Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kishilik kategoriyasi
- Zamon kategoriyasi
Tildagi so‟zlar
Tildagi so‘zlarning hammasi ham birlik va ko‘plikda ishlatilavermaydi. Tilshunoslikda faqat birlikda ishlatiladigan otlar singularia tantum, bunga rus tili, muka, voda, ingliz tili, milk, oil, nemis tili, Zeit. Faqat ko‘plik formasida qo‘llanadigan so‘zlar pluralia tantum deb ataladi. Bunga rus tilidagi duxi, slivki, ochki, bryuki, ingliz tilidagi trousers, goods, scissors, nemis tilidagi Ferien. O‘zbek tilida ham birlik, ham ko‘plik forma shim-shimlar. Ko‘plik affiksi lar boshqa ma‘no ifodalash uchun ham xizmat qiladi: dadamlar (hurmat f.), Zulfiyalar (Zulfi va uning yaqin kishilari), gaz suvlar (turlari) kabi. Kishilik kategoriyasi Kishilik kategoriyasi otning boshqa so‘z turkumidagi so‘zlarga munosabatini ko‘rsatadigan kategoriyalardir. Bu kategoriya borliqdagi predmet, narsa, hodisalar orasidagi aloqa, munosabatni belgilaydi. Nutqda kelishiklarning qo‘llanilishi uchun kamida ikki so‘z munosabatga, ya‘ni sintaksis kuchga kiradi. Kelishiklar soni tillarda bir xil emas. Hozirgi zamon ingliz tilida 2 ta, nemis tilida 4 ta, o‘zbek va rus tillarida 6 tadan, eston tilida 15 ta, vengir tilida esa 20 dan ortiq. Xitoy-tibet tillarida va fransuz tilida umuman yo‘q. Zamon kategoriyasi Fe‘lning zamon kategoriyasi ish – harakatning nutq sodir bo‘lish paytiga nisbatan olinadi. Ish harakat nazariy jihatdan 3 davrni: a) gapirilayotgan paytda; b) gapirilayotgan paytdan oldin; c) gapirilayotgan paytdan keyin o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik tillarda zamon grammatik kategoriyasi ana shu uch xususiy ma‘nodan tashkil topgan. Hozirgi zamon fe‘li nutq so‘zlanayotgan vaqtda sodir bo‘lgan ish harakatni anglatadi: Men jurnal o‘qiyapman Ячитаюжурнал I read a magazine Ich lese eine Zeitschrift Bu zamon yana qo‘yidagi ma‘nolarni anglatadi: 50 1. doimiy tuxtovsiz takrorlanib turadigan ish-harakatni: Erzühlendu Prusens Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti 2. ma‘lum vaziyatda kelasi zamon ma‘nosini Ertaga uyga ketyapman. Futur als präsens Завтравылетаюдомой I go home tomorrow Am Morgen fahre ich nach Hause 3. O‘tgan zamon ma‘nosini ifodalashi mumkin. Präsenshistorihum Вчера захожу в институт и встречаю родителей. Savollar 1. Grammatik qanday ma‘nolarda qo‘llaniladi? 2. Morfema nima? Uning turlari xaqida nimalar bilasiz? 3. So‘zning Grammatik ma‘nosi deganda nima tushuniladi? 4. Grammatik ma‘noning leksik ma‘nodan asosiy farqi nimada? Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling