Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini


-rasm. Pedagogik mehnat faoiyatining tarkibiy qismlari


Download 2.33 Mb.
bet9/33
Sana19.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1786381
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
Bog'liq
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023

1-rasm. Pedagogik mehnat faoiyatining tarkibiy qismlari
Hozirgi vaqtda jamiyat, madaniyat va ta’lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsion faoliyatga bo‘lgan zaruriyat quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta’lim tizimida, metodologiya va o‘quv faoliyati texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi, yangiliklarni yaratish, o‘zlashtirish va foydalanishlardan iborat bo‘ladi;
ta’lim mazmunini insonpavarlashtirish doimo o‘qitishning yangi tanqidiy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qilib keladi;

pedagogik yangilikni chuqur o‘zlashtirish va uni tadbiq etishga doir o‘qituvchining xarakteri va o‘zgarishi.


Pedagogik mehnatni tashkil etishning mazmuni:
Ta’lim muassasalarida (davlat tasarrufidagi va nodavlat korxonaligidan qat’i nazar) texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etishning rivojlanib borishi; pedagoglarning moddiy-texnik darajasi o‘sib borishi munosabati bilan mehnat taqsimoti va kooperatsiyasining takomillashtirib borilishidan; bu vazifalar ijobiy hal etilishi uchun o‘qituvchilarni o‘z o‘rniga qo‘yish va o‘quv jarayonidan unumli foydalanishning eng maqsadga muvofiq yo‘llarini belgilash; ko‘p jihatdan, ish joyida ishlash hamda kasblar o‘rindoshligining unumli shakllarini tanlash, pedagoglar jamoasidagi a’zolarning vazifalari, huquq va burchlarini aniq belgilashdan iborat;
O‘quv faoliyatlarini to‘g‘ri tashkillashtirish va pedagogni uning fiziologik xarakteriga hamda idrokiga mos bo‘lgan o‘quv qurollari bilan ta’minlash, ish joylariga dars jarayonlarini to‘g‘ri ta’minlab borishdan, o‘quv jarayoni vaqtining isrof bo‘lmasligi uchun eng samarali metodlarini ishlab chiqishdan iboratdir;
pedagogik mehnat jarayonini optimallashtirish va ushbu mehnatning ilg‘or usul va uslublarini joriy qilish, bunga pedagoglarning yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi eng oqilona mehnat jarayonini loyihalash va amalda tatbiq qilish, shuningdek, mehnatning ilg‘or usullarini aniqlash, o‘rganish, tanlash va amaliyotga joriy qilish yo‘li bilan erishishdan iborat jarayondir;
xodimlarni tanlash, tayyorlash va ularning malakalarini oshirishni tashkil etishni, bu jarayondagi ishlarini yaxshilash, «Texnika va texnologiya» hamda «Pedagogika» fanlarining davr talablariga javob beradigan ta’lim shakl va usullarini tanlashdan;
pedagogik mehnat jarayonlarini tashkil etish, dars jarayonlarini to‘g‘ri tashkil qilish va shu asosida mehnat samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqarish jarayonlari hamda ish joylarida pedagogik mehnatning tashkil qilinishini o‘rganib chiqishdan;
pedagogik mehnat vositalari va predmetlaridan, shuningdek, ish vaqti hamda mehnat usullaridan samarali foydalanishga asoslanib, turli xildagi ishlarga ish vaqti sarflanishini hisoblashdan;
pedagoglar uchun ish kunining maqsadga muvofiq tartiblarini ishlab chiqish hamda ayrim ishlarning oqilona izchillikda bajarilishini va davom etishini belgilashdan;
o‘quv faoliyatining ayrim sohalari uchun zarur bo‘lgan xodimlar sonini belgilashdan;
bajarilgan pedagogik mehnatning yoki ko‘rsatilgan xizmatning miqdor va sifatiga qarab, maosh to‘lashni oqilona tashkil qilish uchun yetarli sharoitlar yaratishdan.
Pedagogik mehnatni ratsional tashkil etish muammosi tahlilida asosiy e’tiborni “ratsional” atamasining mazmuniga qaratamiz. Ratsional so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, ratio – aql, aql-idrok ma’nolarini anglatadi. Ya’ni ushbu g‘oyaga ko‘ra aql inson bilish jarayonining, xulq-atvorining asosini tashkil etishi ta’kidlanadi. Inson har bir jarayonni tashkil etishda aql bilan yondashuvi muhim hisoblanadi. Falsafada keng tarqalgan ratsionalizm yo‘nalishining vakillari R. Dekart, B. Spinoza, N. Malbransh, G. Leybnits kabilar hisoblanadi. Islom ta’limotida esa ratsionalistik g‘oyalar Abu Mansur Moturidiy qarashlarida o‘z ifodasini topgan.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling