13-mavzu. Paleotropik floristik viloyati
Paleotropik floristik viloyatning kichik viloyatlarga bo’linishi. Afrika, Madagaskar, Xind-Malayziya, Yangi Zelandiya kichik viloyatlari. Hududi va chegarasi. Turlari soni. Endem o’simliklari. Xarakterli turkum, oilalari.
14-mavzu. Avstraliya floristik viloyati
Avstraliya floristik viloyati. Hududi, chegarasi, turlari soni, endem o’simliklari. Xarakterli turkum va oilalari. Boshqa floristik viloyatlar bilan qarindoshlik darajasi.
15-mavzu. Kap va Antarktik floristik viloyatlari
Kap floristik viloyati. Hududi, chegarasi, turlari soni, endem o’simliklari. Xarakterli turkum va oilalari. Boshqa floristik viloyatlar bilan qarindoshlik darajasi. Antarktik floristik viloyati. Hududi, chegarasi, turlari soni, endem o’simliklari. Xarakterli turkum va oilalari. Boshqa floristik viloyatlar bilan qarindoshlik darajasi.
16-mavzu. Zoogeografiya faniga kirish .
Zoogeografiyaning asosiy o`rganish ob`ekti fauna hisoblanadi. Bundan tashqari ushbu fan hayvonlarning areallarini ham o`rganadi. Fauna va arealga oid tadqiqotlar zoogeografiyaning biologik fanlar tizimi, ayniqsa zoologiya bilan uzviy aloqada rivojlanishiga sabab bo`ladi. Zoogeografiyaning maqsadi faunaning tabiiy va antropogen omillar ta`sirida o`zgarishining barcha sabablari hamda yo`nalishlarini o`rganishdan iborat. Shunga bog`liq holda zoogeografiya o`z oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi: muayyan turlarning populyatsiyalari tomonidan egallangan areallarni – yer sharining zoogeografik oblastlarini o`rganish; hayvonlarning geografik tarqalish xususiyatlarini belgilovchi sabablarni aniqlash; tabiiy va antropogen omillar ta`siri ostida faunaning shakllanish qonuniyatlarini o`rganish
17-mavzu. Zoogeografiyaning rivojlanish bosqichlari va asosiy zoogeografik tadqiqotlarning tavsifi
Zoogeografiyaning asosiy bo‘limlari (registratsion, solishtirma, kauzal) va yo‘nalishlari haqida tushuncha. Zoogeografiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi va ahamiyati. Zoogeografiyaning rivojlanish bosqichlari va asosiy zoogeografik tadqiqotlarning tavsifi.
Do'stlaringiz bilan baham: |