Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi
Download 0.52 Mb.
|
matnshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 5. Badiiy matnda (“Temur Malik”, “Mironshoh Mirzo” tarixiy romanlarida) laqablarning funksional-uslubiy xususiyatlari.
Qiyqiriq kо‘tarildi.
“Sarvinoz” – Abdulmо‘min Gо‘yandaning davradagi laqabi. U о‘yinni qiyvorgani, qizlarday eshilib raqs tusha olgani uchun shunday laqab olgan. Nadimlarning barchasida laqab bor, chunonchi, Xoja Marog‘iyni “О‘yinchi”, Mavlono Kо‘histoniyni “Raqqos”, Ardasher Changiyni “Jilvagar”, Qutbiddin Noyiyni “Shо‘xiy”, Habib Udiyni “Nozicha” deb atardilar” (U.s., SH, 390). Sohibqiron Amir Temurning qizi Sulton Baxt begim esa oilaviy hayotda notinchligi, eri temuriylar davlatiga xoinlik qilgani uchun о‘zini Sulton Badbaxt begim deb hisoblardi. Buni Sulton Baxt begimning ichki kechinmalari, о‘y-xayollari tasviri berilgan quyidagi matn ham yaqqol tasdiqlaydi: “Sen-chi, Baxt? – sо‘radi о‘zidan о‘zi alam girdobida... – Xudo shohid, ichingda Amir Shohmalik janoblarini sevarding. Ha, sevarding, ammo sevging uchun kurashding-mu?.. Agar kurashganingda, anovi yer yutkur mal’un telbaning qо‘lida ezilgan guldek xor bо‘lmasding-ku?.. Endi Sulton Badbaxt begimga aylanib о‘ltiribsen!...” (U.s., SH, 370). Shunday qilib, badiiy matnlarda, jumladan, yozuvchi Mirmuhsinning “Temur Malik” va Muhammad Alining “Mironshoh Mirzo” tarixiy romanlarida laqablar asarda tasvirlangan tarixiy davr – mо‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash, temuriylar davlatini mustahkamlash davri haqida kitobxonlarga aniq tasavvur berish uchun xizmat qiladi. О‘zbek badiiy matnida laqablarning funksional-uslubiy xususiyatlari esa maxsus kuzatishlar talab qiladigan alohida muammo sanaladi. Nomshunos olimlarning ta’kidlashlariga kо‘ra, “о‘zbek tarixiy nomshunosligining dolzarb muammolari orasida laqab va taxalluslarni о‘rganish ishi alohida о‘rin tutadi. Chunki qadimgi davrlarga borganimiz sari nomlar va laqablar orasida farq kamaya boradi va umuman laqablarning nomdash vositasi sifatidagi roli orta boradi. Umuman laqab va taxalluslarni faqatgina nominativ (nomlash) vositasi sifatida о‘rganish yetmaydi, balki ularni badiiy-uslubiy vosita tarzida tadqiq qilish ham muhimdir. Bunday kuzatuvlarda ism, laqab va taxalluslar orasidagi atoqli otlarga xos umumiylik va о‘zaro farqlarni ochib berish alohida ahamiyatga egadir”. Nazorat savollari: 1. О‘zbek tilida antroponimlar va ularning tasnifiy belgilari. 2. Ismlar, taxalluslar va laqablarning о‘zaro munosabati, ularning antroponimlar tizimida tutgan о‘rni. 3. Antroponimlarning badiiy matnda vо‘llanish xususiyatlarini о‘rganishning ahamiyati. 4. О‘zbek onomopoetikasi va uning asosiy muammolari. 5. Badiiy matnda (“Temur Malik”, “Mironshoh Mirzo” tarixiy romanlarida) laqablarning funksional-uslubiy xususiyatlari. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling