Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126
Bog'liq
Majmua

 
 
 
3-MODUL. TA’LIM JARAYONINI LOYIHALASHTIRISHNING 
ILMIY METODIK ASOSLARI 
10-mavzu. Ta’lim jarayonini loyihalashtirish 
Reja 
10.1. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi 
10.2. Informatika o‘qituvchisining pedagogik faoliyatini loyihalashtirish. 
10.3.Loyiha texnologiyasi, ta’lim jarayonini loyihalashtirish 
10.1.Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi.
Turli ilmiy 
adabiyotlarni o‘rgani natijasida shuni aytishimiz mumkinki, ta’limiy loyiha–aniq 
reja, maqsad asosida pedagogik faoliyat mazmunini ishlab chiqish, uning natijasini 
kafolatlashga qaratilgan harakat mahsulidir, loyihalashtirish esa boshlang‘ich 


75 
ma’lumotlarga asoslanib, kutiladigan natijani taxmin qilish, bashoratlash, 
rejalashtirish orqali faoliyat yoki jarayon mazmunini ishlab chiqishga qaratilgan 
amaliy harakatlardir [66]. 
Informatika o‘qituvchisining faoliyatida loyihalashtirish asosan ikki 
ko‘rinishda bo‘ladi. Birinchisi o‘qituvchining o‘z faoliyatini loyihalashtirishi 
bo‘lsa, ikkinchisi esa dars jarayonida loyihaviy ta’lim texnologiyalaridan 
foydalanish. 
Ta’limiy loyihalash nima uchun dolzarb? Bu informatika o‘qituvchisini 
har bir darsda maqsadga mos mazmunni o‘z o‘quvchilariga yetkazib berishi, ta’lim 
jarayonida kafolatli natijaga erishishi uchun harakat qilishga undaydi. 
Ta’lim jarayonida loyihalashtirish ta’lim uslubini qo‘llash juda murakkab
ya’ni ko‘p qirrali va ko‘p variantli, ko‘p tanlovli dinamik tizim deb qarash 
mumkin. Shu sababli o‘quv faoliyatini loyihalashtirish o‘ziga xos innovatsion 
yondashuvni talab etadi. Ba’zi adabiyotlarda ta’limni loyihalashtirish jarayoniga 
xuddi texnologik jarayonni loyihalash kabi bosqichlarda qaralgan. Masalan, J.B 
Orishevning “Loyihali ta’lim asosiy bosqichlari” maqolasida loyihali ta’lim 
bosqichlarini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishda ifodalanadi [76]. 
➢ izlanish-tanlish bosqichi
➢ konstruktorlik bosqichi; 
➢ ta’limiy konstruktorlik bosqichi; 
➢ texnologik bosqich; 
➢ didaktik texnologik bosqichi; 
➢ loyihani joriy etish bosqichi; 
➢ yakunlovchi bosqich, xulosalar va tavsiyalar bosqichlari. 
Bir nechta adabiyotlarda ta’limiy loyihalash bosqichlari modellashtirish,
loyihalashtirish va konstruksiyalash bosqichlaridan iboratligi ko‘rsatiladi [47]. 
I. A Kolesnikova o‘quv jarayonida loyihalashtirish bosqichlarini quyidagi: 
loyiha oldi bosqichi; 
loyihani amalga oshirish bosqichi; 
refleksiv bosqich; 


76 
loyihadan keyingi bosqichlarga ajratib ko‘rsatib beradi [68]. 
Bizning ushbu sohadagi olib borilgan izlanishlarimiz natijasida o‘quv 
jarayonini 
loyihalashtirish 
bosqichlarini
shartli 
ravishda 
quyidagi 
ko‘rinishda ifodalash mumkin deb hisobladik. 
1. Tayyorgarlik (izlanish) bosqichi; 
2. Loyihani tayyorlash(konstruktorlik) bosqichi; 
3. Loyihani bajarish, amalga oshirish bosqichi; 
4. Yakunlovchi bosqich; 
5. Xulosa va tavsiyalar berish bosqichi

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling