Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


 Loyihalashtirishning yakunlovchi bosqichi bilan xulosa va tavsiyalar  bosqichi bir-biridan qanday farq qiladi?


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126
Bog'liq
Majmua

16. Loyihalashtirishning yakunlovchi bosqichi bilan xulosa va tavsiyalar 
bosqichi bir-biridan qanday farq qiladi?  
 
10-laboratoriya mashg’uloti 
Savollarga javob toping! 
1. Loyihalashtirishni ta’lim jarayonida qo‘llash nima uchun kerak? 
2. Ta’lim jarayonida kafolatli natijaga erishish deganda nimani 
tushunasiz, izohlab bering! 
3. Nima usun loyiha asosida olib borilgan dars davlat ta’lim standarti 
va undan yuqori bo‘lashi kerak, asoslab bering! 
4. Ta’lim metodini loyihalash ta’lim vositalarini loyihalashtiirishdan 
qaydan farq qiladi? Misollar asosida tushuntirib bering! 
5. Darsning texnologik xaritasi bilan dars ishlanmasining o‘xshash 
va farqli jihatlarini tushuntirib bering! 
6. Informatika o‘qituvchisi faoliyatini loyihalash ta’lim jarayonini 
loyihalashtirishdan qanday farq qiladi? Izohlang! 
 


86 
 
11-mavzu. Innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy 
pedagogik asoslari 
Reja 
11.1Innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy pedagogik 
asoslari 
11.2. Innovatsion pedagogik muhitni tashkil etish vositalari 
11.3. Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari 
 
11.1. Innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy 
pedagogik asoslari. O‘qituvchining innovatsion faoliyati bu- integratsiyalashgan 
pedagogik faoliyat(dars va darsdan tashqari ishlar) davomida turli yangiliklarni 
ishlab chiqish va qo‘llash orqali o‘quvchilarning innovatsion rivojlanishini 
ta’minlashdir 
Loyihalash esa o‘rganilayotgan voqea va hodisalar haqidagi bilimlarni 
tizimlashtirishga, ularning tarkibiy qismlari orasidagi aloqalarni tavsiflashga, 
yaxlit tarzda tasvirlashga yordam beradi.
Pedagogning innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasi kasbiy 
malakasining eng muhim ko‘rsatkichiga aylandi. Zotan, pedagogning innovatsion 
faoliyati ijodiy izlanishlari, ta’lim shakli va mazmunini takomillashtirish yo‘lidagi 
ilg‘or g‘oyalar yaratish, yangiliklar kashf etish salohiyatini namoyon qiladi. 
Innovatsion pedagogik texnologiyalar vositasida o‘quvchi-talabalarda ham 
yaratuvchilik, ijodkorlik, mustaqil fikrlash ta’lim maqsadlariga o‘z izlanishlari, 
ongli ijodiy munosabat orqali erishish layoqatini tarkib toptirish ko‘zda tutiladi
Informatika 
o‘qituvchisining 
innovatsion 
pedagogik 
faoliyatini 
loyihalashtirishning ilmiy pedagogik asoslarini ikki guruhga bo‘lib ko‘rsatishimiz 
mumkin: 
1. Fanni o‘qitishda asos bo‘lgan me’yoriy hujjatlar: unga qonunlar, qarorlar, 
davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturi, o‘quv reja,ishchi o‘quv dasturi, darsliklar 
va h.k. 


87 
2. O‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishga 
tayyorligi: “Ustoz-shogird” tizimida ish olib borishga e’tibor qaratilayotganligi; 
o‘qituvchining ta’lim muassasasida ilmiy-nazariy seminarlarga, ilmiy-tadqiqot 
ishlariga, xilma-xil ilmiy loyihalar, izlanishlarga, ilmiy-amaliy konferensiyalarga 
jalb etilganligi maqsadga muvofiqdir. 
O‘qituvchining innovatsion pedagogik faoliyatni olib borishi uni doimiy 
o‘sib-ulg‘ayib, takomillashib, yangiliklar bilan boyib borishini taqozo etadi. Yangi 
bilimlarni muntazam o‘zlashtirib borish pedagog shaxsiga, kasbiy mahoratiga 
nisbatan zamonaviy talablarga javob beradigan, yaratuvchilik qobiliyatiga ega 
bo‘lish nafaqat ta’lim-tarbiya balki jamiyat talabi hamda ehtiyojiga aylanib 
bormoqda. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling