Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
Download 51.63 Kb.
|
O\'zbekiston Respublikasi aholisi va mehnat resurslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yil lar Axolini tabiiy o` sishi (ming kishi) Migratsiya
Aholining yosh tarkibi. Mamlakat aholisi tarkibida 14 yoshgacha bo`lgan (14 yosh ham shunga kiradi) o`smir va qiz bolalar soni va ulushi o`smoqda. Agar 1926 yilda shu yoshdagi guruhning aholi tarkibidagi ulushi 34,4 foiz bo`lgan bo`lsa, 1980 yilga kelib 45 foizga yetdi. Bu holat O`zbekiston aholisining yosharayotganligidan dalolat beradi. O`rtacha umr ko`rishning uzayishi bilan o`rta yashar aholining hissasi ham pasaydi.
Aholi tarkibiga jins va yosh jihatidan yondoshish katta ahamiyatga ega. Chunki aholini va inson omilini takror ishlab chiqarish huddi ana shu jihatlarga bog`liq.
Aholining ijtimoiy tarkibi va ish bilan ta`minlanish muammosi o`rtasida yaqin bog`liqlik bor. 1917- yil arafasida O`zbekiston hududida aholi umumiy miqdorida ishchi va hizmatchilar – 5 foiz, dehqonlar – 74,6 foiz, qolgan ijtimoiy guruhlar – 20,4 foiz edi. Agar 1940- yili xalq xo`jaligida band bo`lganlarning 34,5 foizini ishchi va hizmatchilar tashkil etgan bo`lsa, 1991 yilga kelib bu ko`rsatgich 81,8 foizga yetdi. Shunga muvofiq ravishda qishloq xo`jaligida band bo`lganlar ulushi 65,8 foizdan 18,2 foizga tushdi. Aholining ta`lim (ma`lumot) bo`yicha tarkibi ham takomillashmoqda. Milliy iqtisodiyotda band bo`lgan kishilarning umumta`lim darajasi o`smoqda. Hozirda ishlayotgan har to`rt kishidan biri oliy va o`rta maxsus ma`lumotga ega. 1991- yilda xalq xo`jaligida band bo`lgan 1678 ming mutaxassisdan 790 mingi oliy, 888 mingi o`rta maxsus ma`lumotli edi. Mutaxassislarning yarmidan ko`prog`i ishlab chiqarish soxalarida faoliyat ko`rsatmoqda. Agar aholining milliy tarkibini tahlil qiladigan bo`lsak, uni asosiy qismini o`zbeklar tashkil etadi. Undan keyingi o`rinlarda ruslar, tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar turadi. O`zbeklar, qoraqalpoqlar, tojiklar, qozoqlar, qirg`izlar O`zbekistonda qadimdan yashab kelayotgan tub joy aholi hisoblanadi. O`zbeklar mamlakatimizning butun hududida yashasa, boshqa millat vakillari aksariyat joylarda ayrim qismlardagina istiqomat qilishadi. O`rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin O`zbekistonga ruslar ko`chib kela boshladilar. Sobiq ittifoq barcha qismlarining iqtisodiyot darajasini baravarlash niqobi ostida mamlakatning g`arbiy rayonlaridan ko`plab aholi O`zbekistonga ko`chirib keltirildi. Ikkinchi jahon urishi davrida esa urush harakatlari ketayogan hududlardan talay qismi sharqqa, jumladan O`zbekistonga ko`chirildi. Natijada O`zbekistonda o`zga millat va elat vakillarining soni keskin ko`paydi. Joyning tabiiy sharoiti, kishilarning mashg`ulotlari hamda turli iqtisodiy-ijtimoiy, tarixiy omillar ta`sirida aholi joylashuvining shahar, qishloq, ovul kabi xillari tarkib topadi, Mamlakatimizda 121 ta shahar, 113 ta shaharcha va 14 mingga yaqin qishloq mavjud. O`zbekistonda aholi manzilgoxlari ikki turga: shahar joylar hamda qishloq joylarga bo`linadi. Eng avval qishloq joylardagi manzilgoxlar (qishloq, ovullar) vujudga kelgan. Qishloq joylarda dehqonchilik, chorvachilik bilan shug`ullanuvchi kishilar (dehqonlar, fermerlar) va qishloq ziyolilari (agronomlar, vrachlar, o`qituvchilar, madaniyat xodimlari) yashaydilar. Aholisi sanoat korxonalarida yoki transportda ishlaydigan shaharchalar ham aholisi kam bo`lganligidan qishloqlar tarkibiga kiradi. Qishloq aholi manzilgoxlari shahar aholi manzilgoxlaridan farq qiladi. Qishloqlarni mehnat sharoiti, turmush va madaniyat jihatidan shaharlarga yaqinlashtirish muhim vazifadir. Qishloqlarning kengayib bir-biriga qo`shilib ketishi oqibatida qishloqlarning umumiy soni kamaymoqda, biroq ularning xajmi kattalashyapti. Katta qishloqlarda maktablar, universal magazinlar, klublar, kasalxonalar jadal qurilmoqda, uylarga gaz, suv, elektr kiritilyapti,qisqasi, mehnat va hordiq chiqarish uchun yaxshi maishiy sharoit yaratilyapti. Shaharlar – aholi yashaydigan manzilgoxlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq paydo bo`lganidan so`ng vujudga kelgan. O`zbekistondagi qadimiy shaharlar Toshkent, Samarqand, Xiva, Buxoro shular jumlasidandir. Ular dunyodagi eng qadimiy shaharlardan hisoblanadi. Asrimiz boshlarida O`zbekiston hududida 20 ga yaqin shahar bo`lgan, ular asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari negizida daryo hamda soy bo`ylarida yoki karvon yo`llari ustida vujudga kelgan. O`zbekistonda uncha tez bo`lmasada urbanizatsiya jarayoni ro`y bermoqda, ya`ni shaharlar soni ko`payib bormoqda, shahar aholisi soni ortib bormoqda. Respublikada 1897- yilda 18,8 foiz aholi shaharlarda yashagan bo`lsa, 1939 -yilda 23,0 foiz va 1997- yilda 38,0 foiz aholi shaharlarda yashagan. Hozirda O`zbekistonda shaharlar qatoriga aholisi 7 ming va undan ko`p bo`lgan aholi manzilgoxlari kiritiladi. Bu ko`rsatgichlar turli mamlakatlarda turlicha bo`lib, ba`zilarniki biznikidan ko`proq ba`zilarniki kamroqdir. Masalan, Qozog`istonda, Qirg`izistonda 10 ming, Turkmanistonda 5 ming, Rossiyada 12 ming kishidan ortiq aholi yashaydigan manzilgoxlar shahar hisoblanadi. Shahar bo`lishi uchun shuningdek, ushbu manzilgoxda yashayotgan aholining 2/3 qismi ishchi va hizmatchilar hamda ularning oila a`zolari bo`lishi kerak. Shaxarlarni milliy iqtisodiyotdagi o`rni, vazifasi har xil. Mamlakatimizda sanoat shaharlari ko`p , ularda bir yoki bir necha sanoat tarmog`i rivojlangan. Ba`zi bir shaharlar transport tuguni vazifasini o`taydi. Poytaxtlar, viloyat markazlari siyosiy-ma`muriy va madaniy markaz ro`lini o`ynaydi. Kurort-shaharlar, tarixiy, madaniy va ilmiy markaz shaharlar bor. Katta shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq), yirik shaharlar (aholisi 250 mingdan ortiq), juda yirik shaharlar(aholisi 500 mingdan ortiq) va “millioner” shaharlar bir qancha vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi. Ularni ko`p funksiyali shaharlar deyiladi. Masalan, Toshkent – mamlakat poytaxti, sanoat shahri, transport tuguni, tarixiy-madaniy markaz. Samarqand ham viloyat markazi, ham sanoat markazi va tarixiy-madaniy markazdir. Ko`p funksiyali shaharlar juda tez o`sadi, ular yonida yo`ldosh shaharlar vujudga kelib, aglomeratsiyalarni hosil qiladi. Mamlakatimizda eng katta shahar aglomeratsiyasi – Toshkent aglomeratsiyasidir. Katta shaharlarning afzalliklari ko`p bo`lishiga qaramay, ular to`xtovsiz kengayib ketaverishi maqbul emas, chunki aks holda korxonalarni suv bilan, aholini oziq-ovqat bilan ta`minlashda, “yashil” hududlarni, musaffo havoni saqlashda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shaharchalar ham shahar joylar qatoriga kiritiladi. Ular sanoat rivojlanayotgan, yangi hududlar o`zlashtirilayotgan yerlarda vujudga keladi. Iskandar, Kegayli, Ulug`bek, G`ozg`on, Zomin shaharchalari shular jumlasidandir. Bunday shaharchalarning ko`pchiligi hali yangi, ularning aholisi qandaydir bir tarmoqda hizmat qiladi (neftchilar shaharchasi, shaxtyorlar shaharchasi). Shahar turidagi shaharchalar dunyoning barcha mamlakatlarida ham uchrayvermaydi, borlarida esa aholisi va aholining ijtimoiy tarkibiga turlicha me`yor belgilanadi. O`zbekistondagi shaharchalarning har birida 3 mingdan 20 minggacha aholi yashaydi. Download 51.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling