Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi


Download 223.74 Kb.
bet4/18
Sana23.04.2023
Hajmi223.74 Kb.
#1388368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Aftoreferat QARSHIDU Djurayeva B.A

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur dissertatsiya respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining II “Аxborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, maʼnaviy-maʼrifiy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Taʼlim-tarbiya jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish, elektron taʼlimni rivojlantirish, elektron axborot-taʼlim resurslarini yaratish va ularni oʼquv jarayonlarida qoʼllash masalalariga mamlakatimiz olimlari А.А.Аbduqodirov, M.А.Аripov, S.S. Babajanov, U.Sh.Begimkulov, S.S. Beknazarova, R.X. Djuraev, F.M.Zakirova, N. А.Qayumova, M.X.Lutfullaev, D.N.Mamatov, M.E.Mamarajabov, N.А.Muslimov, А.X.Pardaev, N.I.Taylaqov, S.Q.Tursunov, M.R.Fayzieva, L.M. Qaraxonova, S.А. Nizamova, F.А. Xamroeva va boshqalarlarning ilmiy ishlarida alohida eʼtibor berilgan hamda bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirishda raqamli texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etishning usul va vositalari, ilmiy asoslangan.
Mustaqil davlatlar hamdoʼstligi mamlakatlarida raqamli texnologiyalarni taʼlim jarayoniga tadbiq qilish muammo va yechimlari boʼyicha Ye.А. Bondarenko, I.V.Grigoreva, S.V.Mindeeva, D.A.Mezentseva, T.I.Myasnikova, I. Yu.Nikitina, V.V.Strelnikova, I.А. Fateev, А.V. Fedorov va boshqa olimlar tomonidan tadqiqotlar amalga oshirilgan.
Xorijiy mamlakatlarda pedagok kadrlarning axborot texnologiyalaridan foydalanishni tashkil etishning usul va vositalari, taʼlimni axborotlashtirish va yagona axborot tizimini yaratish muammolari Andersen Bent B., Bork, A., Dorr, A., Jei Sang Jeon., Kubey, R., Mc. Mahon, B. kabi olimlar tomonidan tadqiq qilingan.
Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʼliqligi. Dissertatsiya tadqiqoti PZ-2014-0910154408–“Umumiy o‘rta taʼlim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda hamda I-OT-2019-8 sonli “Tabiiy fanlar (fizika va biologiya) bo‘yicha yangi avlodning elektron o‘quv qoʼllanmalarini yaratish” nomli innovatsion loyihalari doirasida bajarilgan (2019-2021 yy).

Download 223.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling