Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd
Download 223.74 Kb.
|
Aftoreferat QARSHIDU Djurayeva B.A
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning obʼekti
- Tadqiqotning usullari
- Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat
Tadqiqotning maqsadi: Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish.
Tadqiqotning vazifalari: bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarining mazmuni va tuzilmasini takomillashtirish; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarining rivojlantirish bosqichlarini aniqlash; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modelini takomillashtirish; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodikani ishlab chiqish. Tadqiqotning obʼekti: Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni. Tadqiqotning predmeti: Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishning shakli, mazmuni, usuli va vositalari. Tadqiqotning usullari: Tadqiqotda mavzuga oid ilmiy manbalar, didaktik materiallar, DTS, o‘quv reja va dasturlari, o‘quv-meʼyoriy hujjatlar, darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish; suhbat, kuzatish, anketa, test, modellashtirish, ekspert baholash, pedagogik tajriba-sinov, tadqiqot natijalarini matematik-statistik qayta ishlash metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarining mazmuni va tuzilmasi fanga doir kasbiy faoliyat turlarini bajara olish hamda, zamonaviy taʼlim tendentsiyalarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini tizimlilik, uzluksizlik, samaradorlik asosida rivojlantirish bosqichlari va past, o‘rta, yuqori daraja ko‘rsatgichlari ko‘rinishida aniqlangan; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik modeli tizimli, shaxsga yo‘naltirilgan, kasbiy va ijtimoiy funktsiyalarni bajarishga qaratilgan, maqsadli, kontseptual, faoliyatli, baholash va natijaviy bloklarga birlashtirish asosida takomillashtirilgan; bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan metodika ishlab chiqilgan. Download 223.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling