Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


BOB. Aholining tarkibi va urbanizatsiya jarayoni


Download 51.63 Kb.
bet7/10
Sana26.01.2023
Hajmi51.63 Kb.
#1128309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
O\'zbekiston Respublikasi aholisi va mehnat resurslari

2. BOB. Aholining tarkibi va urbanizatsiya jarayoni.
2.1. Aholining tarkibi va urbanizatsiya jarayoni.
Yangi shaharlar va shaharchalar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Yangiobod, Navoiy, Gazli, Uchquduq, Taxiatosh, Zarafshon, Shirin va boshqalar) asosan qazilma boyliklar va suv quvvati boyliklari mavjud hududlarda bunyod etildi. Toxchiyon shaharchasi (Surxondaryo viloyati) ko`mir koni negizida vujudga kelgan. Bular sanoat markazlaridir.
Yangi yerlarni o`zlashtirish qishloq xo`jalik xom ashyosini qayta ishlovchi sanoat negizida Yangiyo`l, Guliston, Yangiyer kabi shaharlar qad ko`tardi.
Tabiiy va iqtisodiy va tarixiy sabablarga ko`ra O`zbekiston qishloqlarining aholisi ko`p va qishloqlar bir-biriga yaqin joylashgan. O`tmishda ko`chmanchi qabilalarning xujumlarini daf etish zarurati hamda obikor dehqonchilikka qo`l mehnatining ko`p qo`llanilishi tufayli qishloqlarda aholi azaldan zich yashab kelmoqda. O`zbekiston qishloqlarining bunday xususiyatlari ularning aholisiga shahardagidek sharoit yaratishda, ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini rivojlantirishda qulay omil hisoblanadi.
Darhaqiqat, Koson, Yangibozor, Arnasoy, Beshariq kabi qishloqlarning qiyofasi shaharni eslatadi. Sanoatning o`sishi ham shahar aholisi sonining oshishiga, shahar turmush tarzining yoyilishiga, shahar bilan qishloq o`rtasidagi tafovutning yo`qolishiga yordam beradi.
Aholi manzilgoxlarining yuqoridagidek hususiyatlari ularni yuksaltirishda quyidagi vazifalarga e`tibor berishni taqozo qiladi:
- shaharchalarni rejalashtirishda odamlarning turar joyi bilan ish joyi orasi 4-5 km dan uzoq bo`lmasligi;
- qadimiy shaharlarni zamonaviy qulayliklarga ega qilib qayta qurish;
- yirik shaharlarda aholi ko`payib ketishi hamda ekologik vaziyatning buzilishiga sabab bo`ladigan korxonalar qurishni cheklash va borlarini ko`chirish.

Mehnat resurslari, ularning hududiy joylashishi va ulardan foydalanishni yanada yaxshilash muommolari.
O`zbekistonda mehnat resurslarining soni, salmog`i va o`sish sur`atlarini xalq xo`jaligi tarmoqlarida va respublika hududida taqsimlanishi, nihoyat mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi o`ziga xosdir.
O`zbekistonda tabiiy o`sishning yuqori bo`lishi, aholisi tarkibida yosh avlod ko`p bo`lishi, o`z navbatida, mehnat yoshidagi aholi salmog`ining nisbatan kamayishiga olib keladi. Ma`lumki mehnat yoshidagi aholi ishlab chiqarishda turli sabablarga ko`ra ishtirok etolmaydi. Ishlab chiqarishdan ajralgan holda o`qish, armiya xizmatini o`tash, ishlashga sog`lik yo`l qo`ymasligi va har xil obyektiv va subyektiv sabablarga ko`ra vaqtincha ishlamaslikka sabab bo`ladi.
Jamiyat a`zolarining hammasi ham ijtimoiy – foydali mehnatda ishtirok etish imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun ham aholining qancha qismini mehnatga yaroqli kishilar tashkil qilishini, inson omili nimaligini va ulardan qanday foydalanishni bilish lozim. Mamlakatimiz qonunga ko`ra 16 yoshdan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar va 16 yoshdan 55 yoshgacha bo`lgan ayollar mehnatga yaroqli hisoblanadi.
Mamlakatdagi inson omilining umumiy miqdori aniqlanganda muayan yoshdagilarning salmog`i ham hisobga olinadi. Jumladan 25 yoshdan 49 yoshgacha bo`lganlar mehnatga eng yaroqli kishilar hisoblanadi.
2007- yilda O`zbekistonning mehnat resurslari 15,2 mln kishini tashkil qildi. Bu umumiy aholining salkam yarimi demakdir. Aholining tez sur`atlarda o`sishi inson omilining o`sishini ta`minlamoqda. Ular yiliga 200 – 220 ming kishiga o`smoqda. Mehnatga yaroqli bolalarning mutloq soning bunday oshishi, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish va undan oqilona foydalanish muommosini keltirib chiqarmoqda. Qo`shimcha ish joyi yaratish sur`ati mehnatga yaroqlilarning ko`payishi sur`atidan orqada qolayotganligi yuqoridagi muammoni tobora murakkablashtirmoqda.






Download 51.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling