Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
Umumiy tilshunoslik bu –
tilni umuman insonga xos hodisa, insonning ajralmas qismi sifatida oʻrganuvchi boʻlimi. Umumiy tilshunoslikning asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi—xususiyatlarni aniklash va yoritishdir. Bu vazifa ayrim tillar va til guruhlari yuzasidan kuzatishlarni umumlashtirish; til qurilishining , tabiiy va mashina tillari semantikasi va sintaksisining , shuningdek, fonetikaning (faqat tabiiy tillarda) eng umumiy, universal qonuniyatlarini aniqlash orqali hal etiladi. Xususiy tilshunoslik esa oʻz urganish manbaiga koʻra ayrim bir tilga (rusistika), biror tillar guruhi yoki oilasiga (romanistika, turkiyshunoslik), bir mintaqa yoki tipologik guruhga mansub tillarga (bolqonshunoslik, kavkazshunoslik) xos xususiyatlarni oʻrganadi. Umumiy tilshunoslik barcha tillarning umumiy (yoki statistik jihatdan ustun boʻlgan) belgilarini tipologiya yordamida empiric induktiv tarzda; tilning amal qilishidagi umumiy (har qanday jamoaga mansub kishilar uchun ahamiyatli bo‘lgan) qonuniyatlarni oʻrganish orqali deduktiv tarzda ham aniqlab beradi. Umumiy tilshunoslik, shuningdek, tilning sathlarga boʻlinishiga qarab hamda muayyan boʻlimning til belgisi (soʻz) va matn (fikr, gap)ning u yoki bu tomoniga moyilligiga qarab ham tilshunoslik bo‘limlarini ajratib kursatadi ( umumiy fonetika, umumiy morfologiya). 9 Umumiy tilshunoslik fani doirasida tilning tabiati va mohiyati, til va tafakkur, til va nutq, tilning tarkibiy tuzilishi, til tizimini anglash, tilning paydo boʻlishi va rivojlanishi, yozuvning paydo boʻlishi, tillarning morfologik (tipologik) va genealogik tasnifi, tillarni ilmiy oʻrganish metodi, tilda shakl va mazmun kabi muammolar urganiladi. Bulardan til va nutq, tilni tekshirish metodi, tilda shakl va mazmun muammolari "Umumiy tilshunoslik" fani nomi bn, krlgan muammolar esa "Tilshunoslikka kirish" fani nomi bilan bog‘liq. Umumiy tilshunoslikning tarkibiy qismi hisoblangan tilshunoslikka kirishda til haqida boshlang‘ich maʼlumotlar beriladi, tilshunoslikda qoʻllanadigan asosiy ilmiy termin va tushunchalar bilan tanishtiriladi, tilshunoslikning asosiy qismlarini va xususiy tilshunoslikda o‘rganiladigan masalalarni o‘zlashtirish uchun nazariy asos beriladi. Yuqoridagilarga koʻra "Umumiy tilshunoslik" terminini keng va tor maʼnolarda tushunish toʻgʻriroq buladi. Umumiy tilshunoslik tilshunoslikning boshqa ijtimoiy fanlar (mas, adabiyotshunoslik, falsafa, tarix, arxeologiya, etn., psixologiya) hamda tabiiy fanlar, xususan, biologiya va matematika bilan aloqasini ham o‘rganadi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling