Qarshi davlat universiteti kimyo biologiya fakulteti botanika, zoologiya kafedrasi


-mavzu. Hayvonlarning biosferada tarqalishi va yashash muhitlari


Download 36.24 Kb.
bet5/11
Sana01.01.2023
Hajmi36.24 Kb.
#1074173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Биогеография фан дастури 2022

18-mavzu. Hayvonlarning biosferada tarqalishi va yashash muhitlari.
Biosferaning muhim tarkibiy qismi sifatida hayvonot dunyosining biosferadagi o`rni va yashash muhitlarini har tomonlama o`rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Inson modda va energiya almashinuvi jarayonida hayvonot dunyosi bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo`ladi. Biosferaning har bir komponentini va ular orasidagi munosabatlarning mohiyatini tushunish kelajakda ekologik barqarorlikni ta`minlashda va Biosferaning yillik maxsuldorligi, biomassasi va uning yer yuzida taqsimlanishini ilmiy asosda o`rganish oziq-ovqat tanqisligi kabi dolzarb muammolarni ilmiy asosda hal etish imkonini beradi.


19-mavzu. Chuchuk suv havzalarida, quruqlikda hayvonlarning tarqalishi va yashash sharoitlari
Hayvonlarning biosferada tarqalishi va uning muhit sharoitlari bilan bog‘liqligi. Biosferaning yillik mahsuldorligi, biomassasi, biomassaning taqsimlanishi va unda hayvonot dunyosining hissasi. Dengiz va okeanlarda.Chuchuk suv havzalarida, quruqlikda hayvonlarning tarqalishi va yashash sharoitlari.Quruqlikning tropik, mo‘tadil va qutb mintaqalarida hayvonlarning yashash sharoitlarining o‘ziga xosligi.


20-mavzu. Cho‘llarda hayvonlarining tarqalishi va yashash sharoitlari .
Cho`llar turli yo`nalishdagi ilmiy tadqiqotlar, jumladan organizmlarning noqulay iqlim sharoitlariga nisbatan moslanishini, morfo-fiziologik o`zgarishlarni, faunaning shakllanish jarayonlarini, turlar ekologiyasini, ularni muhofaza qilish va oqilona foydalanish masalalarini o`rganish uchun tajriba maydoni bo`lib xizmat qiladi.


21-mavzu. Cho`lda yashovchi turli sistematik guruhlarga mansub hayvonlar o`zlarining tashqi tuzilishi.
Xatti-harakati va boshqa ekologik belgilari bilan bir-biriga juda o`xshash bo`ladi. Kemiruvchilar turli avlod va oilalarga tegishli bo`lishlaridan qat`i nazar, deyarli bir xil ko`rinishga va o`xshash hayot kechirish tarziga ega. Suv va oziqaning tanqisligi hatto issiqqonli hayvonlarning nafaqat qishda, balki yozning issiq oylarida ham uyquga ketishiga sabab bo`ladi. Hayvonlar organizmidagi bu kabi moslanishlar ularning tashqi morfologik belgilarida (jun, pat va par qoplami), fiziologiyasida (yog` qatlami, metobolitik suv hosil qilish) va xatti-harakatida (qishki va yozgi uyquga kirish, issiq va sovuqdan himoyalanishda boshpana tanlash va hokazo) yaqqol namoyon bo`ladi.

Download 36.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling