Tashkiliy vazifalarga ish joyini tashkillashtirishning sohalar, mutaxassislar va kasblar bo‘yicha loyihalarini ishlab chiqish namunaviy loyihalarini joriy qilish doirasini kengaytirish, pedagogik mehnatni tashkil etishga oid masalalarni bir-biridan ajratmagan holda ko‘rib chiqish kabilar kiradi.
Ta’lim muassasalaridagi pedagogik mehnatning unumli bo‘lishi uning maqsadi va faoliyat vazifasiga ko'ra, bilish va aniqlay olishdadir. Shundagina ishni ilmiy asosda tashkillashtirish mumkin bo'ladi. Bu tushunchalar o'qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etishning 1-tamoyili hisoblanadi. 2-tamoyili mehnat faoliyatining uslubini belgilashdan iborat. 3-tamoyili pedagogik mehnatni ilmiy tashkil etishda texnik vositalardan samarali foydalanish va ularning jamlanmasi tushuniladi. 4-tamoyili muassasalarda ta'lim-tarbiya ishini rejalashtirish hisoblanadi. reja ta'lim jarayonini tartibga solish, uning modelini yaratish va tayanch sxemalarni ishlab chiqishdan iboratdir. Shular aniqlansa, o'qishda rivojlanish bo'ladi va tarbiyalash jarayoni samarali bo‘ladi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash mazmuni” deb nomlanib, bobda talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga tayyorlash jarayoninig mohiyatini, o‘quv jarayoniga mazkur yondashuvni qo‘llash imkoniyatlarini, o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini tahlil qilish asosida o‘quvchilarni ratsional o‘qitish uchun metodik tayyorgarligini ko‘rish va amalga oshirish jarayonini tahlil qilish asosida tadqiqotning modeli taklif etilgan.
“Model” atamasi pedagogik adabiyotlarda ma’lum darajada yaqqol, definitiv, ko‘rib chiqish va amaliy harakatlar uchun oson bo‘lgan aniq tuzilma; xayolan tasavvur qilingan yoki moddiy jihatdan amalga oshirilgan tizim, ya’ni u tadqiqot obyekti o‘rnini shunday o‘zgartirishga qodirki, uni o‘rganish orqali obyekt haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘ladi; betakror tizimning muhim xususiyatlarini ifoda etadigan hamda ilmiy o‘rganish jarayonida aslini o‘rnini bosadigan obyektlar va belgilar tizimi sifatida ta’riflanadi.
“Modellashtirish – bu modellarni yaratish jarayoni bo‘lib, “o‘rganilayotgan hodisalarni aniqlash uchun yaqqollikning eng yuqori va o‘ziga xos shakli”; “jarayon va holatlarni ularning haqiqiy yoki ideal modellaridan foydalangan holda o‘rganishning nazariy usuli”2 deb tushuniladi.
Talabalarni pedagogik mehnatni ratsional tashkil etishga o‘rgatish jarayonini modellashtirishda funksional-strategik modellashtirish usulidan foydalandik. Mazkur model to‘rtta blokdan iborat tarzda tuzildi (2-rasm):
1-blok: maqsad bloki;
2-blok: mazmun bloki;
3-blok: strategik blok;
4-blok: baholash va natija bloki.
Do'stlaringiz bilan baham: |