Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


O‘quv rejaning mazmuni va tuzilishini tahlil etish


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126
Bog'liq
Majmua

O‘quv rejaning mazmuni va tuzilishini tahlil etish. Fanga ajratilgan soatlar, 
o‘quv soatlari tuzilishi, fanni o‘qitish haftasiga necha soatga to‘g‘ri kelishi, 
ajratilgan soatlarda qanaqa mazmun yoritilishi, qaysi mavzuga necha soatdan 
ajratish lozimligi va hokazolar tahlil etiladi [90]. 
Masalan, 2016 yilgi 5110700 – Informatika o‘qitish metodikasi yo‘nalishi 
namunaviy o‘quv rejasida “Informatika o‘qitish metodikasi” fani 3-bo‘lim 
“Umumkasbiy fanlar” blokida 3.3 bandida bo‘lib, bu fanni 5-6 semestrlarda 
haftasida 6 soatdan o‘qitish lozimligi, shundan ma’ruza 80 soat, amaliy 40 soat, 
laboratoriya 40 soat, seminar darslari 62 soatdan, va kurs ishi bilan yakunlanishi 
keltirilgan. Demak, o‘quv rejasiga mos ishchi dastur tuzish, tuzilgan ishchi dastur 
soatlari aynan o‘quv rejasida ko‘rsatilgan soatlarga mos bo‘lishi kerak (1-ilova). 
1.Ta’lim jarayonini tashkil etishda talablarni aniq ifodalash. Davlat ta’lim 
standartiga, o‘quv dasturiga mos mavzularni o‘qitish, o‘qitishda o‘quvchilarni 
mustahkam bilim olishga undash, hayotga tayyor bo‘lish uchun bilim ko‘nikma va 
malakalarni shakllantirish, tarbiyaviy, rivojlanuvchi xususiyatni, shaxsiy sifatlarni 
rivojlantirish, sodir bo‘ladigan muammolarga mustaqil qaror qabul qilishga, 
berilgan topshiriqlarni bajarishda ijodkorlik bilan yondashishga o‘rgatish, o‘qishga 
qiziqish, motivatsiya uyg‘otish, mustaqil o‘rganish qobiliyatlarni, ma’naviyatni, 


79 
estetik didni kamol toptirish. O‘xshashlik va bir xillikdan qochish, sinfning darsga 
tayyorligi, yorug‘likning yetarliligi, temperaturaning mosligiga erishish. 
2. Ta’lim shaklini loyihalashtirish. Bizga ma’lumki, ta’lim individual, 
guruhli va frontal shakllarda amalga oshiriladi. O‘qituvchi aynan ana shu 
shakllarda o‘quvchilarga ta’lim mazmunini yetkazadi. Shuning uchun, har doim 
o‘qituvchi “Nimani, qachon, qayerda o‘rgatish”ni loyihalab olishi zarur. 
3. Ta’lim mazmunni loyihalashtirish. Ta’limning mazmuni davlat ta’lim 
standartlarida, fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan holatda darslik, o‘quv 
qo‘llanma, ma’ruza matni, o‘quv-uslubiy majmualarda o‘z aksini topadi [40].
O‘qituvchi mazmunni loyihalashtirishda oddiydan murakkabga, osondan qiyinga 
tamoyilini hisobga olib, o‘quvchi tushuna oladigan tilda, bajara oladigan 
topshiriqlar asosida yetkazishi va o‘quvchi ta’lim mazmunini o‘zlashtirishiga 
erishishi lozim. 
4. Ta’lim 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling