Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/88
Sana30.04.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1405861
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88
Bog'liq
Tilshunoslik MAJMUA 2022

Tayanch so‟z va iboralar 
Fonetika, fonema, segment, supersigment, artikulyatsiya, fonologiya, akustik 
fonetika, ritm, intensivlik, pozitsion o‘zgarishlar, kombinator o‘zgarishlar, dieriza, 
epenteza, proteza, gaplologiya, metatiza, distributsiya, diskreptiv tilshunoslik. 


16 
Ilg‘or pedogogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari inter faol metodlardan dars 
jarayonida keng foydalaniladi. Jumladan ―Bilaman. Bilishni hohlayman. Bilib oldim‖ 
metodi talabalarda muayyan mavzular bo‘yicha bilimlar darajasini baholay olish 
imkonini beradi. Bunda talabalar bilan guruhli va ommaviy ishlash mumkin
Bilaman 
Bilishni hohlayman 
Bilib oldim 
U uch bosqichda amalga oshiriladi, ya‘ni: 
1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha 
tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi. 
2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan 
ehtiyojlari o‘rganiladi. 
3. O‘quvchilar mavzuga oid ma‘lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar. 
―Zig-zag‖ metodi(ham yuqoridagidek) 
1. O‘quvchilarda jamoa (yoki guruh) bo‘lib ishlash ko‘nikmasi shakllanadi; 
2. Mavzuni o‘zlashtirishga sarflanadigan vaqt tejaladi. 
Shuningdek 
―Zakovatli 
zukko‖, 
―Qarama-qarshi 
munosabat‖, 
―Vediotopishmoq‖, ―Yumaloqlangan qor uyumi‖, ―Qora quti‖, ―Beshinchisi 
(oltinchisi, yettinchisi, …) ortiqcha‖, ―Klaster‖ kabi metodlar tavsiya etiladi. 
Fonetika grekcha phone-―tovush‖ so‘zidan olingan bo‘lib, u inson nutqini ifoda 
qilish uchun zarur bo‘lgan tovushlar va tovush vositalari haqidagi sohadir. 
Fonetika asosan to‘rt tomanlama o‘rganiladi: 
a) artikulatsion fonetika – nutq organlarining nutq tovushlarini talaffuz 
qilishdagi harakatini o‘rganadi. 
b) akustik fonetikada esa tovushlar va tovush vositalari qandaydir fizik 
tebranishlar natijasi ekanligi o‘rganiladi. 
v) eshitib his qilish; bunda nutq tovushlari, bug‘un, urg‘u va intonatsiyaning 
eshituvchi tomonidan anglab his qilish o‘rganiladi. 
s) fonologiya (sotsial, funksional)da nutq tovushlari va tovushlar vositalarining 
tildagi so‘zlar, so‘z formalari, frazalar va gaplarni bir-birlaridan farqlash 
ularning ma‘nosini kengroq ochish uchun xizmat qilishi o‘rganiladi. 
Fonetika – o‘rganish sohasi va vazifasiga ko‘ra 2 ga bo‘linadi: umumiy va 
xususiy. 
Umumiy fonetika barcha tillarga xos bo‘lgan talaffuz xususiyatlarini o‘rganadi. 
Xususiy fonetika biror konkret tilga xos bo‘lgan talaffuz xususiyatlarini 
o‘rganadi. 


17 
Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra ham fonetika 2 ga: nazariy va amaliy (normativ) 
fonetika
Nazariy fonetika biror tilning talaffuz alomatlarini nazariy jihatdan tasnif etadi. 
Amaliy fonetika bir tilning talaffuziga o‘rgatish maqsadida tuziladi. 
Nutq tovushlari, bug‘in, urug‘, va intonatsiyadagi artikulatsion – akustik 
xususiyatlarini alohida apparatlar yordamida o‘rganadigan fonetika ekspremental 
fonetika deb yuritilgan. 
Nutq tovushlarining hosil bo‘lishi va ularning xususiyatlarini o‘rganuvchi 
fonetika sigmental fonetika (sigment-nutq bo‘lish) deyiladi. 
Nutq tovushlaridan katta birliklar, ya‘ni bo‘g‘un, so‘z va frazalarni o‘rganuvchi 
fonetika supersigmental fonetika deyiladi. 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling