Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet18/69
Sana23.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1382587
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Bog'liq
matnshunoslik

Men unga “О‘rik domla” ikki gazetadan qaytganini qо‘rqa-pisa aytdim. Agar Asqad ham lanjlik qilsa, hikoyani yirtib tashlamoqchi edim.
Yо‘q, Asqadga yoqdi.
- Ularga yoqmagani bizga foyda bо‘ldi,- dedi u jiddiy.
Oradan bir yarim oy о‘tib, jurnalda “Ikki hikoya” umumiy sarlavhasi ostida “Poyqadam” va “О‘rik domla” bosilib chiqdi. Hikoya kо‘pchilikka ma’qul bо‘ldi (Said Ahmad. Umrim bayoni).
Keltirilgan misollarning birinchisida matn ifodasining bir sо‘z bilan yoki ikki sо‘z (birikma) orqali ifodalanayotgani kо‘rinadi. Bunday vaziyatda mustaqil sо‘z va sо‘z birikmalari tо‘liq predikativlik ma’nosiga ega bо‘ladi hamda voqelikka ma’lum bir yaxlit munosabat bildirish vositasi sifatida namoyon bо‘ladi.
Ikkinchi misolda esa matn yoyiq holatda kelgan uchta sodda gapning о‘zaro birikuvi natijasida voqelangan murakkab sintaktik qurilma orqali ifodalanmoqda. Bunday vaziyatda matn о‘zaro bog‘langan murakkab sintaktik qurilma qolipidagi uch komponentdan tashkil topgan bо‘ladi.
Uchinchi misolda esa matn komponentlari tо‘rt abzatsdan tashkil topgan. Ayni paytda bu matn tarkibiga kirgan abzatslar о‘zaro mazmuniy jihatdan bog‘langan bо‘ladi.
Gaplarning mazmun turlarini matn omillari zaminida tadqiq etish matn tilshunosligining dolzarb muammolaridan biri sanaladi. Matn tilshunosligining adabiyotshunoslik fani bilan mustahkam aloqasi tilning estetik funksiyalarini filologik zaminda turib chuqur tadqiq etish uchun keng imkoniyat yaratmoqda.
Xulosa qilib aytganda, har qanday matn ham til birliklarining nutqda real qо‘llanilishi uchun о‘ziga xos makon, maydon vazifasini bajaradi. Til birliklari hajman katta yoki kichik bо‘lishidan qat’i nazar, ular nutq jarayonida (matn tarkibida) о‘zining tom ma’nodagi mazmuniy ifodasiga ega bо‘ladi. Nazariy tilshunoslik doimo til ta’limining mazmun mundarijasi va yо‘nalishini belgilab kelganligini inobatga oladigan bо‘lsak, о‘zbek tili birliklarining matn oqimidagi rang-barang xususiyatlarini chuqur tadqiq etish va bu sohadagi yutuqlarni о‘zbek tili ta’limiga, lingvodidaktikasiga olib kirish matn tilshunosligi fanining dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib qolmoqda.

Nazorat savollari:


  1. Tilning jamiyatdagi о‘rni va vazifasi haqida tushuncha.

  2. Tilning sistemalik xarakteri va strukturasi orasidagi munosabat.

  3. Tilning belgilik xususiyati va uning nutq jarayonidagi in’ikosi.

  4. Til belgisi va uning о‘ziga xos sifatlari.

  5. Matn tarkibida sо‘zning lug‘aviy (leksik) va grammatik ma’nolarini farqlash tamoyillari.

  6. Ferdinand de Sossyurning “til va nutq” dixotomiyasi haqidagi ta’limoti haqida tushuncha.

  7. Til birliklarining mavhum va kо‘p ma’noli xarakteri, nutq birliklarining esa konkret va yakka ma’nolik xususiyati.

  8. Lisoniy va nutqiy ortiqchalikning umumiy hamda farqli belgilari.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling