Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet13/69
Sana23.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1382587
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Bog'liq
matnshunoslik

9- 10 MA’RUZALAR
MATN LINGVISTIKASINING LINGVOMADANIY ASPEKTI
(badiiy matnlarda laqablarning ayrim uslubiy xususiyatlari haqida)
Tayanch sо‘z va iboralar: onomastika, antroponimika, antroponim, ism, laqab, taxallus, introponimik seriyalar, badiiy asarda qahramon ismi, badiiy asarda qahramon laqabi, onomapoetika, ismlarning funksional-semantik xususiyatlari, laqablar badiiy matnda uslubiy vosita sifatida.
Ma’lumki, tо‘laqonli badiiy obrazning yuzaga kelishida qahramonning portreti, tashqi qiyofasi, nutqi, monolog va dialoglari bilan bir qatorda uning ismi, laqabi yoki taxallusi ham muhim vosita bо‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun jahon adabiyotining yirik vakillari о‘z asarlari qahramonlarining ismlariga ham alohida e’tibor berishgan, qahramonga munosib ism topish о‘ziga xos san’atkorlik belgisi deb baholangan. Ulug‘ rus yozuvchisi A.P.Chexov qahramon ismining badiiy asar uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini nazarda tutib, jumladan, shunday degan edi: “faqat asar qahramonlarining nutqlaridagina emas, balki ularning ismlari va familiyalarida ham chuqur soddalik vqa hayotiylik bо‘lishi kerak. Binobarin, qahramonning nomi asarning g‘oyaviy-badiiy mazmunini chuqurlashtirib, uning milliy ruhini, xalqchilligini kuchaytirishda, asardagi obrazlar va voqealarni tipiklashtirishda muayyan rol о‘ynaydi”1. Masalaga ana shu nuqtai nazardan qaraganda, badiiy matnda, jumladan, tarixiy romanlarda qо‘llangan ismlar (antroponimlar)ning funksional-semantik xususiyatlarini о‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, tarixiy romanlarda, jumladan taniqli yozuvchi Mirmuhsinning “Temur Malik” romanida qо‘llangan antroponimlar о‘sha asarda tasvirlangan XV-XIV asrlar tarixiy voqeligiga mos bо‘lishiga erishilgan. Mirmuhsin bu asarida kо‘proq о‘sha davr, ya’ni XIII-XIV asr eski о‘zbek adabiy tilida, turkiy xalqlar orasida keng qо‘llangan kishi ismlari, laqablar va taxalluslardan о‘rinli foydalanishga intiladi.
Yozuvchi “Temur Malik” romani ustida о‘n yil mehnat qilgan edi (1975-1985). 1985 yilda asar dastlab “Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilindi, keyinchalik “Xо‘jand qal’asi” nomi bilan alohida kitob holida nashr etilgandi. Yozuvchi bu asarni qayta ishlab, uning keyingi nashrlarida asarni “Temur Malik” (“Xо‘jand qal’asi”) nomi bilan nashr etishni ma’qul kо‘rdi. Bu asarga sо‘ngsо‘z yozgan, tarixchi olim H.Ziyoyev tо‘g‘ri ta’kidlaganidek, “romanning Chingizxon istilo qilgan joylarda, xususan, О‘trorda, Xо‘jandda va Urganchda qilgan yovuzliklariga bag‘ishlangan sahifalari katta qiziqish bilan о‘qiladi”2.
“Temur Malik” arixiy romani matnida boshqa leksik vositalar singari laqablar ham muhim tasviriy ahamiyat kasb etgan. Masalan, romandagi asli samarqandlik sardor Muhammad Intizom “Mextar Bodiyaldoyi Samarqandiy soniy” laqabiga ega (T.m., 107). Yozuvchining eslatishicha, Mextar Bodiyaldoyi Samarqandiy soniy - jangnomalardagi afsonaviy ayg‘oqchilarning ismlaridir (T.m., 107). Shu bilan birga bu ayg‘oqchilar sardorining “Mehtarbod”, “kamak Kayyoniy”, “saltanatning о‘tkir xanjari” kabi laqablari ham bor: “- Mana о‘qing, azizim. Siz na Mehtarbod va na Kamak Kayyoniy ekansiz!..” (T.m., 294).
Asarning bosh qahramoni Temur Malik “Fili Mahmud” laqabiga ega: Temur Malik ibn Mahmud – о‘ttiz yoshlarga borgan barvasta, yelkalari keng, qо‘l-oyoqlari uzun, yо‘g‘on ovozli kishi... Ba’zan kulgisiniyu qahrini yuzidan aniq sezib bо‘lmas, shu sababli ham uni “fili Mahmud” derdilar – ellik qadamcha yerdan tegirmon toshini yelkada kо‘tarib kelib, charx ustiga о‘rnatib berganidan tashqari, gap kо‘tatar, har qanday noxush xabar oldida sachrab ketmas, bо‘ronlarga qoyadek chidamli edi, “Fili Mahmud” laqabi ham shundan bо‘lsa kerak” (T.m., 5). Romanda ana shu laqab ba’zan sо‘z о‘yiniga, askiyaga asos bо‘lib xizmat qiladi:
“ - ...Sizga tenglasholmas ekanmen. Bu og‘ir xodalar sherning emas, filning ham (“Fil” sо‘zi bilan u Temur Malikka ishora qildi) yuragini о‘ynatib yuboradi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling