Kouching metodlari – aniq belgilangan maqsadga erishish uchun kouch foydalaniladigan usullar.
Kouching vositalari – kouching jarayonida foydalaniladigan turli xildagi moddiy va metodik vositalar.
Kouching texnikasi – ish jarayonida kouch kouching vositalari va metodaridan qanday foydalanishligini ko‘rsatadi.
Kouching modellari – kouching vositalari va metodlaridan foydalanish algoritmi, ketma-ketligidan iborat.
Kouching jarayonida bir qancha metodlardan foydalanilib, ulardan juda keng qo‘llaniluvchi va muhimlari bu “Savol-javob” metodi, “Uolt Disney” metodi, “Harakatlar algoritmi” metodi, “Vaqt chizig‘i” metodi, “Hayotiy muvozanat g‘ildiragi”, “Dekart kvadrati” metodi kabilardir.
Pedagogik dasturiy vositalar bu – kompyuter texnologiyalari yordamida ta’lim jarayonini to‘liq avtomatlashtirish uchun tayyorlangan didaktik vositalardan biridir.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagi turlarga ajratamiz:
o‘rgatuvchi pedagogik dasturlar – ta’lim oluvchilar bilimining darajalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda yangi bilimlarni o‘zlashtirishiga qaratiladi;
kreativ test dasturlari – olingan bilim, egallangan malaka va ko‘nikmalarni tekshirish va baholash maqsadida foydalaniladi;
interaktiv mashqlar - ilgari o‘zlashtirilgan o‘quv materiallarini takrorlash va ularni mustahkamlab olishga xizmat qiladi;
o‘qituvchi ishtirok etuvchi virtual dars muhitini shakllantiradigan dasturiy vositalar.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyida berilgan metodik talablarga javob berishi kerak:
pedagogik dasturiy vositalar – o‘quv materiallarini taqdim qilishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining uzviy bog‘liqligiga tayangan holda barpo etilishi;
pedagogik dasturiy vositalar o‘quv materiallarini yuqori tartibli tuzilma ko‘rinishida ta’minlashi. Boshqa fanlar bilan o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikning hisobga olinishi;
pedagogik dasturiy vositalarda ta’lim oluvchiga o‘quv materiallarini bosqichma-bosqich o‘zlashtirib olganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlab olish imkoniyatlarining paydo bo‘lishi.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi “Tadqiqot muammosini eksperimental o‘rganish natijalari” deb nomlanadi. Tajriba-sinov ishlariga Qarshi davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Termiz davlat pedagogika institutining 395 nafar talabasi ishtirok etdi.
Tajriba-sinov ishlari uch bosqichda amalga oshirildi: tayyorlov bosqichi, shakllantiruvchi bosqich va yakuniy tahlil bosqichi. Talabalarda pedagogik mehnatni ratsional tashkil etish ko‘nikmalarining shakllanganlik darajalarini belgilovchi mezon ko‘rsatkichlari sifatida quyidagilar belgilab olindi:
Do'stlaringiz bilan baham: |