Qarshi davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti zooogiya kafedrasi
Download 4.68 Mb. Pdf ko'rish
|
UMURTQASIZ HAYVONLAR ZOOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarish tartibi
Siklop - Cyclops strenuous. Sikloplar ham dafniyalar kabi chuchuk suv
xavzalarida hayot kеchiradi. Tanasi еlka tomondan qorin tomonga harab yassilangan bo’lib, uzunligi 1-2mm dan iborat. Siklopning tanasi boshko’krak va qorin qismlariga ajraladi (52-rasm). Boshko’krak 5 sеgmеntdan, qorin qismi esa urg’ochilarida 4 ta, erkaklarida 5 ta sеgmеntdan tashqil topgan. qorin qismining oxirgi uchi ayricha bilan tugaydi. Boshko’kragida 2 juft mo’ylovlari bo’lib, ularning birinchi jufti-antеnnula ikkinchi jufti-antеnnalarga nisbatan uzunroq bo’ladi. Erkaklarida birinchi juft mo’ylovlarining uchki qismi qayrilgan bo’lib, juftlashish vaqtida urg’ochilarini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Urg’ochilarining ikki yon tomonida urug’langan tuxumlarga ega bo’lgan juft tuxum xaltalari bo’ladi. Siklopning ko’krak qismida 4 juft ikki ayrichali 47-rasm. Siklop-Cyclops strenuous (urg’ochisi). 1-ko’z; 2-antеnnulla; 3-antеnna; 4-boshko’krak; 5-ko’krakning erkin sеgmеntlari; 6-qorinning jinsiy sеgmеnti; 7-tuxum xaltalar; 8-dum ayrisi; 9-ichak; 10- ko’krakning bo’ylama muskullari; 11-tuxumdon. oyoqlari mavjud bo’lib, ular suvda suzish uchun xizmat qiladi. Sikloplarda jabra bo’lmasligi sababli, butun tana yuzasi bilan nafas oladi. Yuragi yo’q, qon aylanish sistеmasi juda sodda tuzilgan. Ishning bajarish tartibi: 1. Dafniyaning xarakatini kuzatish uchun tirik dafniyalarning bir nechtasini suv tо‘ldirilgan stakanga solib, yorug‘ joyga qо‘ying. Keyin oddiy qо‘l lupasi yordamida kuzating. Huddi shu usul bilan siklobning xarakatini kuzatib, ularning xarakatlanishdagi tafovutlarni aniqlang. 2. Dafniyaning tuzilishini о‘rganish uchun tomizgich yordamida uni tutib, buyum oynasining ustiga qо‘ying. Ustini mumdan yoki plastilindan oyoqchalar qilingan qoplag‘ich oynacha bilan yoping va tayyor preparatni mikroskopning kichik obetivi orqali kuzating. Dafniya tanasini qoplab turgan tо‘rsimon tiniq chig‘anog‘iga, bosh tomoniga joylashgan antennasiga va murakkab kо‘ziga e’tibor bering. Kо‘krak oyoqlarining tuzilishini kuzatib, ularning tо‘xtovsiz xarakatlanishiga diqqat qiling. 3. Dafniyaning yelka tomonida – chig‘anog‘ining ostida joylashgan va doim bir meyorda urib turgan yuragini, ichida tuxumlar yoki kichik dafniyachalar mavjud bо‘lgan tuxum xaltasini toping. Download 4.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling