Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Lug‟at zahirasining boyish usullari
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
Lug‟at zahirasining boyish usullari.
Hozirgi o‘zbek tilining lug‘at tarkibi (leksik boyligi) o‘zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisasidir. Undagi so‘zlarning paydo bo‘lish davri va kelib chiqish manbai ham har xildir. Umuman, har qanday til o‘z lug‘at tarkibi va Grammatik qurulishiga ega bo‘ladi. Lekin xalqlar o‘rtasidagi uzoq, tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham, shubhasiz, o‘z ta‗sirini ko‘rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik va boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o‘tib, o‘zlashib ketadi. Bunday o‘zaro ta‗sir etish ayniqsa leksikada kuchli bo‘ladi. O‘zbek xalqi ham o‘z tarixining turli davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, madaniy, siyosiy aloqada bo‘lgan va bu xalqlarning tili o‘zbek tiliga ma‗lum darajada o‘z ta‗sirini qoldirgan xususan, boshqa tillardan o‘zbek tiliga ko‘plab so‘zlar o‘zlashganini shu ta‗sir bilan izohlash mumkin. Natijada o‘zbek tili lug‘at tarkibi dastlabki tilning o‘ziga xos leksik qatlam bilan birga o‘zlashgan leksik qatlam ham yuzaga kelgan. O‘zqatlam. O‘zqatlamga har bir tilning o‘ziniki bo‘lgan, shuningdek, turkey tillar uchun umumiy so‘zlar kiradi. O‘zbek tili lug‘at sostavida turkey tillar uchun umumiy (bo‘lgan so‘zlar anchagina qismni tashkil etadi. Bunday so‘zlar deyarli barcha so‘z turkumida bor: otlar: tosh, tog, yer, bosh, sonlar: bir, ikki, uch, to‘rt - olmoshllr: men, sen, u. O‘zbek tilining bevosita o‘ziniki bo‘lgan asosiy leksik qismini shu tilning taraqqiyotida uning ichki imkoniyatlari, o‘ziga xos qonun - 38 qoidalari asosida hosil etilgan yasama so‘zlar tashkil etadi. Bunda uch xolat kuzatiladi. 1. Asli o‘zbekcha so‘zlardan shu tilga oid qo‘shimchalar yordamida yasalgan so‘zlar: qatnashchi, terimchi, ogmachi, qotishma. 2. O‘zlashma so‘zlardan o‘zbek tili vositalari yordamida xosil qiligan so‘zlar: a) tojikcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: jangchi, mardlik, sabza votchilik, pulsiz; b) arabcha so‘zlardan yasalgan so‘zlar: raxbarlik, qimmatli, nomusli; v) ruscha - baynalmilal so‘zlardan yasalgan so‘zlar: sportchi, shofyorlik, betonlik ; 3. Boshqa tillardan o‘tgan yasovchi vositalar yordamida o‘z va o‘zlashma so‘zlardan hosil qilingan so‘zlar: tilshunos, madadkor, mexnatkash, ga-zetxon, ilmiy. Demak, yasama so‘z komponentlari, yoki komponentlaridan biri asli o‘ziga tilga oid bo‘lsada, lekin yasalma (yasama so‘z) shu tilning o‘zida yaratilgan bo‘lsa, bu so‘z o‘z qatlamga xos so‘z hisoblanadi. O‘zlashgan qatlam. O‘zbek tili o‘tmishida qardosh bo‘lmagan juda ko‘p tillar bilan o‘zaro alokada bo‘ldi va bu tillardan o‘zbek tiliga ma‗lum miqdorda so‘zlar o‘zlashdi. Bu jarayonda o‘zbek tiliga ayniqsa fors -, tojik, arab va rus bugungi kunda ingliz tillari barakali ta‗sir etadi: Tojikcha so‘zlar: Osmon, oftob, baxor, shirin, agar, balki, jona-jon.... Arabcha so‘zlar: kitob, maktab, paxta, xalq., maorif, nutq., savol kabi. Ruscha - baynalminal so‘zlar: traktor, kino, televizor, radio, akatsiya... So‘z o‘zlashtirish asosan ikki xil; usul bilan amalga oshadi: a) so‘z aynan olinadi: mashinka, avtobus, b) kalkalab olinadi. Kalkalab o‘zlashtirishda so‘zning o‘zi emas, balki uning manosi uzlashtiriladi: qatnashchi - uchastnik, darslik - uchebnik. Tulik kalka - veteran - faxriy, pensiya — nafaka, pensioner - nafakaxur. Yarim kalka - sportchi - sportsmen, sinfdosh - odnoklasnik. II. Tilning taraqiyoti jarayonida uning barcha soxalarida ma‗lum uzgarishlar yuz beradi. Bunday uzgarish ayniqsa uning leksikasi uchun juda xarakterlidir. Bunda, birinchidan, tildagi ayrim so‘zlarning eskirishi, iste‗moldan chiqib ketishi kuzatilsa, ikkinchidan, tilda yangi suzlarning paydo bulishi kuzatiladi. Bu ikkala xodisa xam ma‗lum ob‗ektiv sabablar asosida ro‘y beradi. Xozirgi adabiy til nuqtai nazaridan eskirgan so‘zlarning jami eski qatlam. yangi so‘zlarning jami yangi qatlam deyiladi. Demak, tarixiylik nuqtai nazaridan o‘zbek tili leksikasi uch asosiy qatlamga bulinadi: Zamonaviy qatlam. Bunga umumiste‗oldagi leksika yoki faol leksika kiradi: non, choy, xavo, inson. 39 Eski katlam. Bu katlam tarixiy so‘zlarga (istorizmlarga) arxiaizmlarga bo‘linadi. Ko‘l. jarchi, paranji - istorizmlar. Ulus (xalq),tilmoch (tarjimon) - arxaizm. Yangi qatlam. Tilda yangi paydo bulga i va yangilik belgisi sezilib turadigan so‘zlar yangi leksik katlamni tashkil etadi. Bunday so‘zlar neologizmlar deb xam yuritiladi: faks, aktsiya, fermer. III. Ilm - fan, texnika, kishloq. Xo‘jaligi va boshqa soxalarga oid tushunchalarning aniq, atamasi bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasi termin deyiladi. Xar bir fan, kasb - xunar o‘z terminlariga ega. Bunday maxsus leksika terminologiya deb ham yuritiladi. Terminlar yuqorida aytilgandek, kasb - hunarga, ilm - fanga doir tushunchalarni ifodalaydi. Mana shunga kura terminlar - ilmiy terminlar va professional terminlarga ajratiladi. IV. Frazeologiya tilshunoslikning frazeologik birikmalarini o‘rganuvchi sohasidir. Frazeologiya termini tilshunoslikda ikki ma‗noda ko‘llaniladi: 1) tildagi frazeologik birliklarning jami ma‗nosida va 2) shunday birliklarni o‘rganuvchi soxa (fan) ma‗nosida. Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib toptan va yaxlit bir ma‗no ifodalaydigan til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi: og‘zi qulogida - xursand, tepa sochi tikka bulmoq. -jaxillanmoq. kabi. Tilning lugat boyligi leksika va frazeologiyadan iboratdir. So‘z xam, frazelogizm xam lugaviy birlik xisoblanadi. Frazeologizmlar birdan ortiq so‘zdan tashkil topishi bilan so‘z birikmasi yoki gap tipida bo‘lsada, lekin ular nutq birligi bo‘lgan bu birlikdan tamoman farqlanadi va lug‘aviy birlik sifatida ko‘p jixatdan so‘zlarga yaqin turadi, so‘zlarga xos bo‘lgan juda ko‘p xususiyatlar frazeologizmlarga ham xosdir. Frazeologizmlar so‘z 'birikmasi yoki gaplar kabi nutq jarayonida hosil bo‘lmaydi, balki ular, xuddi so‘zlar kabi, tilda tayyor xolda bo‘ladi. Demak, frazeologizmlar nutq xodisasi emas, balki til hodisasi hisoblanadi. Tilning frazeologik sostavini frazeologizmlar yoki frazeologik birliklar tashkil etadi. Frazeologiya ko‘pincha leksikologiyaning bir bo‘limi sifatida qaraladi. Chunki frazeologizmlar tildagi so‘zlarning ekvivalentlari xisoblanib, leksikologiya esa tilning lug‘at sostavini tashkil qiluvchi so‘zlar va ularning ekvivalentlarini o‘rganuvchi distiplina deb ataladi. Keyingi yillarda frazeologiya tilning aloxida distiplinasi yoki mustaqil tip bosqichi deb ham talqin qilinmoqda. Tilning frazeologik sostavi juda keng ma‘noga vastipistikbo‘yoqlarga ega. Frazeologizmlar bilan so‘zlarni butunlay ekvivalent sifatida qarash yaramaydi. Chunki frazioligizmlar doim ham so‘zlarning o‘rnini bosa olmaydi. Frazeologizmlar hamda 40 so‘zlarning strukturasi va ma‘nolarida juda ko‘p farqlanib, alomatlari mavjud bo‘lib, ularning morfologik va sintaktik funksiyalari ham turlichadir. Tarkibiga ko‘ra so‘zlar yaxlit xolda frazeologizmlar esa aloxida xolda gap va so‘z birikmalari kabi xosil bo‘ladi. Bu xususiyatlar ularning talaffuzi va yozilishida ham o‘z aksini topgan. Frazeologizmlarning ma‘nolari kontekstda nutq studiyasida kengroq ochiladi, biroq ular alohida xolda ham ma‘lum nominative ma‘noni ifodalashi mumkin. Frazeologizmlarni ilmiy tatqiq qilishda tilshunoslikda keng tarqalgan distributive metoddan foydalanish mumkin. Fraziologizmlarning nutqda ishlatilish xususiyatlarini distributive metod yordamida o‘rganish orqali ularning structural semantik belgilarini chuqurroq anglatiladi. Undan tashqari fraziologizmlarni o‘rganishda ularning semantik va structural belgilarni tilning mazmun plani bilan uning ifoda plani munosabati borasida qaramoq zarur. Fraziologizmlarning sostavini tekshirishda uning komponentlari o‘rtasidagi birikish turlarini, birikuvchi so‘zlarning tabiatini valentlik metodi asosida qaramoq zarur. Frazeologizmlarning strukturasi va ma‘nolarini bir-biriga qarama-qarshiqo‘yish oppozitsiya aniqliklarga olib keladi. Frazeologizmlarning grammatik tomonlarini xisobga olish zarur. Chunki frazeologizmlarning komponentlari o‘rtasidagi sintaktik aloqalar, ularga qo‘shiluvchi affiks muxum rol o‘ynaydi. Frazeologizmlarning semantic xususiyatlarini o‘rganish orqali ularda frazeologik anatomiya, frazeologik polisemiya, frazeologik omonimiya, frazeologik omonimiya va paronimiya hodisalari birligi aniqlangan Frazeologizmlarning paradigmatic va sintagmatik xususiyatlari ularda Grammatik va leksik-semantik xususiyatlari ularda Grammatik va leksik-semantik vositalar keng qo‘llanilishini ko‘rsatadi.Frazeologizmlarning variantlanishi ularning komponentlari almashtirilishi, qo‘shilishi, tushurib qoldirilishi va transformatsiya qilishga bog‘liq. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling