Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126
Bog'liq
Majmua

Tayyorgarlik (izlanish) bosqichida mavzusi tanlanadi, dars turi, maqsadi, 
mazmuni tanlanadi, ya’ni mavzuga taalluqli ma’lumotlar to‘planadi, ma’lumotlar 
o‘rganilib ishlov beriladi va tahlil qilinadi, mavzu yuzasidan axborotlar 
yig‘iladi va shular asosida dars bosqichlari rejalashtiriladi talabalarning 
o‘qitilayotgan fan predmeti, fan mavzulariga qiziqishlari, tafakkuri, 
dunyoqarashi va bu boradagi ularning qobiliyatlari e’tiborga olib kutiladigan 
natijalar belgilanadi, dars bosqichlari qo‘llaniladigan pedagogik va axborot 
texnologiyalari tanlanadi. 
Лойиҳани тайёрлаш (конструкторлик) босқичи. Dars bosqichlarga 
ajratilib, har bir bosqichda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatlari, har bir bosqichda 
mazmun va uni yoritishda qo‘llaniladigan metodlar, pedagogik va axborot 
texnologiyalari, multimediali vositalari, slaydlardan foydalanish, kutiladigan 
natijalar rejalashtiriladi. Loyihalashtirish dars ishlanmasi va texnologik xarita 
ko‘rinishini oladi. 
Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi. Bu bevosita o‘quv faoliyati-
dars jarayoni bo‘lib, o‘qituvchi tomonidan tayyorlangan loyihani dars 
bosqichlariga mos, dars ishlanmasi va texnologik xaritadagidek amalga oshiriladi. 
Bu o‘rinda xatoga yo‘l qo‘ymaslik muhim, aynan shu bosqichda 
talabalarda bilimlar, ko‘nikma va malakalar va shakllantiriladi. 
Tayyorlangan loyiha asosida olib borilgan o‘quv jarayoni natijasida 
talabalarning bilim, ko‘nikma va malaka darajasi (Т
BKM
) davlat ta’lim standartida 


77 
ko‘rsatilgan bilim, ko‘nikma va malaka (DTS
BKM
) darajasiga mos yoki 
undan yuqori bo‘lsa (DTS
BKM
≤T
BKM
) o‘quv faoliyatining loyihasi talab darajasida 
tayyorlangan bo‘lib, ta’lim samaradorligi yuqori hisoblanadi, aks holda loyiha 
talab darajasida tayyorlanmagan hisoblanadi. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling