Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana09.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#258267
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
fizika Temirova

tanishamiz

.  

Immanuel Kant «Ilmiy bilishning asosiy belgilari tizimlilikdir», deb hisoblagan. 

Chunki  kundalik  bilim  aynan  tizimlilikga  asoslanib  fan  bо‘ladi.  YA’ni,  oddiy  bilim 

tizimga aylanadi. 

Artur Shopengauer ilmiylik etaloni sifatidagi  matematik bilim  idealini inkor 

qilar ekan, ilmiy bilishning asosiy belgisini aniqlashda Kantga yaqinroq turadi. Agar 

Kantda  tizimlilik  bо‘lsa,  Shopengauerda  unga  mohiyat  bilan  yaqin  tushuncha 

«umumiy»likdir. Shopengauer fikricha, «Fanning maqsadi kichik asoslanganlikdir2.  

XX  asr  faylasufi  Karl  Yaspers  fanning  asosiy  belgisi  sifatida  umumiy 

ahamiyatliligini ajratib, ham Immanuel Kant, ham Artur Shopengauerga yon bosadi. 

Biroq,  ilmiy  bilishning  asoslanganligi  va  metodlarining  mavjudligini  e’tirof  qilib, 

Shopengauerdan  tamomila  farqli  ravishda  «Hozirgi  zamon  fanining  tasnifi»da 

«Fanga uchta asosiy belgi: bilish metodlari, asoslanganlik va umumiy ahamiyatlilik 

xosdir»3, deb yozadi.     

      A.  Eynshteyn  va  L.  Infeld  shunday  deb  qayd  etadi:  «Ilmiy  tadqiqot  natijalari 

kо‘pincha  fanning  cheklangan  sohalari  doirasidan  ancha  tashqarida  ham  amal 

qiladigan  muammolarga  nisbatan  falsafiy  qarashlarda  о‘zgarishlar  yasaydi... 

Falsafiy umumlashtirishlar ilmiy  natijalarga asoslanmog‘i  kerak. Ammo, bir  marta 

yuzaga kelib va keng tarqalib, ular kо‘pincha ilmiy tafakkurning rivojlanishiga ta’sir 

kо‘rsatadi,  rivojlanishning  mumkin  bо‘lgan  kо‘plab  yо‘llaridan  birini  kо‘rsatib 

beradi. qabul qilingan qarashga qarshi muvaffaqiyatli isyon kо‘tarish kutilmagan va 

mutlaqo  yangi  rivojlanishga  olib  keladi,  yangi  falsafiy  qarashlar  manbaiga 

aylanadi»4. 


Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling