26-mavzu. O‘zbekistonning hayvonot dunyosiga umumiy tavsif.
O`zbekistonning havonot dunyosi ham o`zining betakrorligi va ahamiyati bilan ajralib turadi. Har bir tirik organizm, jumladan hayvon turlari tabiatning tarixan betakror va genetik jihatdan yagona bo`lgan bo`lagidir. Shu bilan bir qatorda, har bir hududning hayvonot dunyosi tabiiy resurs sifatida uning moddiy va ma`naviy boyligi hamdir.
27-mavzu. O‘zbekiston faunasi va uning muhofazalanishi
O‘zbekistonning bioxilma-xilligi. O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlab qolish bo‘yicha Milliy strategiya va Harakatlar rejasi. O‘zbekiston faunasi va uning muhofazalanishi. O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan turlar va ularni muhofaza qilish chora-tadbirlari.
28-mavzu. Avstraliya zoogeografik oblasti
Avstraliya zoogeografik oblastining geografik o‘rni va tabiiy sharoiti. Faunasiga umumiy tavsif. Avstraliya va papuas (yangi gvineya) hududlarining faunasi. Avstraliya faunasining “yevropalashtirilishi” va uning oqibatlari.
29- mavzu Dunyo okeanining zoogeografik oblastlari
Dunyo okeanini zoogeografik rayonlashtirishning murakkabligi. Pelagial va qirg‘oq mintaqasida hayvonlarning tarqalishi. Dunyo okeani zoogeografik oblastlarining (Arktika, Boreo–Patsifika, Boreo–Atlantika, Tropik–Atlantika, Tropik–Indo–Patsifika, Antarktika) geografik o‘rni, tabiiy sharoiti va faunasi. Hayvonot dunyosiga antropogen omillarning ta’siri, uning oqibatlari va muhofaza qilish masalalari.
30- mavzu.Dunyo okeanini zoogeografik jihatdan o‘rganishning ahamiyati
Dunyo okeanining zoogeografik rayonlashtirilishi va zoogeografik oblastlarning faunistik tarkibi dunyo okeanining hayvonlar yashash muhiti sifatidagi o`rnini o`rganish. Dunyo okeani yashash muhiti sifatida o`zining qator ekologik xususiyatlari (bosim, yorug`lik, suv tarkibidagi kislorod va tuz, harorat, oqim va boshq.) bilan boshqa yashash muhitlardan tubdan ajralib turadi. Ayniqsa harorat dengiz va okean hayvonlarining tarqalishida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu asosda turli okeanlarda turlicha faunistik majmualar shakllangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |