Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126
Bog'liq
Majmua

7-seminar mashg’uloti mavzusi 
Informatika fanlarini o’qitishda web texnologiyalarni loyihalash 
 
1. Siz qanaqa virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalangansiz? 
2. Siz pedagogik dasturiy vosita, elektron ta’lim resursi deganda nimani 
tushunasiz? Qayerda foydalangansiz? 
3. An’anaviy ta’lim resursidan virtual, noan’anaviy ta’lim resursining farqi 
nimada deb o‘ylaysiz? 
4. Masofali ta’lim texnologiyasi nima va uni siz qayerda uchratgansiz? 
5. Masofali ta’limni tashkil etish uchun qanday vositalardan foydalanish 
kerak? 
6. Web1.0, Web 2.0, Web 3.0 texnologiyalarining bir-biridan farqi nimada? 
7. Siz o‘z tajribangizda mobil texnologiyalaridan qanday foydalangansiz 
yoki foydalanmoqchisiz? 
8. Barcha telefonlardan mobil texnologiyasi sifatida foydalanish mumkinmi, 
nima uchun, fikringizni asoslab bering! 
 
 
8-mavzu. Informatika fanlarini o‘qitishda multimediali texnologiyalar 
Reja 
8.1. Мультимедиали технологиялар ва уларнинг турлари 
8.2. Мультимедиали технологиялардан фойдаланиш имкониятлари 
8.3. Мультимедиали 
технологиялар 
ўқув 
машғулотлари 
самарадорлигини оширувчи восита сифатида 


61 
8.1.Multimediali texnologiyalar va ularning turlari. Multimediali 
texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma’lumot taqdim 
etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi. Ular: matn, grafika, 
animatsiya, videotasvir va ovoz kabilardir [39].
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaollik bo‘lib, 
axborot muhitida ishlayotgan foydalanuvchiga, o‘quvchiga yuqori darajada ta’sir 
o‘tkaza olish imkoniyatining mavjudligidir. 
Multimedia–bu bir necha ma’lumotlarni taqdim etish vositalarining bir 
tizimga birlashishi. Odatda multimedia deganda matn, ovoz, grafika, 
multiplikatsiya, videotasvir va fazoviy modellashtirish kabi ma’lumot taqdim etish 
vositalarining kompyuter tizimidagi birlashishi tushuniladi. Bunday vositalarning 
birlashishi ma’lumot qabul qilishning yangi sifatli darajasini ta’minlaydi: inson 
passiv ravishda mahliyo bo‘libgina o‘tirmasdan, balki faol ishtirok etadi ham [39]. 
Multimediali ilovalar bilan ishlovchi dasturlar ko‘pmodallidir, ya’ni ular 
bir necha sezgi organlariga bir vaqtda ta’sir qilgani uchun auditoriyaning qiziqishi 
va e’tiborini tortadi 
Multimedia ilova mazmuni muallif tomonidan ssenariy tayyorlash paytida 
atroflicha o‘ylanadi va texnologik ssenariyni ishlab chiqishda aniqlashtiriladi.
Ta’limiy ma’lumot taqdim etishning an’anaviy shakli –matn va statik 
grafika ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lsa, multimediadan foydalanish tajribasi yillar 
bilan o‘lchanadi.
Multimedia ilovalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
• prezentatsiyalar;
animatsion roliklar;
• o‘yinlar;
• videoilovalar;
• multimediali galeriyalar;
audioilovalar;
• web uchun ilovalar va h.k.lar.


62 
Quyidagi jadvalda multimedia ilovalari haqida asosiy tushunchalar va 
ularning ko‘rinishlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan (8.1-жадвал).

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling