Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‟z iboralar
- Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim
Qo‟shimcha adabiyotlar.
1. A.P.Hojiyev. ―Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati‖. Toshkent 1984. 2. В.Н. Кодухов. ―Введение в языкознание‖ M. 1987. 3. В.М.Солнцев. ―Язык как системно-стурукное образование‖, М. 1972. 4. N. Nematov., O.Bozorov. ―Til va nutq‖. Toshkent. ―O‘qituvchi‖ 1993. 5. Raxmatullaev Sh. O‘zbek tili frazeologiyasi masalalari. T., 1979. 6. Rasulov R., Ne‘matov X. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi. T., 1995. 7. Safarova R. Semantik munosabat turlari. T.,1996. 4-mavu. Grammatika Reja: 1. Grammatika fan sifatida. 2. Morfologiya. Morfema va uning turlari. 3. Tilning grammatik usullari: affiksatsiya; agglyutinatsiya va fuziya… . 4. So‘zning morfologik va etimologik tarkibi. 5. Tillarning sintetik va analitik qurilishi. 6. Grammatik kategoriyalar. 7. So‘z turkumlari. Tayanch so‟z iboralar Tarixiy, falsafiy, umumiy, qiyosiy, tasviriy, transformatsion grammatika, affiksatsiya, intonatsiya, kategoriya, leksik ma‘no, grammatik ma‘no, melodika, takror, ichki fliksiya, supplitivizm. Ilg‘or pedogogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari inter faol metodlardan dars jarayonida keng foydalaniladi. Jumladan ―Bilaman. Bilishni hohlayman. Bilib oldim‖ metodi talabalarda muayyan mavzular bo‘yicha bilimlar darajasini baholay olish imkonini beradi. Bunda talabalar bilan guruhli va ommaviy ishlash mumkin Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim 43 U uch bosqichda amalga oshiriladi, ya‘ni: 1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi. 3. O‘quvchilar mavzuga oid ma‘lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar. ―Zig-zag‖ metodi(ham yuqoridagidek) 1. O‘quvchilarda jamoa (yoki guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; 2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. Shuningdek ―Zakovatli zukko‖, ―Qarama-qarshi munosabat‖, ―Vediotopishmoq‖, ―Yumaloqlangan qor uyumi‖, ―Qora quti‖, ―Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, …) ortiqcha‖, ―Klaster‖ kabi metodlar tavsiya etiladi. Grammatika tilshunoslik fanining bir qimsi bo‘lib, tilning grammatik qurilishini o‘rganadigan fandir.Tilning grammatik qurilishi o‘z katеgoriyalari va birliklariga ega, ya'ni so‘z formalari, so‘z birliklari va gaplardir. Grammatika ikki qismdan iborat:morfologiya va sintaksis. Morfologiya so‘z turkumlarini, sintaksis esa nutqning grammatik tuzilishi ya'ni, so‘z birikmasi, gap va undan yirik bo‘lgan birliklarni o‘z ichiga oladi. Grammatikaning turlari qo‘yidagilar: 1. Tarixiy grammatika 2. Falsafiy grammatika 3. Umumiy (univеrsal) grammatika 4. Qiyosiy grammatika 5. Tasviriy (dеskriptiv) grammatika 6. Transformatsion grammatika Tarixiy grammatika biron bir tilning grammatik qurilishida ro‘y bеrgan o‘zgarishlar taraqqiyotini o‘rganadi. Har bir tilning tarixiy grammatikasi bor ingliz, nеmis, o‘zbеk, rus. Falsafiy grammatika. Grammatik katеgoriyalar logik katеgoriyalar bilan uzviy bog‘liq (so‘z va tushuncha, gap va hukm). Falsafiy grammatikaning asosiy vazifasi til va tafakkur, hamda logik va grammatik katеgoriyalarning aloqaqonuniyatlarini o‘rganadi. Daniyalik inglizshunos olim Otto Еspеrsin falsafiy grammatika to‘g‘risida «Til falsafasi» asarini yozgan. Umumiy grammatika hamma tillarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat va qonuniyatlarni bеlgilaydi. Qiyosiygrammatika tillarning grammatik sistеmasini bir-biri bilan taqqoslab, qiyoslab, ularga xos bo‘lgan umumiy va xususiy bеlgilarni 44 o‘rganadi.Qiyosiygrammatika o‘z navbatida a) qiyosiy-tarixiy va b) tipologik-qiyosiy grammatikaga bo‘linadi. A) Qiyosiy-tarixiy grammatika qardosh tillarning grammatik qurilishini tarixiy- qiyosiy mеtod yordamida taqqoslab, o‘tmishda bir nеcha tillar uchun umumiy bo‘lgan lingvistik elеmеntlarni, ular o‘rtasidagi umumiy jihatlar va noo‘xshash tomonlarini aniqlaydi. Qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning vakillaridan biri Rasmus Rask (1787-1832) «Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi» (1814) asari. 1819-1837 yillarda Ya.Grimm ―Nеmis tili grammatikasi‖ asarida nеmis va boshqa german tillarning fonetikasi va grammatikasini qiyosiy-tarixiy mеtod yordamida o‘rgandi. F.Bopp qadimgi hind-yеvropa tillarida fе'llarning tuslanishini taqqoslab o‘rganib tilshunoslikda ―agglyutinatsiya‖ nazariyasini yaratdi. Tipologik-qiyosiy grammatika turli sistemaga mansub bo‘lgan tillarning grammatik kategoriyalar va grammatik ma‘nolarni ifodaydigan vositalarini taqqoslab o‘rganadi. 5. Tasviriy deskriptiv grammatika biror konkret til grammatik qurilishining sinxron (hozirgi) holatini o‘rganadi. Deskriptiv grammatika til birliklarini bir-biriga nisbatan joylanish tartibini va munosabatini o‘rganadigan formal grammatikadir. Deskriptiv tilshunoslikning ish programmasi amerika olimlari L.Blumfildning ―Til‖ asarida, uning prinsiplari va tilni analiz qilish metodlari Z.Xarrisning ―Sturuktural tilshunoslikning metodlari‖ (1951 y) asarida bayon etilgan. Transformatsion grammatika amerika sturukturalistlari tomonidan XX asrning 50 yillarida yaratildi. Transformatsion grammatikaning asosiy vazifasi har bir konkret tilda mavjud bo‘lgan yadro gaplarni aniqlashdan iboratdir. Garchi transformatsion grammatikada yadro gaplarni aniqlash, ularni transformalar bilan munosabati bir gapning ikkinchi gapdan hosil bo‘lganligi (transformasi)ni isbotlash kabi masalalar ba‘zi qonun-qoidalarga asoslansada, ammo gapning asosiy elementar modellari (yadrosi)ni aniqlash prosessi ma‘lum darajada sub‘yektivdir. So‘zning leksik va grammatik ma‘nosi. Grammatik ma‘no leksik ma‘noga qo‘shimcha ravishda namoyon bo‘ladi va turli grammatik munosabatlarni ifodalaydi: bir so‘zning ikkinchi so‘zga bo‘lgan munosabatini so‘zni shaxsga, songa, zamonga va hakozolarga bo‘lgan aloqasini ko‘rsatishadi: uy, bug‘un, nok …, so‘zlarining leksik ma‘nolarni har xil, lekin ularning grammatik ma‘nolari bir xil: ular predmetlik tushunchasini ifoda etib, birlik va bosh kelishik formasidadir. Leksik ma‘no konret, real, grammatik ma‘no obstrakt, formal bo‘ladi. 45 Kelishik qo‘shimchalari, fe‘l zamonlari, sifat darajalari ham grammatik ma‘no anglatadi. Grammatik ma‘no ifoda qiluvchi vositalar. Grammatik ma‘no ifoda qiluvchi vositalar quyidagilardir: affiksatsiya, intonatsiya, metodika, urg‘u, takror, ichki fleksiya, suppletivizm, yordamchi so‘zlar, so‘zlarning analitik formasini yasovchi yordamchi so‘zlar. Affiksatsiya. Grammatik ma‘no anglatuvchi affikslarni 2 turga: a) forma yasovchi affiksal grammatik morfemalar, b) so‘z o‘zgartuvchi affiksal grammatik morfemalar. Intonatsiyao‘z ichiga metodika bilan urg‘uni oladi. Bu vositalar ham tilda grammatik ma‘no ifodalash uchun hizmat qiladi. Metodika ton balandligining o‘zgarishi tushuniladi. Bu ko‘proq xitoy-tibet tillariga xos. Masalan: ma so‘zining melodikasiga qarab, birinchi ton bilan tal.fz, ―ona‖ ma‘nosi ikkinchi ―kanop‖ uchinchi ―chumoli‖ to‘rtinchi ―so‘kinmoq‖. Urg‘uning grammatik ma‘no anglatish funksiyasi uning erkin yoki turg‘un ekanligi bilan uzviy bog‘liqdir. Urg‘usi erkin bo‘lgan tillar bu vositadan ko‘proq foydalanadi. Takror, biror grammatik ma‘noni ifodalash uchun bir so‘zni ikki marta takrorlash bo‘lib bu lingvingtikada reduplikatsiya (ikkilanish, lot) deb yuritiladi. Grammatik vosita sifatida u molay, hind, xitoy kabi tillarda ishlatiladi, molay tilida orand-odam; orand-orand-odamlar, xitoy sin-yulduz; sin-sin-yulduzlar, hind bxay-birodar; brey- bxay-birodarlar. Ikchi fleksiya turli grammatik ma‘nolarni ifodalash uchun so‘z tartibidagi tovushlarning o‘zgarishidir. Bu vosita hind-evropa va ??????tillarida keng qo‘llanadi. Jahren-fuhr, essen-ap, Buch-Bücher, Mutter-Mütter. Suppletivizm bir so‘zning turli grammatik formalarining har xil so‘z o‘zaklaridan yasalishi tushiniladi. So‘zlarning supletivizm formasi hind-yevropa tillarida mavjud. Grammatik ma‘noni bu yo‘l bilan ifodalash asosan kishilik olmoshlariga ba‘zi fe‘l va sifatlarga xosdir. I-te. Ich –mich, uhr-uns, ya-menya, mi-nas. Nemis tilida sein-bin, ist, bist, formalari o‘rtasida hech qanday umumiylik yo‘q, boshqa – boshqa fe‘l o‘zaklaridan yasalgan. (to be). Nemis, ingliz, rus, fransuz tillarida sifat --- formalari xam shu yo‘l bilan yasalgan: gut-besser, xoroshiy-luchshe, ploxat- xuje, viel-mehr. Yordamchi so‘zlar grammatik kategoriyalar ifodalashda qatnashishi yoki qatnashmasligi nuqtai – nazaridan ikki qismga bo‘linadi. 46 a) so‘zlarning analitik formasini yasashda ishtirok etuvchi yordamchi so‘zlar; bularga artikllar, a yordamchi fe‘llar, ba‘zi yordamchi so‘zlar kiradi. b) bu funktsiyani bajarmaydigan yordamchi so‘zlar; bunga bog‘lovchi, ko‘makchi, predlog va ba‘zi yukmalamal kiradi. Artikllar tillarda turli funksiyalarni bajaradi, lekin hamma tillardagi artikllarni bir-biri bilan birlashtirib turgan narsa ularning aniqlik va noaniqlik kategoriyasini yasashda xizmat qilishidir. Yordamchi fe‘llar ko‘pchilik tillarda uchraydi. Rus tili 1ta, fransuz tili 2 ta, nemis tili 3 ta. b) yordamchi so‘zlardan bog‘lovchilar sintaktik ma‘no ifoda qilish uchun xizmat qilib gap bo‘laklarini, so‘z birikmalarini, qo‘shma gap komponentlarini o‘zaro aloqaga kiritadi. Zidlov (ammo, lekin, biroq). Grammatik ma‘no ifoda qilishning eng ko‘p tarqalgan vositalaridan biri predlog va ko‘makchilardir. Hind-yevropa tillarida predloglar, turkiy, fin-ugor tillarida ko‘makchilar grammatik ma‘no ifoda qilishning asosiy vositalaridandir. Tilshunoslikda grammatik ma‘nolarni ifodalovchi til vositalari ikki katta gruppaga ajratiladi: a) sintetik b) analitik vositalar. Sintetik vositalar affiksatsiya, ichki fleksiya, suppletiv formalar kiradi. Analitik vositalarga yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi orqali grammatika ma‘no anglatish, takror va intonatsiya kiradi. Sintetik va analitik vositalar dunyo tillarida bir xil emas. Sintetik vositali tillarga turkiy tillar oilasiga kiruvchi tillar (o‘zbek, qozoq, tuva, turk, tatar, va boshqalar) fin- ugor tillari ailasiga kiruvchi tillar (venger, uston, fin, ugor va boshqalar), hind-yevropa tillari oilasiga mansub tillardan (rus, nemis va boshqa) yapon va koreys tillari kiradi. Analitik tillarga xitoy-tibet tillari, ba‘zi hind-yevropa tillariga kiruvchi tillar (ingliz, fransuz) kiradi. Grammatik kategoriya Grammatik kategoriya – umumlashgan grammatik ma‘no bo‘lib u tilning qaysi morfologik tipga kirishini ko‘rsatadi ba o‘z ifodasini so‘zlarning o‘zgarishida, gapda so‘zlarning bog‘lanishida topadi. Umumiy GRAMMATIK ma‘noni tashkil etuvchi xususiy ma‘nolar, bir-biriga zid bo‘ladi, bir-birini inkor qiladi va shu bilan birga bir- birini doimo taqozo qiladi. Uy-uylar. (tor-keng) (son kategoriyasi). Shakl Ma‘no -lar ko‘plik ø birlik 47 Grammatik kategoriyalar ifodalanish usuliga ko‘ra uch turga bo‘linadi: 1) sintetik grammatik kategoriyalar 2) analitik grammatik 3) aralash grammatik kategoriyalar. Sintetik –grammatik kategoriyalar affiksal morfemalar ifoda qilinadi, bunda tillardagi son, kelishik, egalik, shaxs-son kategoriyalari rod kategoriyalari kiradi. Analitik grammatik kategoriyalar faqat yordamchi so‘zlar orqali ifoda qilinadi. Aralash grammatik kategoriyalar bir vaqtning o‘zida ham anoglitik, ham sinitaktik vositalar bilan ifodalanadi. Nemis tilidagi zamon munosabati kategoriyasi misol bo‘ladi: Ich sehreibe Ich habe geschrieben Ich hatte geschrieben. Grammatik kategoriyalarning turli tillarda turlicha: nemis tilida – 4, rus, o‘zbek ingliz tilida 3 tadan grammatik kategoriya bor. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling