22-mavzu. Cho‘llar – hayvonlarning yashash muhiti sifatida
Cho‘l mintaqasining ekologik - geografik tavsifi.Cho‘llar – hayvonlarning yashash muhiti sifatida.Cho‘l mintaqasi faunasining tarkibi. O‘rta-Osiyo cho‘llari faunasiga umumiy tavsif. Cho‘l tiplari (qumli, toshloq, sho‘rxok, gilli) va ularning faunistik tarkibini o‘ziga xosligi. Antropogen omillarning cho‘l mintaqasi hayvonot dunyosiga ta’siri va uning oqibatlari.
23-mavzu. Fauna haqidagi ta’limot asoslari
Zoogeografiyada fauna tushunchasi. Fauna tarkibi. Faunaning avtoxton va alloxton elementlari. Endemizm, progressiv (noendemik) va relikt (paleoendemik) endemiklar. Fauna yoshi va genezisi. Fauna tarkibida tur sonining ko‘pligi yoki kamligi va uni belgilovchi ekologik omillar. Orol va materik faunalarining qiyosiy taxlili. Faunaga antropogen omillarning ta’siri.
24-mavzu. Areal haqidagi ta’limot asoslari
Zoogeografiyada areal tushunchasi. Areal xaritasini tuzish uslublari. Tur arealini o‘rganishning ahamiyati. O‘troq va migrant turlarning areallarini aniqlash masalalari. Areallarning ko‘lami va shakli hamda ularni belgilovchi omillar. Areal ko‘lamining va arealda hayvonlar tarqalishining o‘zgarish sabablari. Kosmopolit turlar. Villis nazariyasi yoki “ vaqt va makon” qoidasi. Areal tiplari va ularga xos xususiyatlar. Yaxlit, dog‘li va uzilgan areallar. Yaxlit areal tipining turlari: sirkumpoyar, sirkumboreal, lentasimon, hamkor yoki qo‘shilgan areallar. Dizyunksiya hodisasi. Arealda hayvonlarning tarqalishi. Areal chegaralarini belgilovchi abiotik va biotik omillar. Hayvonlarning inson tomonidan ongli va ongsiz tarqatilishi. Hayvonlarning tarqalishiga g‘ov bo‘luvchi fizikaviy va ekologik to‘siqlar. Hayvonlarning passiv tarqalishi. Foreziya, antropoxoriya hodisalari.
25-mavzu. Zoogeografik oblastlar
Zoogeografik rayonlashtirishda geografik-genetik geterogenlilik va zonallilik prinsiplari. Yer yuzini zoogeografik rayonlashtirishning ahamiyati. Zoogeografik kategoriyalar. Zoogeografik (faunistik) oblastlar. Quruqlikni zoogeografik rayonlashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar. F.Skleter va F.Darlingtonning faunistik oblastlar tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |