Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet25/69
Sana23.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1382587
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69
Bog'liq
matnshunoslik

Nazorat savollari:
1. Matn komponentlari va ularning tasnifi haqida.
2. Sо‘z birikmasi orqali ifodalangan matnda pog‘onali munosabatning namoyon bо‘lishi.
3. Murakkab sintaktik qurilma, supersintaktik butunlik (SSB) orqali ifodalangan matnda pog‘onali munosabatning namoyon bо‘lish usullari.
4. Katta matn tarkibida komponentlarning pog‘onali munosabati.

18-ma’ruza
MATNDA GUMON OLMOSHLARINING AYRIM
SEMANTIK VA FUNKSIONAL-USLUBIY
XUSUSIYATLARI
Tayanch sо‘z va iboralar: sо‘z turkumi, mustaqil sо‘z turkumi, olmosh, gumon olmoshi, sо‘roq olmoshlari, olmoshlarda kelishik, egalik, kо‘plik qо‘shimchalari, noaniqlik, gumon ma’nosi, funksional-uslubiy xususiyat, matnda olmoshning aktualizatorlik vazifasi.
О‘zbek tilida gumon olmoshlari predmet, belgi yoki hodisa haqidagi noaniq tasavvurni bildirib, ularga umumiy, mavhum (abstrakt) va taxminli ishora qilishi bilan xarakterlanadi1. Gumon olmoshlari noma’lumlikni – sо‘zlovchi shaxs, subyekt avval uchratmagan yoki tushuntirib bera olmaydigan narsa-hodisa tushunchasini bildiradi. Gumon olmoshlari orasida faol qо‘llanuvchi qandaydir olmoshida ana shu mavhumlik, noma’lumlikning ayrim jihatlari rо‘yobga chiqadi yoki aktuallashadi. Masalan: Qoshlari bir-biriga tutashgan, qisilgan kо‘zlari tо‘rda surat bо‘lib qolgan Fazilatga qadalgan, lunjlari ichiga botib ketgan qoramtir yuzida g‘azab emas, yо‘q, qandaydir cheksiz bir alam muhrlangan (O.Yoqubov. Diyonat). Keltirilgan matn tarkibidagi “qandaydir” gumon olmoshi juda ham cheksiz, poyonsiz g‘am-alam bilan tо‘lgan qahramon ichki dunyosini ochishga vosita bо‘lgan.
Endi publitsistik uslub namunasi bо‘lgan quyidagi parchaga e’tiborni qarataylik: Kecha kechqurun osmondan qandaydir noma’lum jism uchib tushdi (“Xalq sо‘zi”). Bu parchada ifodalanuvchi mavhumlik, gumon ottenkasi ikki sо‘zda – ham “noma’lum” sо‘zida, ham “qandaydir” gumon olmoshida oо‘yobga chiqmoqda. Shu о‘rinda keltirilgan parchada “qandaydir” gumon olmoshi ortiqchadek, grammatik pleonazm (ortiqchalik) hodisasi sodir bо‘layotgandek tuyuladi. Agar biz yuqorida keltirilgan gapning boshqacha variantini о‘zaro qiyoslasak, matn tarkibida “qandaydir” gumon olmoshining funksional о‘rni о‘z-о‘zidan anglashiladi: Kecha kechqurun osmondan qandaydir noma’lum jism uchib tushdi // Kecha kechqurun osmondan noma’lum jism uchib tushdi. Bu parchalar qiyosi shundan dalolat beradiki, “qandaydir” olmoshining matnda qо‘llanishi bilan shu matn yordamida ifodalanayotgan noma’lumlik ottenkasi kuchli, ta’sirchan tarzda namoyon bо‘ladi hamda о‘sha noma’um narsaning qandayligiga qiziqish ottenkasi ham rо‘yobga chiqadi. Shunga kо‘ra tilshunos olimlar gumon olmoshlari va boshqa ayrim tur olmoshlari matnda qо‘llanilishi bilan uslubiy aktualizatorlik xususiyati namoyon bо‘lishini alohida ta’kidlab kо‘rsatmoqdalar2. Shunga kо‘ra, gumon olmoshlarining funksional-semantik xususiyatlari о‘rganilayotganda ularni matn tarkibidagi boshqa til birliklari bilan о‘zaro uyg‘unligini aniqlash, shu asosda qandaydir, nimadir, qachondir, qayergadir, kimdir singari gumon olmoshlari anglatgan semantik-uslubiy ottenkalarni mikromatn qurshovida belgilash lozim bо‘ladi.
Shuni unutmaslik lozimki, gumon olmoshlaridan matnda foydalanish hammavaqt ham funksional-uslubiy jihatdan kutilgan natijani beravermaydi, ya’ni ular orqali oddiygina ma’lumlik-noma’lumlik xususiyati ifodalanadi-yu, lekin bu matndan muhim, emotsional ta’sirchanlikni kutish qiyin bо‘ladi. Masalan: Men kо‘chadan nimadir topib oldim (Xalq sо‘zi). Publitsistik uslubga xos oddiy xabar mazmunidagi bu gapda “nimadir” olmoshi oddiygina noma’lumlik ma’nosini ifodalashga xizmat qilmoqda. Bu matn tarkibidagi gumon olmoshidan qо‘shimcha funksional-uslubiy xoslanishni kutish qiyin.
Endi badiiy uslubga xos quyidagi matnga diqqat qilaylik: Negadir burchakka qisilib, mum tishlab olgan Fazilat ortiq chidab turolmadi. Birdan ovozining boricha uvvos tortib yig‘lab yubordi (O.Yoqubov. Diyonat). Keltirilgan matn boshida qо‘llangan “negadir” gumon olmoshi о‘z xatti-harakatidan qattiq pushaymon bо‘lib, asablari taranglashgan Fazilat ichki kechinmalariga ishora qilmoqda. Qahramon eri Jabbor tirik bо‘la turib, Bо‘riboyevning aldovlariga uchib, unga tegib olgan, eri frontdan kelganini eshitib, nima qilishini bilmay turgan idora hisobchisi Fazilatning qalb tug‘yoni ifodalanishiga “negadir” gumon olmoshi aktualizatorlik (ishora qiluvchilik) vazifasini bajaradi. Bunday paytda gumon olmoshlarining matndagi qо‘shimcha ma’no xususiyati, uslubiy jihatlari haqida fikr yuritish mumkin bо‘ladi.
Gumon olmoshlaridan matnda sо‘zlovchiga kо‘proq ma’lum bо‘lgan predmet, voqea-hodisalarga nisbatan qо‘llash mantiqqa tо‘g‘ri keladi. Masalan: Va kо‘p hollarda, ma’naviyat haqida beriladigan savollarga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi, qandaydir noaniq, sayoz javoblarni ham eshitishga tо‘g‘ri keladi (I.Karimov. Y.m., 18). Keltirilgan matnda “qandaydir” gumon olmoshi о‘zidan keyingi “noaniq”, “sayoz” kabi mavhumlikni bildiruvchi sо‘zlarni ma’no jihatdan tо‘ldirib, uslubiy jihatdan kuchaytirib kelishga xizmat qilgan, ya’ni bu matnda “qandaydir” gumon olmoshi stilistik aktualizator vazifasini bajarib kelmoqda.
Shunisi muhimki, noaniqlik, gumon ma’nosini bildiruvchi kimdir, nimadir, qaysidir, qayoqdadir, qanaqadir, qandaydir, qachondir olmoshlariga kelishik, egalik va kо‘plik qо‘shimchalari –dir elementidan oldin qо‘shiladi, bunday grammatik holat noaniqlik, gumon ma’nosining matnda kuchli tarzda ta’kidlanishiga xizmat qiladi: ...bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bо‘shliq bо‘lmaydi. Qayerdadir bо‘shliq paydo bо‘ldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir tо‘ldirishga harakat qiladi (I.Karimov. Y.m., 12); Saida nimanidir mulohaza qilib, majlisda Qalandarovga heya narsa demadi (A.Qahhor. Sinchalak) kabilar.
О‘zbek tilida gumon olmoshi ba’zi sо‘roq olmoshlariga “ham” yordamchisini qо‘shish orqali ham hosil qilinadi. Shunisi muhimki, “ham” yordamchisi sо‘z о‘zgartuvchi qо‘shimchalar yoki kо‘makchilardan keyin qо‘shiladi: Tolibjon nima bilan ham о‘z fikrini isbotlamoqchi bо‘ldi, lekin uddasidan chiqa olmadi (Said Ahmad. Jimjitlik) kabilar.
О‘zbek tilida “birov” sо‘zi kо‘pincha gumon olmoshi sifatida qо‘llanilib, begona, boshqa, notanish, noaniq odam, noaniq shaxs, allakim, kimdir singari ma’nolarini alohida ta’kid bilan ifodalashga xizmat qiladi: – Tomorqani birov kо‘tarib ketarmidi, turaveradi-da, - dedi kampir о‘g‘li hoziroq ketmonni kuо‘tarib tomorqa tomon jо‘nashidan hadiksirayotgandek (SH.Bо‘tayev. Dasta rayhon) kabilar.
Ba’zi sо‘zi kо‘plik qо‘shimchasini olgan holda gumon olmoshi vazifasini bajarishga xizmat qiladi. Aslida “ba’zi” sо‘zi noaniq belgi, xususiyat ma’nosini bildirib, matn tarkibida kо‘pincha sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajaradi hamda bu sо‘z “ayrim” sо‘zi bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Qiyoslang: ba’zi odamlar // ayrim odamlar; ba’zi uylar // ayrim uylar.
Shunday qilib, о‘zbek tilida gumon olmoshlari sо‘roq olmoshlariga –dir, alla- elementlarini qо‘shib hosil qilinadi, “birov, biron, biror” sо‘zlari ham gumon olmoshi ma’nosida qо‘llaniladi hamda bu olmoshlar matn tarkibida noaniqlik, gumon ma’nolarini kuchli ta’kid, alohida ta’kid yо‘li bilan ifodalab, matnga xilma-xil ekspressiv holatlarni rо‘yobga chiqaradi, ba’zan esa matnda aktualizatorlik vazifasini bajaradi. Matnda “bir nima”, “qay bir”, “ba’zi”, “ba’zilar” kabi sо‘zlar ham о‘rni bilan gumon, noaniqlik ma’nolarini ifodalashga vosita bо‘ladi.
Nazorat savollari:
1.Olmoshlarning tasnifiy belgilari haqida tushuncha.
2. Gumon olmoshlari orqali matnda mavhumlik, noaniqlik, gumon ma’nolarining ifodalanish xususiyatlari.
3. “Ba’zi”, “ayrim”, “bir nima” kabi sо‘zlarning matn tarkibida olmosh vazifasida qо‘llanishi.
4. Gumon olmoshlari matn tarkibida aktualizator sifatida.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling