Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Informatika fanini o‘qitish jarayoni


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126
Bog'liq
Majmua

Informatika fanini o‘qitish jarayoni 


24 
An’anaviy ta’lim metodlariga ma’ruza, savol-javob, kitob bilan ishlash, 
suhbat, hikoya va hokazolar kirsa, noan’aviy ta’lim metodlariga esa, 
tabaqalashtirilgan o‘qitish, elektron ta’lim manbalari asosida o‘qitish, muammoli, 
modulli, masofali o‘qitish, o‘qitishda o‘yinli texnologiyalardan foydalanish 
kabilar kiradi. 
Passiv uslubda obyekt” sifatida faqat ko‘ruvchi va eshituvchi bo‘lib, 
asosiy ishtirokchi shaxs o‘qituvchi hisoblanadi. 
Faol uslubda o‘quvchi “subyekt” sifatida mustaqil ishlaydi va ijodiy 
vazifalarni bajaradi.O‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siri kuchayib, sustlar 
faollashadi 
3.2 - rasm. Informatikani o’qitishda o’qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro 
ta’siri. 
Interfaol uslubda o‘zaro faol bo‘lish, ta’sir etish kuchayadi. Bunday ta’limda 
o‘ituvchi faol boshqaruvchiga aylanib, o‘quvchilarning hamkorlikda o‘qiydilar, 
o‘rganadilar. 
Interfaol inglizcha interact – o‘zaro ta’sirlanish (yoki interaction – o‘zaro 
ta’sir) so‘zidan olingan bo‘lib, biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, 
o‘zaro muomalada, o‘zaro bahs-munozara, farqlash asosida, hamjihatlik bilan hal 
qilinadi. Informatika fanini noan’anaviy o‘qitish metodlari A.A.Abduqodirov, 
F.Zokirova, 
M.Mamarajabov, 
Q.M.Karimov, 
D.Esonbayeva, 
M.T.Mihridinovalarning ilmiy tadqiqot ishlarida keng yoritilib, amalda qo‘llanib 
kelinmoqda. 


25 
Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy 
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi o‘zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi 
ta’lim. 
Interfaollik talabalarning bilim, ko‘nikma, malaka va muayyan axloqiy 
sifatlarni o‘zlashtirish yo‘lida birgalikda, o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatni 
tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtayi nazardan interfaollik, eng 
avvalo, ijtimoiy subyektlarning suhbat (dialog), o‘zaro hamkorlikka asoslangan 
harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi.
Eng ommaviy interfaol ta’lim texnologiyalari quyidagilar sanaladi: 
➢ Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blits-so‘rov”, 
“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat”, “Assesment”, 
“FSMU”, “Kubik” va b.  
➢ Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, 
“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “T-jadval”, “Yumaloqlangan qor” va 
h.k.  
➢ Grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, 
“Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va 
boshqalar [1,3].

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling