Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 223.74 Kb.
bet8/18
Sana23.04.2023
Hajmi223.74 Kb.
#1388368
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Aftoreferat QARSHIDU Djurayeva B.A

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 3 ta xalqaro va 12 ta respublika anjumanlarida muxokamadan o‘tkazildi.
Tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 27 ta ilmiy ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 10 ta maqola (7 ta respublika va 3 ta xorijiy jurnallarda) va 1 ta metodik-qoʼllanma chop etilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 1 ta mualliflik guvohnomasi olingan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 140 betni tashkil etadi.
DISSERTАTSIYANING АSOSIY MАZMUNI
Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati asoslangan, mavzu bo‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi va muammoning o‘rganilganlik darajasi bayon qilingan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek, obʼekti va predmeti aniqlangan, ishning fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy qilinishi, eʼlon qilinganligi, ishning tuzilishi borasidagi maʼlumotlar keltirilgan.
Dissertatsiya ishining birinchi bobi “Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash mediako‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy asoslari” deb nomlangan boʼlib unda bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining mediako‘nikmalarini rivojlantirish pedagogik muammo ekanligi asoslandi, bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlashda mediako‘nikmalarini rivojlantirishning xorijiy va maxalliy tajribalari taxlil qilindi va bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining mediako‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlari aniqlandi.
Raqamli iqtisodiyot rivojlanish davrida bo‘lajak mutaxassis, shu jumladan bo‘lajak pedagoglarga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan asosiy talablardan biri bu bitiruvchilarning elektron maʼlumotlar bilan ishlash ko‘nikmalarga ega bo‘lishi, yaʼni kerakli maʼlumotlarni, bilimlarni qiska vaqt ichida qidirib topish, saqlash, kasb doirasida foydalanishdir.
Tadqiqot ishimizda “bo‘lajak tabiiy fan o‘qituvchilari” deganda, biz bo‘lajak kimyo, biologiya, geografiya, fizika va astronomiya o‘qituvchilarini nazarda tutganmiz. Xorijiy tajribani tahlillari shuni ko‘rsatmoqdaki bo‘lajak pedagoglarning axborot texnologiyalari bilan ishlash anʼanaviy ko‘nikmalari qatorida turli dasturiy platformalardan foydalanish, dars ishlanmalarni zamonaviy, interaktiv, multimediali, animatsion video ko‘rinishda yarata olish, montaj qilish va taʼlim platformalariga joylashtirish, fan doirasida Veb saytlarni yaratish kabi ko‘nikmalar shakllanish zarurligi zamonaviy tendentsiyalardan biri hisoblanadi.
Ushbu tendentsiyalardan kelib chiqib, tadqiqot ishimizda bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalari deganda, anʼanaviy Windows operatsion tizimlari, MS Officce dasturlari bilan ishlash ko‘nikmalari qatorida Adobe Photoshop, Corel DRAW, Wondershare Edraw Max kabi maxsus dasturlar yordamida murrakab taqdimotlarni va Web saytlarni yaratish (Dreamweaver, WordPress dasturlarida); mediafaylarni montaj qilish (Camtasia, Bandicam studio dasturlarida) vositasida fan doirasida turli dars ishlanmalarini yarata olish ko‘nikmalari tushuniladi.
Taʼlimda axborot texnologiyalari va o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari А. Аbduqodirov, M. Аripov, U. Begimqulov, U. Yuldashov, N. Taylaqov va boshqa olimlarimiz tomonidan o‘rganilgan. Mualliflar tomonidan informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishning zamonaviy texnologiya va metodlari bilan tanishtirish hamda amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish orqali taʼlim samaradorligini oshirishga erishish mumkinligini asoslagan. S. Babadjanov o‘z ilmiy tadqiqotlarida pedagogika oliy taʼlim muassasalarida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o‘qitish jarayonida talabalarning mediakompetentligini rivojlantirish texnologiyalarini keltirib oʼtgan.
Biologiya, kimyo, geografiya fanlarini mediatexnologiyalar asosida o‘qitish metodikasini rivojlantirish borasida L.M. Qaraxonova, S.А. Nizamova, F.А. Xamroeva va boshqalar olimlar tabiiy fanlarni o‘qitish samaradorligini oshirishni multimediya texnologiyasi asosida tashkil etish bo‘yicha salmoqli izlanishlar olib borgan.
Bo‘lajak pedagoglarning mediakompetentligini rivojlantirish borasida Mustaqil davlatlar hamdoʼstligi mamlakatlari olimlaridan Ye.А. Bondarenko, I.V.Grigoreva, S.V.Mindeeva, D.A.Mezentseva, T.I.Myasnikova, I. Yu.Nikitina, V.V.Strelnikova, I.А. Fateev, А.V. Fedorov xamda xorijiy olimlardan Andersen Bent B., Bork, A., Dorr, A., Jei Sang Jeon., Kubey, R., Mc. Mahon, B. va boshqa olimlar mediataʼlimni tashkil etish boʼyicha salmoqli izlanishlar olib borgan.
Bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarining axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish talabalarda informatika va axborot texnologiyalari fanini muhim qismlari boʼlgan quyidagi nazariy bilimlarni va ko‘nikmalarni rivojlantirish kerakligi aniqlandi: operatsion tizim tushunchasi, imkoniyatlari, tarkibi va mohiyatini tushunishish va anglash; matnli xujjatlarni tayyorlashda ularni grafik, rasm va jadvallar bilan boyitishda maxsus dasturlardan foydalanish; fan doirasida maxsus grafik dasturlarining imkoniyatlaridan foydalanib murakkab jarayonlarni aks etiruvchi didaktik ishlanmalarni yaratish; internet texnologiyalar tushunchasi ishlash mexanizmlari va imkoniyatlarini anglash va amaliyotda qo‘llash.
Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanishda fizikaviy bilimlarga ega bo‘lish muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, modellashtirishning o‘ziga xos tomonlari shundan iboratki, unda turli xil fizik jihozlar va asboblar tayyorlash shart emas.
Xorijiy tajriba va respublikamizdagi bakalavriat yo‘nalishidagi “Ta‘limda va axborot texnologiyalari” o‘quv rejalarini tahlili natijasida bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchisining mediako‘nikmalarini tashkil etuvchilari aniqlandi va quyidagi tarkibiy qismlarga ajratildi(1.1-rasm.).


Download 223.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling