Qarshi davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi phd


Download 223.74 Kb.
bet3/18
Sana23.04.2023
Hajmi223.74 Kb.
#1388368
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Aftoreferat QARSHIDU Djurayeva B.A

R.D.Shodiyev
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash raisi, p.f.d., professor


I.B.Kamolov
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash kotibi, p.f.f.d., dotsent


Sh.O’.Nurillayeva
Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy
kengash qoshidagi ilmiy seminar
raisi, p.f.d.(DSc), dotsent
KIRISH (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari kompetentligini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning zamonaviy modellari taʼlim jarayoniga tatbiq etilgan. Halqaro tashkilotlar va rivojlangan davlatlar tomonidan qabul qilingan 2030 yilgacha yangi taʼlim kontseptsiyasida “Taʼlim – taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi va barqaror rivojlanish maqsadlarga yetkazuvchi muhim faoliyat”,1 deb eʼtirof qilingan. Bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari kompetentligini shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish orqali ularda shaxsiy va kasbiy ijtimoiylashuvini taʼminlashning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlaridan foydalanishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Jahon taʼlim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida elektron axborot taʼlim resurslaridan foydalanish fanlarning metodik resurslarini takomillashtirish, halqaro malaka talablariga mos raqobatbardosh pedagog kadrlar tayyorlash onlayn o‘qitishning psixologik, androgogik jihatlarini aniqlashtirish, talabalarning shaxsiy, kasbiy, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish o‘quv jarayoniga kompetentsiyaviy yondashuvni joriy etish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Shu bilan birga bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon modelini takomillashtirish, mediakompetentlikni shakllantirishning eksperimental metodlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida ahamiyat qaratilmoqda.
Respublikamizda jamiyatning zamonaviy talab va ehtiyojlari asosida bo‘lajak tabiiy fanlar o‘qituvchilarning axborot texnologiyalari kompetentligini rivojlantirishning usullarini va texnologiyalarini, pedagogik-psixologik mexanizmlarini takomillashtirish, taʼlimiy jarayonlarda qo‘llaniladigan modellarni takomillashtirishning meʼyoriy asoslari ishlab chiqildi. Taʼlim muassasalari moddiy texnik bazasi takomillashtirildi. Bu borada talabalarning innovatsion kompetentligini shakllantirish, kelajakda o‘z kasbining yetuk mutaxassislari boʼlib yetishishi mamlakatimizda taʼlimning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilashga zamin yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-son, 2020 yil 27 fevraldagi “Pedagogik taʼlim sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ”gi PQ-4623-son Qarorlari, 2019 yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezidentning PF-5712-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 223.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling