Qarshi davlat universiteti informatika o’qitish metodikasi kafedrasi


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/126
Sana28.12.2022
Hajmi1.72 Mb.
#1014702
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126
Bog'liq
Majmua

Testlarning turlari. Test topshirig‘ining turlari 3.2-rasmda keltirilgan bo‘lib
testning quyidagi turlarini tuzish mumkin.
Ochiq turdagi testlar. Berilgan savolga talaba erkin javob bera oladigan 
bo‘lsa, test topshirig‘i ochiq shaklga ega bo‘ladi. 
Misol. 
1.Nima 
uchun 
pedagogik 
va 
axborot 
texnologiyalarini 
integratsiyalash 
kerak?___________________________________________ 
_________________________________________________________________ 


124 
 
16.2 - rasm. Informatikadan testlarning turlari 
Yopiq turdagi testlar. Test topshiriqlari sifatida berilgan savol, topshiriqqa 
turli variantlardagi javoblarni nazarda tutuvchi test
Muqobil (mantiqiy) test. Bunday testlarda javoblarning bir-biriga qarama-
qarshi ikki varianti («ha» – «yo‘q», «to‘g‘ri» – «noto‘g‘ri» va h.k.) mavjudligi 
nazarda tutiladi. 
Misol. 2. Internetdan foydalanish uchun modem kerakmi? 
a) Ha b) Yo‘q To‘g‘ri javob: a) 
1. Moslashtirish testlari. Ularning mohiyati bir ko‘p sonli elementlarining 
boshqa ko‘p sonli elementlarga muvofiqligini aniqlash zaruratiga asoslangan. Bu 
ikki ro‘yxat bir-biriga moslashtiriladi. 
1-ro‘yxat 2-ro‘yxat 
1. “Matn muharriri dasturi”-... A) MS Access
2. “Elektron jadval dasturi”-... B) MS Word
3. “Prezentatsiya yaratuvchi dastur” -... S) MS Power-Point 
4. “Ma’lumotlar bazasi” -... D) MS Excel 
Ta’riflash testlari. Bunday testlarda odatda ta’rif keltirilib unda nima 
ta’riflanayotganligini talaba tomonidan topish talab etiladi. 


125 
Misol. 1.Ovoz, matn, rasm va boshqa qo‘shimcha elementlardan tashkil
topgan tuzilishga ega matn-bu....... 
A) asosiy matn 
B) gipermatn 
S) oddiy matn Javob: B) gipermatn 
Esse testlari (esse-erkin fikrlab yozilgan, uncha katta bo‘lmagan nasriy 
bayon). Bu tipdagi testlarda savol matn yoki tasvir qo‘rinishida bo‘lib, talaba 
o‘zining individual qarashlarini mustaqil, ijodiy yondashib unda bayon etadi. 
O‘qituvchi uni o‘qib, baholaydi, izoh yozadi [61]. 
 Misol. 1.Siz kelajakda o‘z ish o‘rningizni qanday tasavvur etasiz? 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling