Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126
Bog'liq
Majmua

Mutaxassislik - 5A-bosqichning o‘quv rejalar va fanlar dasturi bo‘yicha 
oliy ta’lim muassasasi bitiruvchisi tomonidan egallangan va beriladigan «magistr» 
akademik darajasi doirasida kasb faoliyatining muayyan turini bajarishni 
ta’minlovchi muayyan mutaxassislik bo‘yicha bilimlar, uquvlar va ko‘nikmalar 
kompleksi.
 
Kasbiy faoliyatdagi axborotlarni olish imkoniyatlari. Axborotlarni olish 
turiga ko'ra tasnifi quyidagi diagrammada keltirilgan [46] (18.2-rasm).
 
18.2 - rasm. Axborotlarni olish 
Cheklash mumkin bo’lmagan axborotlar: inson va fuqaroning huquqlari, 
erkinliklari va burchlariga, tashkilotlarning huquqiy maqomini va davlat organlari, 
mahalliy davlat hokimiyati vakolatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar 


154 
haqidagi, ekologik , davlat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari 
faoliyati to‘g‘risidagi axborotlar, kutubxonalar, muzeylar va arxivlarning ochiq 
to‘plamlarida, davlat axborot tizimlarida to'plangan axborotlar. 
Olish cheklangan axborotlargadavlat sirlari-bu iqtisodiyot, fan va texnika 
sohasidagi tashqi siyosat, tezkor qidiruv faoliyati, terrorizmga qarshi kurash 
sohasidagi axborotlar, maxfiy axborotlar- shaxsga oid sirlar, savdo, kasb, xizmat 
sirlari, tergov va sud sirlari shuningdek, ixtirolarni yaratish sirlarini kiritish 
mumkin. 
Bugungi kunda informatika o’qituvchilari o’z kasblariga oid axborotlani 
internet, elektron pochta, telegramm, forumlar, turli ijtimoiy saytlarda axborot 
almashinuvi, elektron kutubxonalar, ma’lum kasbdoshlari guruhlaridan, fanga oid 
ilmiy adabiyotlar, o’quv va uslubiy qo’llanma va korsatmalardan olishlari mumkin. 
18.3.Informatika fanlari mavzularini kasbga yo‘naltirib o‘qitishKasbga 
yo‘naltirib o‘qitish - bu o‘qitish jarayonini tashkil etishning mazmuni va tuzilishini 
o‘quvchilarningindividual qiziqishlari va ustuvor jihatlarini hisobga olgan holda, 
kasbiy o‘zini o‘zi belgilashga tayyorlashdir. 
E.A.Klimovning so‘zlariga ko‘ra, har bir shaxs biror ish turini bajarish 
moyilligiga ega. Insonlar bilan ishlashda noqulay bo‘lgan kishi texnologiya bilan 
katta zavq bilan ishlashni yaxshi ko‘radi va aksincha, Insonlar bilan ishlash, 
muloqot qilish istagi ustun bo‘lgan odam texnik vositalardan foydalanmaslikni 
afzal ko‘radi va h.k [46]. 
Informatika o‘qituvchisi o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish 
jarayonlarida qo‘yidagi omillarga asoslanib yondashishi tavsiya etiladi: 
➢ o’quvchining individual kasbiy qiziqishlari, layoqatlari, qobiliyatlari 
asosida yondashish; 
➢ o‘quvchining rivojlanishida monelik qiluvchi kasalliklarni inobatga olgan 
holda yondashish; 
➢ o‘quvchi shaxsiga kasblar tasnifi va kasb egasiga qo‘yilgan talablar 
asosida ma’lumotlar yetkazib berish jarayonlariga e’tibor qaratish; 


155 
➢ hududning ko‘proq qaysi kasbga, mehnat bozoriga bo‘lgan talablarini 
hosobga olish asosida yondashish; 
➢ o‘quvchining psixologik xususiyatlarini, kasbiy moyilligini hisobga olgan 
holda yondashish va h.k. 
Informatika o’qituvchisining informatikani kasbga yonaltirib o’qitishi 
natijasida o’quvchilarda qo‘yidagi xususiyatlar vujudga keladi: 
-o‘quvchida kasbiy o‘z-o‘zini aniqlashi, anglashi ortadi, kasbiy qaror qabul 
qilishi tezlashadi; 
-kasb tanlashda qiynalayotgan, ba’zan ikkilanayotgan o‘quvchilarda 
tanlayotgan kasbi haqidagi zaruriy, kasbiy axborot, maslahatlarga ega bo‘ladilar; 
-o‘quvchida tanlagan kasbiga nisbatan turg‘un (doimiy) kasbiy qiziqishi va 
moyilligi shakllantiriladi; 
-o‘quvchi o‘zi tanlagan kasbi o‘zining psixologik va fiziologik imkoniyatiga 
mos kelish yoki kelmasligi haqida tushunchalarga ega bo‘ladilar; 
-o‘quvchilarning o‘z qiziqqan kasb tanlashida jamiyat oldidagi burchi va 
ma’suliyat hissi ortadi. 
Maktabda “Paint garfik muharriri” mavzusini kasbga yo‘naltirib 
o‘qitish. Umumiy o‘rta maktabning 5-sinflarida “Paint garfik muharriri” bobini 
o‘qitishga jami 6 soat ajratilgan. Informatika fani 
o‘qituvchisi ushbu mavzuni kasbga yo‘naltirib 
o‘qitish uchun quyidagicha ish bajaradi. 
O‘qituvchi “Paint garfik muharriri bobini 
o‘qitishning birinchi darsida dastur oynasi qismlari, 
asboblar penelining tugmachalari, ranglar palitrasi 
haqidagi tushunchalarni beradi. 
Ikkinchi, uchinchi va hokazo 6-darslar davomida va darsdan tashqari uyga 
vazifani bajarish uchun o‘quvchilarni kasbga qiziqishlari bo‘yicha quyidagicha 
kichik guruhga bo‘ladi va topshiriqlar beradi: 


156 
A. Dizayner, rassomchilik kasblariga qiziquvchilarga “Kichik rassomlar” 
deb nomlab, ularga Paint garfik muharriri “Bizning uy”, 
“Qishloqdagi bizning hovli”, “Tog‘ manzaralari” va 
boshqa nomlar bilan ataluvchi peyzajlar yaratish; 
B. Kelgusida matematika, muhandislik, chizmachilik, 
kompyuter grafika kasblariga qiziquvchi o‘quvchilarni 
“Kichik muhandislar”, “Kichik muhandislar” guruhiga bo‘lib ularga Paint garfik 
muharriri “Matematikaning hayotdagi o‘rni”, “Geometrik figuralardan 
foydalanamiz” kabi mavzularda rasmlarni chizis
C. 
Duradgorlik, 
ustachilik, 
xalq 
hunarmandchiligiga 
quzuquvchi 
o’quvchilarga hunarmandchilikka oid, quruvchilikka qiziquvchilarga, bino va 
obidalarni rasmlarni chizish,
D. Meditsinsga qiziquvchilarga insonning ichki a’zolarini, қон айланиш 
тизими, мия фаолияти ва бошқаларни chizish
E. Informatika va axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchilarga 
kompyuterning asosiy va vo‘shimcha qurilmalarini, internetda axborot 
almashinuvini chizish va shu kabi topshiriqlarni berishi maqsadga muvofiqdir. 
Umuman aytganda informatika o’qituvchisi mavzularni kasbga yo‘naltirib 
o‘qitishda o‘zi ham shu kasb haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lib, kasbning nozik 
jihatlarini o‘quvchilar grafik muharrirda tasvirlay olishiga erishishi uchun
beriladigan topshiriqlarni ijodiy ishlab chiqishi lozim bo‘ladi. 
Umumiy o‘rta maktabning informatika o‘quv fani dasturlarida MS Excel 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling