Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini


Download 2.33 Mb.
bet6/33
Sana19.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1786381
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023

Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
pedagogik mehnat resurslarining komponentlari hamda pedagogik mehnatni ratsional tashkil etish tamoyillari, mezonlari va darajalari aniqlashtirilgan;
talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatishga doir kouching strategiya trening mashg‘ulotlari ishlab chiqilgan;
“Talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish dasturi” deb nomlangan dastur ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatishga doir ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi qo‘llanilgan yondashuv, usullar ilmiy-metodik asoslanganligi, nazariy ma’lumotlarning rasmiy manbalardan olinganligi, keltirilgan tahlillar, tajriba-sinov ishlari samaradorligi matematik-statistik metodlar vositasida aniqlanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi hamda vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati “mehnat resurslari”, “pedagogik mehnat”, “ratsional faoliyat”, “vaqtni rejalashtirish”, “ratsional tashkil etilgan mehnat sharoiti”, “ergonomik me’yorlar” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyatini yoritib berilganligi, pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishning asosi sifatida qulay mehnat va dam olish uchun sharoit yaratish muammosining mohiyati ochib berilganligi, pedagogik mehnatni ratsional tashkil etish jarayonining tarkibiy tuzilmasi va komponentlarining aniqlashtirilganligi, bo‘lajak o‘qituvchilarda ratsional pedagogik mehnatni tashkil etish ko‘nikmasiini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarining yoritib berilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati tizimli yondashuv asosida pedagogik ta’lim jarayonida amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion texnologiyalar, kouching strategiya metodlaridan foydalangan holda tashkil etish metodikasining ishlab chiqilganligi, refleksiv tayyorgarlik jarayonida o‘z faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirishga doir keyslar tayyorlanganligi hamda jarayonni samarali tashkil etish maqsadida zaruriy pedagogik dasturiy vositalar tavsiya etilganligi bilan belgilanadi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling