Qarshi davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi navoiyshunoslik
Download 1.73 Mb. Pdf ko'rish
|
NAVOIYSHUNOSLIK MAJMUA - 2022-2023, kunduzgi, sirtqi
Laff va nashr – ar. «yio‘ish va tarqatish» so‘zidan. SHe’riy san’at. Avval bir necha narsa
yoki tushuncha nomi ketma – ket keltiriladi, keyin ular haqidagi hukmlar bayon qilinadi. Misol ) Latifa – ar. «nozik, yoqimli, zarif» so‘zidan. O‘zbek latifalarining asosiy qahramoni Nasriddin Afandi hisoblanadi. 62 Lirikа - yunоnlаrning rubоbgа o‘xshаsh chоlg‘u аsbоbi lirа so‘zidаn оlingаn vа lirа ijrоligidа аytilаdigаn ijrоchining kеchinmа vа tuyg‘ulаrini tаsvirlоvchi qo‘shiqlаr dеgаn mа’nо bеrаdi. SHоirning tuyg‘ulаri, kеchinmаlаri аks ettirilgаn bаdiiy аsаrlаr lirik аsаrlаr dеyilаdi. Lirikа: shе’r, bаllаdа, qаsidа,lirik dоstоn, o‘аzаl, tuyuq, rubоiy, muxаmmаs vа h.k. Lirо – epik аsаrlаr - dоstоn, bаllаdа, pоemа vа mаsаl kirаdi. Litota – gr. «litotes - oddiylik» so‘zidan. Kichraytirish. Badiiy adabiyotda biror narsa, voqea va belgini mo‘’tadil holatdan kichraytirib, zaiflashtirib tasvirlash usuli. Mumtoz adabiyotda tafrit (q) deb atalgan: Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o‘lturur, G‘oyati nozuklikidin suv bila yutsa bo‘lur. (A.) Turfa qishlog‘i g‘azabkardaki, parrandalari Tobuo‘i ignachi – yu o‘rdag –u g‘ozi kapalak. (M.) Lаb – Tasavvufiy atama. yorning kаlоmi, ko‘rsаtmаlаri, purmа’nо so‘zlаri. Majoz – adabiy asarda o‘quvchiga noaniqroq bo‘lgan tushunchani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan narsalarga xos belgilar bilan ifodalashdir. M.: Gulxaniyning “Zarbulmasal” asarida insonlarga, ayrim ijtimoiy tabaqalarga xos xususiyatlarning hayvon obrazlariga ko‘chirilishi majozning yorqin namunasidir. Maqta’ – ar. «tugash joyi, kesmoq» so‘zidan. G‘azal, qasidaning yakunlovchi bayti. Adabiy an’anaga ko‘ra maqta’da shoir o‘z taxallusini ko‘rsatadi: Bu Mashrab dardini, jono, ki hech kim boshig‘a solma, Agar Mahsharda oh ursam, behishtu jovidon o‘rtar. (Mashrab) Marsiya – ar. «» so‘zidan. Biror mashhur kishi vafoti munosabati bilan g‘am – alam va hasratni ifodalovchi she’riy janr. M. «Alp Er To‘nga» marsiyasi. Xalq og‘zaki ijodida yio‘i deb ham yuritiladi. Masnaviy – ar. «ikkilik» so‘zidan. 1). Har bir bandi o‘zaro qofiyalanuvchi ikki misradan iborat she’riy asar. 2). Mumtoz adabiyotda doston atamasi o‘rnida qo‘llanilgan. M. «Farhod va SHirin» dostoni. Matla’ – ar. «quyosh va yulduzlarning chiqish joyi» so‘zidan. G‘azal (q) yoki qasidaning (q) o‘zaro qofiyalanadigan dastlabki bayti: Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulru kelmadi, Ko‘zlarimg‘a kecha tong otquncha uyqu kelmadi. (N.) Matla’ning husni matla’ (q) turi ham bor. 63 Metafora - gr. «metafhora - ko‘chirish» so‘zidan. Narsa – predmet o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslangan badiiy tasvir vositasi. (misol) Mumtoz she’riyatda istiora (q) deb yuritiladi. Metonimiya – gr. «metonomadio – qayta nomlash» so‘zidan. Ikki tushuncha orasidagi yaqinlikka, aloqadorlikka asoslangan badiiy tasvir vositasi: Fuzuliyni oldim qo‘limga, Majnun bo‘lib yio‘lab qichqirdi. (E. V.) Mif – gr. «mythos – so‘z, rivoyat» so‘zidan. Qadimgi kishilarning koinot, tabiat hodisalarining mohiyati, paydo bo‘lish sabablarini tushunmasliklari natijasida shu hodisalar, xudolar va afsonaviy qahramonlar to‘g‘risidagi aqida va xayollarini bayon qiluvchi xalq og‘zaki ijodi namunasi. M. «Husn bilan oy» mifi. Mistika - yunoncha so‘z bo‘lib, sirli – sehrli degan ma’noni anglatadi. Monolog – gr. «monos – bir va logos – so‘z, nutq» so‘zlaridan. Badiiy asar qahramonlarining o‘z – o‘ziga yoki o‘zgalarga qaratilgan nutqi. (misol) Muammo – ar. «ma’nosi bekitilgan, ko‘r qilingan» so‘zidan. SHe’riy san’at. Muallif baytda u yoki bu ismni yashirib, uni topish uchun turli ishoralar qiladi. M.: Majlista shayx bu kecha ko‘p shayn ayladi, Sindurdi sham’u nuqlni havz ichra tashladi. (N.) Alisher Navoiy muammo san’atiga oid «Risolai muammo» nomli risola ham bitgan. Munojat – ar. «iltijo, yolvorish» so‘zidan. Mumtoz adabiyotda masnaviy asarlarning an’anaviy kirish qismida hamddan (q) keyin, na’tdan (q) oldin keladigan qism bo‘lib, unda Ollohdan najot tilanadi, tavba va iltijo qilinadi. Ba’zan mustaqil asar sifatida ham e’tirof qilinadi. M.: Alisher Navoiyning «Munojot» asari. Munozara – ar. «tortishuv» so‘zidan. Turli narsa – predmetlarning bahslashuvi, tortishuvi tarzida yoziladigan badiiy asar. Nasrda ham, nazmda ham yoziladi. M.: «Qish bilan Yoz munozarasi», «Bang va CHog‘ir munozarasi». Murabba’ – ar. «to‘rtlik» so‘zidan. Har bandi to‘rt misradan iborat she’riy janr. Qofiyasi: a-a-a-a, b-b-b-a, v-v-v-a va h.q tartibida. mumtoz adabiyotda Mashrab ijodida murabba’ janridagi shn’rlar ko‘p uchraydi. Musabba’ – ar. “yettilik” so‘zidan. Har bandi yetti misradan iborat she’riy janr. Qofiyasi: a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-a va h.k. tartibida. Musaddas – ar. «oltilik» so‘zidan. Har bandi olti misradan iborat she’riy janr. Qofiyasi: a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-a va h.k. tartibida. 64 Musamman – ar. «sakkizlik» so‘zidan. Har bandi sakkiz misradan iborat she’riy janr. Qofiyasi: a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-a yoki a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-v-v-a-a va h.k. tartibda. Mustasne’ yoki tasne’ - ar. «to‘qqizlik» so‘zidan. Har bandi to‘qqiz misradan iborat she’riy janr. Qofiyasi: a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-v-a yoki a-a-a-a-a-a-a- a-a, b-b-b-b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-v-v-v-a-a va h.k. tartibda. Muvashshah – ar. «bezatilgan, ziynatlangan» so‘zidan. SHe’riy san’at. SHe’rning har bayti yoki misrasi boshidagi harflar yio‘indisidan biror shaxs ismi hosil bo‘ladi: (misol) Muxammas – ar. «beshlik» so‘zidan. Har bandi besh misradan iborat she’riy janr. Qofiyasi: a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, v-v-v-v-a va h.k. tartibida. Muаshshаr yoki mаshru’ - ar. «o‘nlik» so‘zidan. Har bandi o‘n misradan iborat she’riy janr. Qofiyasi: a-a-a-a-a-a-a-a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-b-a, v-v-v-v-v-v-v-v-v-a yoki a-a-a-a-a-a-a- a-a-a, b-b-b-b-b-b-b-b-a-a, v-v-v-v-v-v-v-v-a-a va h.k. tartibda. Mа’shuqа (yor) – Tasavvufiy atama. Аllоh yoki pаyo‘аmbаr yoxud pir (ustоz), do‘st mа’nоsidа. Mаjоziy ishq - Tasavvufiy atama. Оllоh tоmоnidаn yarаtilgаn bаrchа nаrsаgа: insоngа vа butun bоrliqqа nisbаtаn muhаbbаt tuyg‘usi. Mаy, shаrоb – Tasavvufiy atama. Ishqni ifodalaydigan istilоhlаr. Mаy, shаrоb, bоdа, chоo‘ir so‘zlаrini muаllif ilmiy yoki umumаn nаsriy аsаrlаridа ishlаtsа, uni аynаn spirtli ichimlik dеb hisоblаsh shаrt. Mаyxоnа (butxоnа, xаrоbоt) - Tasavvufiy atama. Pir dаrgоhi. Nazira – ar. «o‘xshash narsa» so‘zidan. O‘tmish yoki zamondosh shoirlarning asarlariga o‘xshatma, javob tariqasida yaratilgan she’riy asar. Tatabbu’ (q) deb ham yuritiladi. Noma – ar. «maktub, xat» so‘zidan. O‘zbek mumtoz adabiyotining she’riy janrlaidan biri. Maktub shaklida yoziladigan she’riy asar. Bu janrda yozilgan dastlabki asar Xorazmiyning «Muhabbatnoma» asaridir. O‘xshamish - tashbeh unsurlaridan biri bo‘lib, tasvirda fikr qaratilgan narsa yoki tushunchani anglatuvchi atama. M.: “Yuzing go‘zallikda gul kabidir” deyilganda yuz gulga o‘xshatilgan. O‘xshamish: yuz. O‘xshatilmish - tashbeh unsurlaridan biri bo‘lib, tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushunchani anglatuvchi atama. M.: “Yuzing go‘zallikda gul kabidir” deyilganda yuz gulga o‘xshatilgan. O‘xshatilmish: gul. Och qofiya yoki to‘liqsiz qofiya – qofiyadosh so‘zlarning tovush tarkibining isman mos kelishi. M.: “tutun - Alovuddin”. 65 Pafos – gr. «pathos – ehtiros, hisssiyot» so‘zidan. Adabiyotshunoslikka notiqlik san’atidan o‘tgan bo‘lib, ijodkorning butun asarga singib ketgan ehtirosini ifodalaydigan atama. Peyzaj – fr. « ... mamlakat, joy» so‘zidan. Badiiy asarda aks ettirilgan joy, tabiat tasviri bo‘lib, asar kompozitsiyasining (q) muhim tarkibiy qismidir. Pir (murshid) - So‘fiy tаriqаtdа qo‘l bеrgan ustoz. Tasavvufiy atama. Qo‘l bеrish – pоklаnish dеmаkdir. Poetika - so‘zi yunoncha bo‘lib, san’at, badiiyat ma’nosini anglatadi. Qasida – ar. «maqsad, niyat» so‘zidan. G‘azal usulida qofiyalanadigan, odatda, tarixiy shaxslar, muhim tarixiy voqealar, shuningdek, tabiat hodisalariga bag‘ishlab yoziladigan she’riy janr. M. Yusuf Xos Hojibning «Bahor madhi» qasidasi. Qasida bir necha turga bo‘linadi. Qissa – ar. «hikoyat, afsona, sarguzasht» so‘zidan. Nasriy janr. Dastlab xalq orasida rivoyat usulida keng tarqalgan nasriy asarlarga qissa atamasi qo‘llangan. M. «Qissai Mashrab». Keyinchalik hajman hikoyadan katta, romandan kichik nasriy asarga nisbatan qissa deb yuritiladi. M.: «Sinchalak». Qit’a – ar. «parcha, bo‘lak» so‘zidan. Juft misralari o‘zaro qofiyalanadigan, kamida ikki baytdan iborat she’riy janr: Download 1.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling