Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi
Download 2.33 Mb.
|
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Dissertatsiya tadqiqoti respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. “Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovatsion g‘oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo‘llari” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Respublikamiz olimlari ishlarida mehnat faoliyatini, xususan, pedagogik mehnat samaradorligini oshirish muammosi qator tadqiqotlar obyekti bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, o‘qituvchilar pedagogik faoliyatining pedagogik-psixologik aspektlari (M.Ochilov, E.G‘oziyev, M.Maqsadova), mehnatni tashkil etish, mehnat resurslari va vositalarini boshqarish (Q.Abduraxmonov, N.Shoyusupova, I.Bakiyeva, A.Nazarov), o‘qituvchilar faoliyatida uchraydigan kasbiy deformatsiyani oldini olish muammosi (D.Abdusamiyev), bo‘lajak o‘qituvchilarda refleksiv pozitsiyani rivojlantirish (Z.Qarshiyeva), o‘qituvchilarda pedagogik kompetentligini, kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirish (N.Muslimov, N.Normurodova), bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik mahoratni shakllantirish (N.Azizxo‘jayeva, Q.Holiqov), o‘qituvchilar integrativ-pedagogik faoliyatini takomillashtirish (K.Azizova), o‘qituvchilar pedagogik tayyorgarligini modellashtirish (SH.Nurullayeva, N.Oripova) muammolari keng tadqiq etilgan. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlari tomonidan pedagogik ta’lim jarayoniga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish(A.Ajibayeva), individuallashtirilgan ta’limni tashkil etish (YE.Bagday, N.Bajenova), ta’lim sifatini oshirishda differensial ta’limdan foydalanish yondashuvlardan foydalanish (V.Bederxanova, T.Belozerseva), bo‘lajak pedagog-psixologlarni kasbiy faoliyatga refleksiv tayyorgarligini shakllantirish, pedagogning shaxsga yo‘naltirilgan pozitsiyasini rivojlantirish (N.Saygushev, A.Xristeva, YE.Yakovleva), pedagogik modellashtirish (M.A.Vikulina, V.V.Polovinkina, YE.M.Semyonova, N.A.Kozirev, O.A.Kozireva) muammolari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Xorijiy olimlar tomonidan mehnatni tashkil etish muammosi iqtisodiyot tarmoqlari muammolaridan biri sifatida Makkonell K.R., Bryu S. L tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, pedagogik mehnatni tashkil etish va faollashtirish muammolari Aleks Mur, A.M.Malkoln, D.Dikson, J.Gaillard, D.Shaefferlar tomonidan tadqiq etilgan. Fransua Kene mehnat resurslarini shakllantirish muammosiga asos solgan. Pedagogik faoliyatni modellashtirish orqali tashkil etish hamda boshqarish muammosi tadqiqini esa so‘nggi yillarda amalga oshirilgan M.Vartofskiy, Kurt Gedel, V.A.Shtoff, R.Budon, A.N.Daxin, R.Shennonlar asarlarida kuzatish mumkin. Biroq talabalarni pedagogik faoliyatni samarali tashkil etish hamda boshqarishga o‘rgatish, ushbu jarayonda pedagogik dasturiy vositalar va texnologiyalardan foydalanish muammosi pedagogika, menejment va iqtisodiyotning o‘zaro mushtarak muammosi sifatida tadqiqi amalga oshirilmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunday mulohazalar talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etish me’yorlari bilan tanishtirish muammosining dolzarbligini belgilab beradi. Download 2.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling