Reja: Nutq tovushlarining o’zgarishi Grafika haqida umumiy ma’lumot Orfografiya (imlo) Har qanday tilda ham tovushlar yozuvda yozilganidek talaffuz qilinavermaydi


Download 1.02 Mb.
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1070119
  1   2   3   4   5   6   7
  • MAVZU: Nutqning fonetik bo’linishi. Nutq tovushlarining fonetik o’zgarishlari. Grafika, orfografiya va orfoepiya
  • REJA:
  • Nutq tovushlarining o’zgarishi
  • Grafika haqida umumiy ma’lumot
  • Orfografiya (imlo)
  • Har qanday tilda ham tovushlar yozuvda yozilganidek talaffuz qilinavermaydi. Tovushlar kompleksini (tizimini) birga talaffuz qilish natijasida ayrim tovushlar o’zaro bir-biriga ta’sir qiladi va bu ta’sir tovush o'zgarishiga olib keladi. Masalan, yurt so’ziga o’rin-payt kelishigi affiksi - da, chiqish kelishigi affiksi -dan qo’shilganda, so‘z oxiridagi t tovushi affiksdagi d undoshiga ta’sir qilib, uni t tovushiga aylantiradi: yurt+da-yurtta, yurt+dan-yurttan kabi (yozilishi: yurtda, yurtdan). Bir sanoq soniga dona son affiksi -ta qo‘shilganda, affiksdagi t undoshning ta’siri bilan so‘zning oxiridagi r tovushi t ga o‘tadi: bir-ta-bitta kabi.
  • So‘z tarkibidagi tovushlar nutq jarayonida bir-biriga ta’sir qilmagan holda ham o‘zgarishga uchrashi mumkin. Bunda tovushning so‘z tarkibidagi o‘rni (qanday tartibda joylashganligi); so‘zning boshida yoki oxirida, urg‘uli yo urg‘usiz bo‘g‘inda kelishi muhim rol o‘ynaydi. Masalan, odob, javob, niqob, maktab so‘zlari oxirida kelgan b jarangli undosh talaffuzda jarangsiz p tarzida talaffuz qilinadi; negativ, normativ pozitiv, operativ kabi ruscha-intematsional so‘zlaming oxirida kelgan v jarangli undosh jarangsiz f tarzida; voleybol, olimpiada kabi ruscha-intematsional so‘zlarning urg‘usiz bo‘g‘inida kelgan о unlisi esa a tarzida talaffuz qilinadi: valeybol, alimpiada. Bunday hodisalaming sodir bo‘lishiga nutqda ixchamlikka intilish, bo‘g‘inda urg‘uning tushishi yoki tushmay qolishi, shoshilib talaffuz qilish, boshqa tillardan o‘tgan so‘zlarni talaffuz qilishdagi qiyinchiliklar sabab bo’lishi mumkin.
  • Nutq tovushlarining o‘zgarishi ikki turga bo’linadi:
  • 1-
    Download 1.02 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling