Qarshi davlat universiteti kimyo biologiya fakulteti botanika, zoologiya kafedrasi


-mavzu. Quruqlikning o’simlik zonalari. Tropik zona o’simliklari


Download 36.24 Kb.
bet2/11
Sana01.01.2023
Hajmi36.24 Kb.
#1074173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Биогеография фан дастури 2022

3-mavzu. Quruqlikning o’simlik zonalari. Tropik zona o’simliklari
O’simlik turlarining iqlim zonalariga bo’linish sabablari. Tropik zona, uning iqlim sharoitlari. O’simliklari olami. Lianalar, Liana holida o’suvchi o’simliklar. Epifitlar, tropik mintaqa o’rmonlarida o’sadigan epifit va epifil o’simliklar. Kaulifloriya xodisasi, kaulifloriya xolatida o’suvchi o’simliklar. Nam tropik o’rmonlar yoki gileyalar. Namtropik o’rmonlarda o’suvchi o’simliklar. Nam toropik o’rmonlar va inson. Qishda yashil o’rmonlar va butazorlar, musson o’rmonlari. Mangra butazorlari yoki nam tropik butazorlar. Savannalar kichik zonalari. Afrika savannalari, Osiyo, Avstraliya, Janubiy Amerika savannalari. Subtropik zona. Uning iqlim sharoitlari. O’simliklari olami.


4-mavzu. Subtropik zona o’simliklari
Subtropik zonada tarqalgan o’simliklar tuzilishidagi tropik zona o’simliklar tuzilishidan farqli tomonlari. Nam subtropiklar. O’rta dengiz atrofidagi dag’al bargli butazorlar. Quruq subtropiklar.


5-mavzu. Cho’l va chala-cho’l zonasi o’simliklari
Chala-cho’l oraliq zonasi. Cho’l zonasi. Tropik, subtropik va mo’’tadil iqlimli cho’llar. Cho’l zonasining egallagan maydonlari. Iqlim sharoitlari. O’simliklari dunyosidagi noqulay sharoitga moslanishlar. O’rta Osiyo cho’llari. Janubiy va Shimoliy cho’llar. Ularning bir-biridan farqli tomonlari. Turli xil tuproq sharoitida tarqalgan o’simliklari. Endem va keng tarqalgan o’simlik turlari.


6-mavzu. Dasht va o’rmon-dasht zonasi o’simliklari
Dasht zonasi. Bu zona tarqalgan maydonlar. Iqlim sharoitlari, tarqalgan o’simliklari. Dashtlarda mavsumiylik. Dashtlardagi o’simliklarning noqulay sharoitga moslanishlari. Shimoliy Amerika preriyalari, Janubiy Amerika pampalari, Avstraliya va Afrika dashtlari. Bu yerlarda tarqalgan o’simlik turlari.
O’rmon-dasht zonasi, ushbu zona egallagan territoriyalar, iqlimi, o’simlik turlari.


7-mavzu. O’rmon zonasi o’simliklari
O’rmon zonasi tarqalgan maydonlar. O’rmon zonasining kichik zonalar: ninabargli o’rmonlar, aralash o’rmonlar, bargli o’rmonlar ga bo’linishi. Har bir kichik zonaning o’ziga xos va farqli xususiyatlari. Bu kichik zonalarda keng tarqalgan o’simlik turlari. O’rmondagi yaruslarni tashkil qiluvchi o’simliklar. Bu zonaning endemik va keng tarqalgan o’simliklari.



Download 36.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling