Qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana09.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#258267
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
fizika Temirova

Sof fundamental bilimlar – olam, uning abadiyligi haqidagi yangi bilimlarni 

egallashdir.  Bunda  fundamental  ilmiy  bilim  empirik  va  nazariy,  nazariy-

eksperimental  bо‘lib,  konkret  sharoitlarga  bog‘liq  holda  ularni  egallash  davri  va 

undan  keyin  ijtimoiy  buyurtmaning  yanada  puxtaroq  bо‘lishi  ham  amaliy,  ham 

noamaliy bо‘lishi mumkin 

 Nofundamental  bilimlar  (ya’ni,  abadiy  bо‘lmagan,  о‘tkinchi)  barcha 

variantlarda:  nazariy,  amaliy  va  noamaliy  bо‘lishi  mumkin.  Masalan,  teplorod  va 

flogiston  haqidagi ta’limotlar  ham nazariy-eksperimental,  ham amaliy xarakterda 

bо‘lishi  mumkin  (teplorod  haqidagi  ta’limot  asosida  issiqlik  о‘tkazgichlarning 

kо‘plab masalalarini yechish mumkin). Shuni alohida ta’kidlash kerakki, mazmuniga 

kо‘ra  «fundamental  bilim»  -  «nofundamental  bilim»,  «amaliy  bilim»  -  «noamaliy 

bilim», «nazariy bilim» - «empirik bilim», «ma’naviy maqsad» - «amaliy maqsad» 

kabilar о‘xshash tushunchalar bо‘lib, «fundamental bilim» (tadqiqot), amaliy bilim 

(tadqiqot)  tushunchalari  zinhor  qarama-qarshi  emas.  Bu  yerdagi  farq  faqat 

maqsadda  anglanadi.  Demak,  fundamental  tadqiqotlarda  tadqiqot  faoliyatini 

amalga  oshirish  yо‘li  va  tadqiqot  natijalarini  tanlash  aniqlik,  yetarli  asos,  mavjud 

asosli bilimlarga mos kelish va h.k.  

 Mixail Vasilyevich Lomonosovning bundan ikki yuz yil ilgari fundamental va 

texnika fanlarini bо‘lish haqidagi fikrlari yuqoridagi fikrlarimizning yaqqol dalili bо‘la 

oladi (ma’lumki, «texne»-yunoncha san’at, mahorat). 

«Kimyoning  foydasi  haqida  sо‘z  ketganda»  ma’ruzasida  olim:  «О‘rganish 

orqali  egallangan  bilishni  fan  va  badiiylikka  bо‘ladi.  Fan  narsalar  haqida  aniq 

tushuncha beradi, yashirin harakat va sabab xossalarini ochib beradi; badiiylik inson 

foydasini  boyitishi  uchun  ularni  qо‘llaydi.  Fan  bizdagi  tug‘ma  va  shakllangan 

qiziqishlarni qondiradi; badiiylik yangilik izlaydi. Fan badiiylikka yо‘l ochadi, badiiylik 

fan taraqqiyotini jadallashtiradi. Har ikkalasi kelishilgan holda umumiy foyda uchun 

xizmat qiladi1». 

Ilmiy bilishni о‘rganish tarixida naturfalsafaga alohida e’tibor berilgan. Agar, 

naturfalsafa  rivoji  tabiatshunoslar  Galiley,  Nyuton  ijodi  bilan  bog‘liq  bо‘lsa, 

R.Dekart  va  F.Bekon  ijodi  bilan  bog‘liq  falsafa  va  fan  metodologiyasi 

naturfalsafadan ajralib chiqdi. 

                                                             

 



Fan metodologiyasi masalalarini о‘rganishga о‘tar ekanmiz, dunyoni estetik 

va diniy bilishdan qator xususiyatlarga kо‘ra farq qiluvchi olamni bilishning о‘ziga 

xos ta’riflarini tahlil qilamiz.  

 «Ilmiy  bilish»  tushunchasiga  ba’zi  faylasuflar  bergan  ta’riflar  bilan 




Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling