Qarshi davlat universiteti djurayev olimjon narkulovich talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash metodikasini


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 2.33 Mb.
bet8/33
Sana19.11.2023
Hajmi2.33 Mb.
#1786381
TuriReferat
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
O. Джураев Avtorefarat 14.11.2023

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 22 ta ilmiy ish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 3 tasi respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, 122 sahifa matn, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat.

DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI

Kirish qismida tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zaruriyati asoslangan, tadqiqotning maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti tavsiflangan, respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi, amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy-amaliy ahamiyati ochib berilgan, ularni amaliyotga joriy etish, nashr etilgan ishlar va tuzilmasi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Dissertatsiyaning birinchi bobi Pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishning nazariy asoslari” deb nomlanib, bobda jamiyatda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, mehnat faoliyatini innovatsion tashkil etishga bo‘lgan ehtiyoj ushbu jarayonga doir nazariy va amaliy qarashlarni o‘zgartirishni, jamiyatda shaxs mehnat faoliyatini ratsional tashkil etishga doir nazariya hamda metodikani ishlab chiqishning ilmiy nazariy tahlili keltirilgan.

Mehnat – insonlarning ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan ongli faoliyati bo‘lib, bu faoliyat natijasida ular tabiatdagi mavjud narsalarga ta’sir o‘tkazishi, o‘zgartirishi, o‘z xohish-istaklariga moslashtirishi orqali moddiy ne’matlar va madaniy boyliklar yaratishlari mumkin1.

Mehnat jarayoni – bu, avvalo insonning mehnati, mehnat resurslari va mehnat vositalarini o‘z ichiga oladi.


Pedagogik mehnat faoliyatining mohiyati barcha bosqichlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan xodimlar va operatsiyalar harakati bilan belgilanadi. Mehnat faoliyatini tashkil qilishda quyidagilar ta’minlanishi kerak: vazifalarni qabul etish; materiallar va axborotlarni qabul qilish; texnologiyaga muvofiq tarzda xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishda bevosita ishtirok etish; ko‘zlangan natijaga erishish.



Pedagogik mehnat predmeti


Pedagogik mehnat vositalari

Pedagogik mehnat predmetiga ta’sir etish usuli







Pedagogik mehnatni tashkil etish


Pedagogik faoliyat



Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling