Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati. Reja


Download 1.82 Mb.
bet74/130
Sana20.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1788716
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130
Bog'liq
Qarshi – 2023 1-mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi

Krishnani anglash jamiyati. Bugungi kunda dunyoda faol missionerlik bilan shug‘ullanayotgan Xalqaro Krishnani anglash jamiyati (MOSK) sharqona destruktiv diniy tashkilotdir. Sekta asoschisi hind ruhoniysi Abxay Charan De (1896-1977), 1947 yil “Veda” bilimdoni sifatida, “Bxaktivedanta” (sanskritcha - “sodiqlik”, “fidokorona xizmat”) unvoniga sazovor bo‘ladi. Ayniqsa, sanskrit tilidan ingliz tiliga “Bxagavadgita” (“Xudo qo‘shiqlari”)ni tafsirlarini tarjima qilish orqali Svami (“Aql va hissiyotlar egasi”) nomiga sazovor bo‘ladi. O‘z navbatida, Abxay Charan De o‘zini keyinchalik Shri Shrimad Svami Bxaktivedanta Shrila Prabxubada deb ataydi. 1965 yilda Sekta rahbari A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQSHga ko‘chib o‘tdi va “Xalqaro Krishnani anglash jamiyati” ga asos soldi.
O‘z navbatida, Prabxubada o‘z ustozining vasiyatini amalga oshirish uchun Krishna ta’limotini G‘arbda targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratgan. Shu o‘rinda, Prabxubada AQSHda taniqli Alen Ginzberg bilan o‘zaro yaqindan tanishgan. Ayniqsa, Alen Ginzbergning Sharq madaniyatiga qiziqishi Prabxubadaga o‘z ta’limotini targ‘ib etishda yaqindan ko‘maklashdi. Shuningdek, Prabxubada o‘z ta’limoti orqali “Bitlz” guruhini ham o‘ziga jalb etgan. O‘z navbatida, “Bitlz” guruhi o‘zining nomini sektaga ishlatilishiga ruxsat etgan.
Ayniqsa, guruh a’zosi Jorj Xarrison Prabxubadaga kirishnachilar ta’limotini yoyish maqsadida mantralar bilan disklar chiqarishga ko‘maklashgan. Jorj Xarrison sekta faoliyatini rivojlantirish maqsadida moliyaviy yordam ko‘rsatib krishnachilarga London atrofidagi qasrni ham sekta tasarrufiga o‘tkazgan. Hozirda mazkur qasr XKAJning Angliyadagi shtab kvartirasi hisoblanadi. Ayniqsa, A.Ch.Bxaktivedanta 1968 yilda krishnaizm ta’limotini yoyish maqsadida sekta g‘oyalarini o‘zida aks etuvchi “xudoga qaytish” jurnalini tashkil etdi. Prabxubadani o‘zining diniy e’tiqodi tufayli o‘z oilasidan voz kechib, Sanyasin (ya’ni o‘zini xudoga bag‘ishlash) yo‘lini tanlagan. Prabxubada o‘z sektasi g‘oyalarini Hindistonda targ‘ib etishga harakat qiladi, ammo u yerdagi kuchli raqobat tufayli o‘z maqsadiga yetisha olmaydi. Natijada, u o‘z omadini sinab ko‘rish maqsadida Amerikaga borishga qaror qiladi. Shu o‘rinda, Prabxubadaning sektagacha bo‘lgan hayot faoliyati Xabbard, Muna yoki Jozef Smitnikiga o‘xshashligini farqlash qiyin emas, albatta. O‘z navbatida, Prabxubada G‘arbda o‘z ta’limoti orqali Hindiston hayotini tashqi tomonini tatbiq etishga harakat qilgan.
Ayniqsa, uning yoqtirgan metaforasi “G‘arb-ko‘r (ruhiy)”, “Sharq - oqsoq (ya’ni iqtisodiy tomondan kambag‘al)” va ularning o‘zaro birikishi orqali kamolotga erishish mumkin degan g‘oyani ilgari suradi. Vaholanki, ko‘r va oqsoqni kamolat timsoli sifatida atash mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. “Xalqaro krishnani anglash jamiyati” fundamentalistik xarakterdagi yangi hinduistik sekta sifatida faoliyat olib boradi. Mazkur sekta faoliyati ayniqsa, Hindistonda juda keng tarqalgan bo‘lib, “Krishnani anglash jamiyati”ning asosiy vaziflaridan biri turli xil madhiyalar va ibodatlarni amalga oshirishdir. Ayniqsa, krishnachilar ta’limotida insonni bu dunyodagi azob uqubatlardan xalos etishning yagona yo‘li xudoga e’tiqod qilishdir. Sekta ta’limotida asosiy ibodat so‘zi “Xare Krishna” ya’ni “Ey hamma narsaga qodir xudo, hammani xursand qiladigan xudo, menga sen uchun xizmat qilishimga ijozat ber”- degan aqidaga qattiq rioya qilishidir. O‘z navbatida, sekta ta’limotida Krishna (Vishnu)ga e’tiqod qilish, muqaddas yozuv sifatida “Bxagavadgita” va “Veda”, matnlarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi. Mazkur oqim a’zolari Krishnani mutloq xudo, cheksiz va abadiy ko‘rinishlarga ega ekanligini ta’kidlashadi.
Shuningek, krishnani anglashda avvalo insonlar bxakta-yoga mashg‘ulotlari orqali ruhni poklashga erishish mumkinligini ta’kidlashadi. Shu o‘rinda, karishnachilar ta’limotida o‘zining moddiy ehtiyojlaridan voz kechish, go‘sht, tuxum, baliq, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish taqiqlanadi. Mazkur oqim a’zolari inson aqlini poklash, o‘z fikrini tashqi dunyodan xolos etishda, butun muhabbatini xudoga izhor etish orqali ibodatxonalarda meditatsiya - diniy marosimlarni kun davomida soatlab bajarishadi. Hozirda krishnachilar missionerlik faoliyatini amalga oshirishda qo‘yidagi jihatlarga asosiy e’tibor qaratishadi:
- ibodat kiyimlarida yurib, aholi yashaydigan gavjum joylarda o‘zlarining g‘oyalari aks ettirilgan diniy adabiyotlarini tarqatish;
- qariyalar va mehribonlik uylari hamda davolash maskanlarida fuqarolarga o‘zlarini “beg‘araz”yordamlarini amalga oshirish;
- mazkur oqim a’zolari o‘z mol mulklarini tashkilot hisobiga xayr-ehson qilishni va bu orqali tashkilot doirasida ruxoniylik martabasiga ko‘tarilish orqali rag‘batlantiriladi;
Shuningdek, sekta ta’limotida oqim a’zolarining diniy tamoyillarga qattiq amal qilish go‘yoki, “jamiyatni yovuz kuchlardan holos etish orqali ijobiy tomonga o‘zgarishi natijasida insoniyatni firibgarlik, tovlamachilik, aldov va korrupsiyadan xalos etadi”-deya ta’kidlashadi. Ayniqsa, Krishna ta’limotidagi ilgari surilgan g‘oyaga ko‘ra, go‘yoki, mazkur ta’limotni ijobiy jihatdan o‘zga din vakillariga namuna bo‘ladigan e’tiqod ekanligini ta’kidlashadi. Shu tariqa, krishnani anglashda avvalo insonlar bxakta-yo'ga mashg‘ulotlari orqali ruhni poklashga alohida ta’kidlashadi.
Mutaxassislar krishna ta’limotini o‘tgan asrning 70-yillarda sobiq SSSR hududida ham tarqala boshlaganligini ta’kidlashadi. Bugungi kunda, Rossiyada “Xalqaro Krishna anglash jamiyati” keng miqyosda faoliyat ko‘rsatishi natijasida u totalitar sekta hisoblanadi. Rossiyada krishnachilar g‘ayri oddiy tarzda kiyinib jamoat joylarida o‘z g‘oyalari aks etgan adabiyotlarni tarqatish holatlari aniqlangan. Ayniqsa, sektalar tez-tez madaniy tadbirlarni o‘zlariga niqob qilib turli xil “kungilochar” bazmlar uyushtirish orqali insonlarni aldab, o‘z faoliyatini amalga oshirishmoqda. Rossiyaning Tula, Yekatirenburg, Vladimir, Qozon kabi shaharlarida “Xalqaro Krishnani anglash jamiyati” tomonidan “Ratxa-yatra-Aravalar bayrami” keng miqyosda o‘tkazilgan. Mazkur bayram mahalliy aholi ishtirokida shahar markazidagi istirohat bog‘lari hamda dam olish maskanlarda tashkil etilib, bayram qatnashchilariga sekta g‘oyalari aks etgan diniy adabiyotlar tarqatilib, sekta asoschisi Svami Prabxupada va krishna jamiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar e’lon qilinadi. Mazkur bayram qatnashchilaridan o‘z pullarini krishnachilar jamiyati uchun qurbonlik qilish so‘raladi.
Xususan, Krishnachilar ta’limoti zamiriga e’tibor qaratilsa, go‘yoki sektantlar shahar xokimligiga odamlarga qadimgi hind tarixiy madaniyati, san’ati, qadriyatlari, milliy taomlarini shahar aholisiga tanishtirishga xokimlardan ruhsat olishganligini ta’kidlashadi. Ammo, mazkur tadbirlar hind madaniyati bilan umuman bog‘liq emasligi, diniy marosimlari asosan, krishnani anglash tashkiloti bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Shu o‘rinda, mamlakat aholisini Krishnachilar ta’limotini asl mohiyatini anglamaslik, yordam tariqasida bepul sovg‘alar, tekin davolanish, maktab o‘quvchilari uchun o‘quv qurollarini olish maqsadida ushbu bayramda ishtirok etishi namoyon bo‘lgan. Ayniqsa, Tula shahrida yashovchi ayrim keksalar Krishnaga sig‘inib, shahar markazida tashkil etilayotgan “Ratxa-yatra-Aravalar bayrami”da apelsin yoki banan olish uchun ishtirok etishi aniqlangan. Zero, mazkur bayramda doimiy ravishda qatnashayotgan aholi ongida Rus xalqning milliy qadriyatlari hamda din va diniy ta’limotlaridan voz kechish holatlari namoyon bo‘lmoqda. O‘z navbatida mazkur bayramda qatnashuvchi boshqa din vakillari katoliklar, provaslavlar, protestantlar, yaxudiylarining ishtiroki tufayli krishnachilar ta’limotiga e’tiqod qilish holatlari kuzatilmoqda. Mazkur oqim a’zolari o‘zlarini faol missionerlik faoliyatini mamlakatimizda o‘tgan asrning 90-yillarning o‘rtalarida amalga oshirganligini ta’kidlash o'rinli. Ayniqsa, Toshkent shahridagi “Krishnani anglash jamiyati” vakillari tomonidan shaharning turli burchaklarida o‘zlarining ibodat kiyimlarida yurib, diniy adabiyotlarni tarqatish holatlari kuzatilgan. Shu o‘rinda, 2018 yil 1 martga qadar mamlakatimizda Krishnachilarning 1 ta diniy tashkiloti ro‘yxatga olingan.
Hozirgi kunda krishnachilar dunyo miqyosida o‘z faoliyatlarini 150 dan ortiq ibodatxonalari orqali amalga oshirmoqda. Krishnaitlar ta’limotiga ko‘ra, mamlakat hayotidagi siyosiy jarayonlarga ishtirok etishdan voz kechish orqali faqatgina xudoga e’tiqod qilishni afzal bilishadi. Zero, mazkur holat insonlar qalbi va ongida o‘zida yovuz va buzg‘unchi g‘oyalarni targ‘ib etuvchi Krishna ta’limotiga nisbatan jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling