Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/54
Sana04.04.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1325481
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi

Boshimg‘a yoqqan g‘am toshiin mingdan biricha bo‘lmag‘ay, 
Gardun agar ming Besutun yog‘dursa Farhod ustina. (Ogahiy) 
Hikoya – ar. «» so‘zidan. Nasriy turga mansub janr. Hajman qissadan kichik
qahramonlarining kamligi, tasvirlanayotgan voqeaning soddaligi bilan ajralib turadi. M.: 
«O‘o‘ri». 
Husni ta’lil – ar. “chiroyli dalil keltirish” so‘zidan. SHe’riy san’at. Tasvirlanayotgan 
voqea – hodisaga chiroyli shoirona biror sabab keltirish san’atidir. M.:
Qatra qonlarkim, tomar ko‘ksimga urg‘on toshdin, 
Zahmdindur demakim, qon yio‘lar ahvolimg‘a tosh. 
Hаqiqiy ishq – Tasavvufiy atama. bоshqа hеch nаrsаgа qiyos qilinmаydigаn Yarаtgаnni 
tuyish, аnglаsh vа U bilаn birlik tuyg‘usi. 
Io‘roq – ar. «g‘arq qilmoq» so‘zidan. SHe’riy san’at. Mubolag‘aning bir turi. Belgi yoki 
harakatning aqlan ishonish mumkin bo‘lsa ham, hayotda yuz berishi mumkin bo‘lmagan tarzda 
kuchaytirib tasvirlash usuli: 
Yigirmi to‘rt soat kecha – kunduz,
Yigirmi to‘rt dam ursam nafas tuz. (N.)
Iltifot – ar. «alanglamoq» so‘zidan. SHe’riy san’at. So‘zlovchi shaxsning ko‘chishini 
ifodalaydi. CHunonchi, Navoiyning «Kelmadi» radifli g‘azali I shaxs nomidan bayon qilinadi. 
Maqta’da (q) Navoiyga murojaat tarzida so‘zlovchi 2 shaxsga ko‘chadi: 
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘ngling uyin,
Ne uchunkim, boda kelgan uyga qayg‘u kelmadi. (N.) 
Irsoli masal – ar. “Maqol keltirish” so‘zidan. She’riy san’at. Badiiy asarda fikr isboti 
uchun xalq maqollaridan foydalanish san’ati: 
Har kishikim birovga qozg‘oy choh, 
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh.. (N.). Lutfiyning “Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu” 
deb boshlanuvchi g‘azalining hfr bir bfytida irsoli masal san’ati qo‘llangan.


61 
Ishq - Tasavvufiy atama.
Ishq аhli - Tasavvufiy atama. So‘fiylаr. 
Ishtiqoq – ar. «so‘zdan – so‘zni ajratmoq» so‘zidan. SHe’riy san’at. Baytda o‘zakdosh 
so‘zlar qo‘llanadi: 
Qilsa zulm ul zolim elni qilmao‘il, yo rab, zabun, 
CHun tazallumdur ishim, doim meni mazmum qil. (N.) 
Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, 
Ayog‘ing qanda bo‘lsa, boshim anda. (A.) 
Istiora – biror narsa – hodisaga xos xususiyatlarni boshqa bir narsa – hodisaga ko‘chirish 
orqali badiiy ma’no ifodalash. Lekin bu ro‘chirishda tashqi o‘xshashlik asosiy o‘rin tutmaydi. 
Balki o‘xshatilayotgan va o‘xshayotgan narsa – hodisalar orasidagi ichki mantiqiy bog‘lanishga, 
yaqinlikka, vazifalardagi umumiylikka tayaniladi. M.: Cho‘lponning “Binafsha” she’rida 
“Binafsha, sen uchun ko‘kragim erk yeri, Bu yerdan ko‘klarga uchgil” misralari bor. Unda 
“Vatan” tushunchasi “ko‘kragim” so‘zi bilan, “ozod yurt” tushunchasi “erk yeri” birikmasi bilan 
ifodalangan.
Iyhom – ar. «shubhaga solish» so‘zidan. SHe’riy san’at. So‘zning botiniy (ichki) va 
zohiriy (tashqi) ma’nolariga asoslanadi:
Bosh qo‘yay dedim oyog‘i tufrog‘iga, dedi: «qo‘y», 
Bo‘sa istab la’li rangin so‘rdim ersa, dedi: «ol».
Baytda «qo‘y», «ol», «so‘rdim» so‘zlari birdan ortiq ma’noda qo‘llanilgan. 
Janr – fr. «genre – tur, jins» so‘zidan. Badiiy asarning o‘ziga xos tuzilishiga, badiiy 
tasvir vositalariga, bayon usullariga ko‘ra turkumi. Nasriy, nazmiy va drammatik janrlar 
mavjud. 
Kinoya – gr. «bilib bilmaganga olish» so‘zidan. Biror shaxs yoki narsa ustidan kesatish, 
piching, qochiriq vositasida kulish. Badiiy tasvir usullaridan biri. Kinoyaga olingan so‘z matnda 
qo‘shtirnoqqa olib beriladi.
Kоsа, jоm, qаdаh - Tasavvufiy atama. Ishq (mаy) quyilаdigаn idishlаr ko‘ngil (so‘fiy 
qаlbi) rаmzlаridir. 

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling