Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim
Tayanch so‟z va iboralar
Fonetika, fonema, segment, supersigment, artikulyatsiya, fonologiya, akustik fonetika, ritm, intensivlik, pozitsion o‘zgarishlar, kombinator o‘zgarishlar, dieriza, epenteza, proteza, gaplologiya, metatiza, distributsiya, diskreptiv tilshunoslik. 16 Ilg‘or pedogogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari inter faol metodlardan dars jarayonida keng foydalaniladi. Jumladan ―Bilaman. Bilishni hohlayman. Bilib oldim‖ metodi talabalarda muayyan mavzular bo‘yicha bilimlar darajasini baholay olish imkonini beradi. Bunda talabalar bilan guruhli va ommaviy ishlash mumkin Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim U uch bosqichda amalga oshiriladi, ya‘ni: 1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi. 3. O‘quvchilar mavzuga oid ma‘lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar. ―Zig-zag‖ metodi(ham yuqoridagidek) 1. O‘quvchilarda jamoa (yoki guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; 2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. Shuningdek ―Zakovatli zukko‖, ―Qarama-qarshi munosabat‖, ―Vediotopishmoq‖, ―Yumaloqlangan qor uyumi‖, ―Qora quti‖, ―Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi, …) ortiqcha‖, ―Klaster‖ kabi metodlar tavsiya etiladi. Fonetika grekcha phone-―tovush‖ so‘zidan olingan bo‘lib, u inson nutqini ifoda qilish uchun zarur bo‘lgan tovushlar va tovush vositalari haqidagi sohadir. Fonetika asosan to‘rt tomanlama o‘rganiladi: a) artikulatsion fonetika – nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz qilishdagi harakatini o‘rganadi. b) akustik fonetikada esa tovushlar va tovush vositalari qandaydir fizik tebranishlar natijasi ekanligi o‘rganiladi. v) eshitib his qilish; bunda nutq tovushlari, bug‘un, urg‘u va intonatsiyaning eshituvchi tomonidan anglab his qilish o‘rganiladi. s) fonologiya (sotsial, funksional)da nutq tovushlari va tovushlar vositalarining tildagi so‘zlar, so‘z formalari, frazalar va gaplarni bir-birlaridan farqlash ularning ma‘nosini kengroq ochish uchun xizmat qilishi o‘rganiladi. Fonetika – o‘rganish sohasi va vazifasiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: umumiy va xususiy. Umumiy fonetika barcha tillarga xos bo‘lgan talaffuz xususiyatlarini o‘rganadi. Xususiy fonetika biror konkret tilga xos bo‘lgan talaffuz xususiyatlarini o‘rganadi. 17 Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra ham fonetika 2 ga: nazariy va amaliy (normativ) fonetika Nazariy fonetika biror tilning talaffuz alomatlarini nazariy jihatdan tasnif etadi. Amaliy fonetika bir tilning talaffuziga o‘rgatish maqsadida tuziladi. Nutq tovushlari, bug‘in, urug‘, va intonatsiyadagi artikulatsion – akustik xususiyatlarini alohida apparatlar yordamida o‘rganadigan fonetika ekspremental fonetika deb yuritilgan. Nutq tovushlarining hosil bo‘lishi va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi fonetika sigmental fonetika (sigment-nutq bo‘lish) deyiladi. Nutq tovushlaridan katta birliklar, ya‘ni bo‘g‘un, so‘z va frazalarni o‘rganuvchi fonetika supersigmental fonetika deyiladi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling