1.2. O`zbekiston aholisining soni, uning o`sishi va hududiy joylashishi:
Aholi zichligiga ko`ra 2-o`rinni Toshkent iqtisodiy rayoni egallaydi, bu yerda har 1 km.kvga 285 kishi to`g`ri keladi. Qolgan iqtisodiy rayonlardagi aholi zichligini 2-jadvalda ko`rishimiz mumkin:
Shunday qilib, O`zbekiston aholisining hududiy joylashuvida keyingi o`n yilliklarda anchagina ijobiy siljishlar ro`y berdi.
Aholining tarkibi va urbanizatsiya jarayoni
Aholining tarkibi yoshi, jinsi, ijtimoiy-sinfiy mansubligi, millati, ma`lumoti bo`yicha o`rganiladi.
Aholining jinsiy tarkibiga urushlar jiddiy o`zgarishlar kiritadi. 1917- yil arafisida O`zbekiston aholisi tarkibida erkaklar – 52,9 ayollar – 47,1 foiz edi. Deyarli shunday nisbat to ikkinchi jahon urushigacha saqlandi. Urush yillarida erkaklar va ayollar nisbati bo`yicha nomutanosiblik boshqa tomonga o`zgardi. Urushning asorati u tugagandan keyin ham davom etdi. 1959- yilga kelib respublika aholisi tarkibida ayollarning ulushi 52,0, erkaklarniki esa 48,0 foizni tashkil etdi. Keyingi yillarda aholi tarkibida erkaklar va ayollar nisbatining barobarlashuvi jarayoni bormoqda. Hozirgi vaqtda aholi tarkibida erkaklar – 49,9, ayollar – 50,1 foizni tashkil etmoqda.
Viloyatlar
|
Maydoni
(1000 km.kv.)
|
Aholisi
(1000 kishi hisobida)
|
O`rtacha zichligi (1km.kv ga)
|
O`zbekiston
Andijon
Buxoro
Jizzax
Navoiy
Namangan
Samarqand
Sirdaryo
Surxondaryo
Toshkent
Farg`ona
Xorazm
Qashqadaryo
Qoraqalpog`iston
|
448,9
4,3
40,3
20,5
111,0
7,5
16,8
5,0
20,1
15,6
7,1
6,1
28,6
166,6
|
27072,2
2451,2
1525,9
1051,4
812,7
2103,6
2907,5
676,9
1925,1
4482,0
2878,9
1453,9
2420,4
1571,9
|
60,3
570,0
34,6
45,6
6,9
252,2
155,7
131,3
83,9
282,2
385,1
217,5
73,4
8,8
|
Do'stlaringiz bilan baham: |