67
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FILOLOGIYA FAKULTETI
ADABIYOTSHUNOSLIK KAFEDRASI
Ro‘yxatga olindi: “Tasdiqlayman”
№
________ O‘quv ishlari prorektori __________
____ ____________ 2022-yil
NAVOIYSHUNOSLIK
FANIDAN
ISHCHI O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar
Ta’lim yo
‘nalishi: 5120100 – Filologiya va tillarni o
‘qitish (O‘zbek filologiyasi)
(kunduzgi bo‘lim talabalari uchun mo‘ljallangan )
QARSHI – 2022
69
Fan/modul kodi
300.4NSH9M
O‘quv yili
2021-2022
2022-2023
Semestr
4-5
ECTS-Kreditlar
9
Fan/modul turi
Majburiy
Ta’lim tili
O‘zbek
Hafdadagi dars soatlari
4
Fanning nomi
Auditoriya
mashg‘ulotlari
(soat)
Mustaqil
ta’lim (soat)
Jami
yuklama
(soat)
Navoiyshunoslik
120
150
270
I.
Fanining mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad – Alisher Navoiyning boy adabiy va ilmiy merosini filolog
talabalarga ta’lim berish orqali ularni yuksak ma’naviyatli va keng ma’rifat
sohibi etib
tarbiyalashdir. O‘zbek mumtoz adabiyoti va o‘zbek milliy ma’naviyatining shakllanish va
rivojlanish qonuniyatlarini anglash yo‘lida ochqich – kalit vazifasini bajaradigan Navoiy ijodini
o‘rganish orqali yoshlarda sog‘lom tafakkur
tarzini shakllantirish, o‘zbek adabiyoti tarixining
eng muhim davri haqida har
tomonlama bilim hosil qilish, ma’naviy dunyosi mukammal
bo‘lishiga ko‘maklashish ushbu o‘quv fanining asosiy maqsadlaridan hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun “Navoiyshunoslik” fani talabalarni nazariy bilimlar,
amaliy ko‘nikmalalar, fanga doir muammolarga uslubiy yondashuv
hamda ilmiy dunyoqarashini
shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: