Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy


Download 290 Kb.
bet24/50
Sana09.01.2022
Hajmi290 Kb.
#265009
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
Qarshi davlat universiteti kimyo kafedrasi kolloid kimy

ADSORBTSIYA HODISASI.

SUYUQLIKLAR SIRTIDAGI ADSORBTSIYA
Ma‘ruza rejasi.

1.1 Sirt energiya.

1.2. Sirtga yutilish turlari.

1.3. Suyuqliklar sirtidagi adsorbtsiya.

1.4. Gibbs tenglamasi.
1.1 SIRT ENERGIYA.

Har kanday suyuqlik sirt tarangligiga ega. Suyuqliklarda sirt taranglik kuchining kelib chiqishiga sabab shuki, suyuqlikning sirt qavatidagi molekulalarni uning ichki qavatidagi va yon tomonlaridagi molekulalar tortib turishi natijasida suyuqlikning sirt qavati uning ichki qavatlariga qaraganda ortiqcha erkin energiya zapasiga ega bo’­ladi. Sirt qavatidagi ortiqcha erkin energiya miqdorini hisoblash uchun:

A = Ơ · S

formuladan foydalaniladi; bu formulada Ơ - suyuqlikning sirt tarangligi, ya‘ni sirtni 1 m2 kattalashtirish uchun sarf qilinadigan ish miqdoriga teng erkin energiya: S -suyuqlik sirti. Yuqoridagi formuladan ko’rinib turibdiki, fazalar chegarasidagi sirt qanchalik katta bo’lsa, shu fazalar chegarasida erkin energiya zapasi shunchalik katta bo’ladi. Demak, barcha dispers sistemalarda, ayniqsa, kolloid eritmalarda disperi faza zarrachalari sirtida erkin energiya zapasi katta bo’lishi kerak. Sirt energiya o’z tabiati jihatidan potentsial energiya bo’lganligi uchun termodinamikaning ikkinchi qonuniga muvofiq har qan­day jism o’zinig sirt energiyasini kamaytirishga intiladi; jism sir­tida erkin energiyani kamaytiradigan jarayonlar sodir bo’ladi. Shuning uchun ham kolloid sistemalar termodinamik jihatidan beqaror sistemalardir: ularda doimo dispers faza zarrachalari sirtini kamaytira­digan jarayonlar sodir bo’lib turadi.



Download 290 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling