suradi. U o‘zini payg‘ambar, turmush o‘rtog‘i Mohira Alievani “musulmonlar onasi”, farzandlari Olim va Faxriddinni “musulmonlar amiri”, yaqin izdoshlarini esa “sahobalar” deb e’lon qilgan. Islom ta’limotiga ko‘ra,Muhammad payg‘abardan so‘ng o‘zini payg‘ambar deb e’lon qilgan kishi kazzob, dajjol hisoblanadi. Baxshillo 1990 yillarning oxirida aholi ichida diniy va milliy nizolarni keltirib chiqarishga qaratilgan hatti-harakatlari uchun qamoq jazosiga tortilgan. U 2006 yili ozodlikka chiqqach, Rossiya Federatsiyasiga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan. Lekin Rossiyada istiqomat qilsa-da, Buxoro viloyatidadagi maslakdoshlari orqali “Baxshillochilar” jamoasi g‘oyalarini targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan. Buning ustiga, Baxshillo go‘yoki uni ziyorat qilgan kishi haj amalini bajargan kishi singari savob oladi degan soxta g‘oyani tashviq qilgan. Uning yana bir buzg‘unchi g‘oyalaridan biri unga ergashganlarga, namoz go‘yoki bir kecha-kunduzda uch mahal farz qilingan, degan da’vodir. Uning ikkinchi bir da’vosi, go‘yo unga ergashganlarga qiyomatda savol-javob bo‘lmaydi, qanday holatda vafot etishidan qat’iy nazar, ularga shahidlik maqomi beriladi. Baxshillo uni ziyorat qilish uchun Rossiyaga borgan muxlislarini qurilish va boshqa firmalarda ishlatib, topgan daromadlarining asosiy qismini o‘zlashtirib olish bilan shug‘ullangan. SHuningdek, Baxshillo o‘zining peshobini barcha kaslliklardan forig‘ qiluvchi dori sifatida pul evaziga O‘zbekistonda qolgan muridlariga yuborgan. Agar Baxshillochilar e’tiqod qiladigan g‘oyalarga zimdan nazar tashlansa, u tomonidan ilgari surilgan aqidalar Hidistonda paydo bo‘lgan Mirzo G‘ulom Ahmad Qodiyoniy tomonidan asos solingan “Ahmadiya” g‘oyalariga hamohang ekanligini sezish mumkin. Baxshillo tomonidan ilgari surilgan g‘oyalarga e’tibor berilsa, bir tomondan uning g‘oyasi asl islom dining mazmun-mohyatiga qarama-qarshi ekanligi, ikkinchidan, uning buzg‘unchi g‘oyalari jamiyatimiz barqarorligiga rahna solishga qartilganligini sezish mumkin. Download 1.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling