Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini
-rasm. “SMART modeli” asosida pedagogik mehnatni tashkil etish bosqichlari
Download 2.33 Mb.
|
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keys “Ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish”.
- Topshiriqlar
4-rasm. “SMART modeli” asosida pedagogik mehnatni tashkil etish bosqichlari.
Tadqiqotimiz davomida ishlab chiqilgan metodikaning ikkinchi yo‘nalishi pedagogik faoliyat uchun qulay mehnat va dam olish sharoitini yaratish hamda ulardan ratsional foydalanishga o‘rgatishni nazarda tutadi. Bunda keyslardan foydalanish ijobiy samara beradi. Keyslar turli hayotiy vaziyatlarni o‘zida aks ettiruvchi muammoli vaziyatlar bo‘lib, uni hal etish talabalardan ma’lumotlarni tizimlashtirishni talab etadi. Shuningdek, keyslar yechimi natijasida talabalarda tafakkurni o‘stirishga, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga, o‘zlashtirilgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga doir kompetensiyalari tarkib topa borishiga hamda ijodiy sifatlar shakllanib borishiga yordam beradi. Keys “Ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil etish”. Maktab jamoasiga o‘quvchilar soni ko‘payishi munosabati bilan 2 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi ishga qabul qilindi. Ulardan biri shu yili oliy ta’lim muassasasini bitirib kelgan. Ismi Anvarjon. Ikkinchisi boshqa viloyatdan yashash uchun shu shaharga ko‘chib kelgan. U 10 yillik ish stajiga ega. O‘qituvchilar xonasiga 10 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘tiradi. Ularning har biri uchun alohida ish stoli ajratilgan. Xonaga yana 2 ta ish stoli joylashtirish kerak. Xonaning 45 kv.m. ya’ni 9mx5m. Topshiriqlar: Har bir o‘qituvchi uchun xonadan ajratiladigan o‘rin hajmini aniqlang. Ishlashga qulay bo‘lishi uchun stollarni qanday joylashtirgan ma’qul? O‘qituvchilar uchun ratsional ish o‘rnini yaratish uchun yana qanday ma’lumotlar inobatga olinadi? Har bir keys bo‘yicha to‘g‘ri yechimga kelish uchun quyidagi shartlarni bajarishi talab etiladi: keys vaziyatini aniqlashtirish va izohlash; muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlash, vaziyatning qanday o‘zgarishini prognozlash; muammo yechimiga doir shu vaqtgacha amalga oshirilgan ishlarni tavsiflash; keys yechimiga doir strategiyalarni tahlil qilish, ularning samaradorligini baholash. Ta’lim jarayonida keyslardan foydalanish talabalarga faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil etishga yordam beradi. Shuningdek, ularning pedagogik jarayonlarni ratsional tashkil etishga doir quyidagi ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishlariga yordam beradi. Talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish metodikasining uchinchi yo‘nalishi bu – mehnat faoliyatini ratsional rejalashtirish va tashkil etishga o‘rgatish maqsadiga qaratilgan bo‘lib, ushbu maqsadga erishishda “Kouching strategiya” metodikasidan samarali foydalandik. Kouching (coaching ingliz tilidan— «trenirovka») — ta’lim metodi bo‘lib, undan foydalanuvchi – “kouch” ishtirokchilarga hayotiy yoki kasbiy maqsadlarga erishishga ko‘maklashadi. Kouching pedagogik sohaga nisbatan psixologiyada kengroq foydalaniladi. Dastlab sport psixologiyasida sportchilarni yirik musobaqalarga tayyorlashda keng foydalanilgan. Mentorlikdan farqli ravishda kouchingda aniq belgilangan maqsadga erishish nazarda tutiladi. Kouching jarayonida kouchning asosiy vazifasi talabalarga ichki imkoniyatlarini to‘g‘ri boshqarish orqali ijobiy natijaga erishishga boshqarishdan iborat. Kouch-sessiya davomida o‘qituvchi turli kouching texnikalaridan va vositalaridan foydalangan holda talabalarni to’g‘ri yo‘naltirib boradilar. Kouching jarayonining bir qancha asosiy tushunchalari mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat hisoblanadi: Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling