Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi tilshunoslik fanidan
Fonema tushunchasi va uning tovushdan farqi
Download 1.86 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik MAJMUA 2022
Fonema tushunchasi va uning tovushdan farqi.
Tilshunoslik tarixida tovush tushunchasi 2 davrga: 1. ―Fonema‖ tushunchasi paydo bo‘lganga qadar bo‘lgan davr. 2. fonologiya nazariyalarining yuzaga kelish davri. Bu XIX asrning ikkinchi yarmidan XX asr. Fonologiyaning asoschisi mashxur rus va polyak olimi I.A.Boduen de Kurteng (1845-1929), uning shogirdi. N.V.Krushevekiy (1851-1887), fransuz olimi P.Passi, ingliz tilshunosi T.Suit, shveytsariyalik tilshunos Ferdinand de Sossyur, rus olimi P.K.Uslarning nomlari bor. Hozirgacha ittifoq tilshunosligida qo‘yidagi fonologiya nazariyalari yaratilgan. 1. I.A.Boduen de Kurtene psixologik fonologiya nazariyasi. Uning ko‘rsatishicha, fonema tildagi morfologik, sintaktik va semasiologik tushunchalar bilan bog‘langan fonetik birlikdir. 2. Akademik L.V.Shcherba (1880-1944) fizik fonologiya nazariyasini yaratdi. U harbir nutq tovushi boshqa nutq tovushlari kabi qandaydir fizik, mexanik hodisa hisoblanadi. Bu tovushlar so‘z va so‘z formalarining ma‘nolarini farqlay oluvchi tovush tiplariga birlashadi. Bunday tovush tiplari fonemalar deyiladi. Umumiy tushuncha hisoblanuvchi fonemaning yakka holda nutqda talaffuz qilinuvchi vakili fonemaning ottenkasi hisoblanadi. 3. A.L.V. Shcherbaning shogirtlari ikki oqimga bo‘linib, ilmiy bahs yordamida Moskva va Leningrad fonologiya maktablari nazariyalarini yaratdi. Moskva fonologiya maktabining vakillari A.A.Peformatskiy (1900-1978), P.S.Kuznetsov (1899-1968), V.N.Sidorov, R.I.Avanesov, M.V.Panov, A.M.Suxotin va boshqalar. Leningrad fonologiya maktabi vakillari – L.R.Zinder, M.I.Matusevich, A.N.Tvordev, V.I.Litkin, Yu.S.Maslov va boshqalar. Moskva fonologiya maktabi fonemaga ta‘rif berishda morfema tushunchasiga, ya‘ni tilning eng kichik ma‘noli birligiga suyanadi. Bunda morfemalardagi tovush almashuvida ishtirok etuvchi tovushlar bir fonemaga birlashtiriladi. M-n, voda [vada], void [vodi], na vodu [na vadu] morfemalaridagi o, a, ‘ tovush almashuvi bir fonemasining variantlari hisoblanadi. Leningrad fonologiya maktabi fonemaga ta‘rif berishda so‘z formasi tushunchasidan kelib chiqadi va yuqoridagi misoldagi o,a,‘ tovushlarining har birini alohida fonemaning vakili sifatida qaraydi. 4. Turkiy tillar fonetikasi va fonologiyasini yoritishda turkologlar V.V Radlov (1837- 1918), V.A Bogorodskiy (1857-1941), E.D. Polivanov (1891- 1938), N.K Dmitriyev 26 (1898-1954), S.E.Malov (1880-1957) kabilar hissa qo‘shdi.‖Fonema‖ terminini turkologiyaga birinchi bo‘lib 1920 yilda N.K.Dmitryev kiritgan bo‘lsa, o‘zbek tilshunosligiga o‘sha yillarda prof. D.Polivanov qo‘lladi. Chet el tilshunosligida keng tarqalgan fonologiya nazariyalar: 1. Praga lingvistika maktabining fonologiya nazariyasining asoschisi mashhur olim N.S.Trubestkoy (1890-1938), R.Yakobson, V.Mateazius, B.Grika, I.Vaxek va boshqalardir. Bu maktabning fonologik nazariyasi va metodlari bir necha tillarni ilmiy o‘rganishda qo‘llanilib kelmoqda. Bu maktab fonologik oppoziyalar klassifikatsiyasi, fonologik neytralizatsiya, korrelyatsiya, fonemalarning birikmalarini ilmiy-nazariy tadqiq etish metodlarini taklif etdi. 2. London fonologiya maktabi va uning asoschisi D.Jounz fonema akustik jihatdan bir xil bo‘lgan ―tovushlar oilasi‖dir. 3. Distributive fonologiya nazariyasi (AQSh) fonema akusitik jihatdan bir xil bo‘lgan ―tovushlar sinfi‖ yoki ―allofonlar sinfi‖dir. 4. Dixotomik fonologiya nazariyasi (AQSh) jahon tillaridagi fonemalarni o‘n ikki juft binor (ikkitadan qarama-qarshilik asosida) farqlanish belgilari asosida tasnif etish metodini taklif etdi. 5. Makro va mikrofonema nazariyasi. AQSh tilshunosi U.Tuold tomonidan 1935 yilda taklif etildi. 6. Glossematika fonologiya nazariyasi (Daniya) 7. Ikki pog‘onali fonologiya nazariyasi 8. Gonerativ fonologiya nazariyasi (AQSh) 5, 6, 7 va 8 chi tilning fonologik sistemasini mavhum tadqiq qilish va sxematik ravishda qarash hollari mavjud. Jahon tilshunosligining talablariga javob bermaydi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling