Qarshi davlat universiteti lingvistika kafedrasi


Download 0.52 Mb.
bet27/69
Sana23.04.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1382587
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
Bog'liq
matnshunoslik

Nazorat savollari:
1.О‘zbek tilida olmosh turkumiga oid sо‘zlarning tasnifiy belgilari haqida tushuncha.
2. Jamlovchi olmoshlar orqali matnda tо‘dalik, jamlik, belgilash ma’nolarining ifodalanish xususiyatlari.
3. Hamma, barcha, butun, bari, bor, jami, butkul, tamom, bor-yо‘q sо‘zlarining о‘zaro ma’nodoshlik munosabati hamda ularning matn tarkibida jamlovchi, belgilash olmoshlari vazifasida qо‘llanishi.
4. Jamlovchi olmoshlarning matn tarkibida aktualizator sifatida qо‘llanish xususiyatlari.

14-ma’ruza




MATN TILSHUNOSLIGI” FANIDA NUTQ
DERIVATSIYASI MUAMMOLARINI О‘RGANISH

Tayanch sо‘z va iboralar: nutq derivatsiyasi, operand, til va nutqning о‘zaro munosabati, nutqiy faoliyat,


Ma’lumki, hozirgi vaqtda jahon tilshunosligida inson nutqining shakllanish jarayoni va uning real qо‘llanishi kabi masalalarni о‘rganishdek dolzarb vazifalar turibdi. Bunda asosiy e’tibor til sistemasining nutqda qо‘llanilishi va bu jarayonda jumlaning, jumlalar majmuasining nutqiy zanjir sifatida voqealanishi, uning ahamiyatini о‘rganish masalasiga qaratilmoqda.
Aytish lozimki, F.de Sossyur ta’limotiga kо‘ra nutq bilan nutqiy faoliyat farqlanadi, ular mushtarak hodisalar emas. Nutq insonning nutqiy faoliyati mahsulidir. Nutqiy faoliyat о‘ta dinamik xarakterga ega, zotan, u insonning jamiyatda tutgan mavqei bilan, yashash tarzi bilan uzviy bog‘lanadi. Lingvistika (о‘zbek tili) yо‘nalishi bо‘yicha magistratura ta’limi о‘quv dasturidan о‘rin olgan “Matn tilshunosligi” о‘quv predmetida xuddi ana shu masalalarni hozirgi zamon tilshunosligi yutuqlari negizida о‘rganish kо‘zda tutilgan.
Nutqni insonning sо‘zlashuv jarayonida vujudga keladigan yaxlitlangan til materiali sifatida idrok etamiz. Inson о‘z nutqiy faoliyatida til sistemasidan foydalanadi. Inson nutqi til birliklarining kesishish chizig‘i hisoblanadi va bunda til unsurlarining pog‘onali munosabati vujudga keladi1. Boshqacha aytganda, til birliklarining har biri о‘zidan katta birlik sathida qо‘llanila boshlaydi. Ana shu nuqtai nazardan nutq ham dinamik xarakter kasb etadi.
Inson nutqining eng asosiy xususiyatlaridan biri uning bog‘lanishli ekanligidir. Mazkur xususiyat nutqning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi gap, ilovali qurilmalar, murakkab sintaktik qurilmalar, abzats kabilarning о‘zaro semantik va sintaktik munosabatidan kelib chiqadi. Ular о‘rtasida bunday munosabat bо‘lmas ekan, nutqda о‘zaro aloqadorlik, pog‘onali munosabat ham bо‘lmaydi. “Matn tilshunosligi” fani о‘rganilayotganda masalaning ana shu tomonlari konkret misollar tahlili asosida ochib berilishi lozim.
Ravshanki, nutq til sistemasining amalda qо‘llanilishi obekti sanaladi. Shu bois nutqni gap va undan katta birliklarning majmuasidan shakllanadi deyilsa, masala mohiyatiga bir tomonlama yondilgan bо‘ladi. Chunki inson nutqi birinchi galda unli va undosh tovushlarning о‘zaro sintagmatik munosabatini taqozo etadi. Biroq ayni paytda “Matn tilshunosligi” kursida asosiy e’tibor matn va nutq derivatsiyasiga qaratilgani uchun о‘qituvchi sintaktik strukturalar haqida ham mulohaza yuritishi lozim bо‘ladi.
Nutq nafaqat til sistemasi unsurlarining amalda qо‘llanilishini, balki sо‘zlovchining individual tajribasi va bilimining ham hayotga tadbiq etilishini kо‘rsatadi. Shunga kо‘ra, dars jarayonida nutq ikki narsani - til materiallari va sо‘zlovchining ularga munosabatini taqozo etadi, deb izohlanishi maqsadga muvofiqdir.
Ma’lumki, hozirgi tilshunoslikning asosiy muammolaridan biri til bilan nutqning о‘zaro munosabatini о‘rganishdan iboratdir. Mazkur muammo talqini barcha lingvistik nazariyalarga asos bо‘ladi. Bu holat sintaktik nazariyalarda yanada ochiqroq kо‘zga tashlanadi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, hozirgi paytgacha tilshunoslarning asosiy e’tibori til hodisalarini о‘rganishga qaratildi, nutq lingvistikasi, matn tarkibidagi nutq birliklarining derivatsion imkoniyatlari esa olimlar e’tiboridan chetda qolib keldi. Shu bois hozirgi paytda nutq lingvistikasi masalasiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Tо‘g‘ri, о‘tgan asrning 50-yillarida mazkur masalaga bir guruh olimlarning e’tibori qaratilgan edi. Lekin jahon tilshunosligida ayrim chalkashliklar kelib chiqqanligi sababli bu masala tilshunoslarning ilmiy ishlarida etarli ahamiyat kasb eta olmadi. Masalan, V.Skalichka nutqni stilistik hodisa deb targ‘ib etgan bо‘lsa2, E.Koseriuning tadqiqotlarida esa nutq о‘ta keng hajmli hodisa sifatida izohlanadi va til uning ma’lum bir qismiga tenglashtiriladi3.
Kо‘rinadiki, tilshunoslikda nutq derivatsiyasi, uning matni shakllantirishdagi о‘rni kabi umum-nazariy masalalarning qandaydir bir qirrasi yoritiladi, xolos. Shunga kо‘ra, bunday qarashlarda ayrim nuqsonlar ham kо‘zga tashlanadi. Bunday nuqsonlar sirasiga til sistemasining nutqda real qо‘llanilishi, til belgilarining matn tarkibidagi о‘zaro munosabati kabi masalalarning nazardan chetda qolganligini kiritish mumkin.
Shuni alohida eslatib о‘tish kerakki, bog‘lanishli nutq komponentlarining о‘zaro sintaktik munosabatlari sintagmatik qatorda voqelanadi, ya’ni matn tarkibida nutq parchalari bir-biri bilan ketma-ket bog‘lanadi. Bunda ularning semantik holati hamda sintaktik salmog‘i bir xil darajada bо‘lishi shart emas.
Sо‘zlashuv jarayonida sо‘zlovchining zimmasiga matn yoki nutqning tо‘g‘ri va ravonligini ta’minlash vazifasi yuklatiladi. Aks holda tinglovchi uchun xabar mazmunida nuqsonlar rо‘y berishi mumkin. Shu bilan birga, sо‘zlovchi va tinglovchi muloqotida ularning ijtimoiy holatlari ham muhim mavqega ega bо‘ladi. Masalan, tilshunos bilan kosmonavtning yoki kimyogar bilan dengiz ishchisining nutqiy muloqotlarida nutq komponentlarini mukammal qо‘llaniladi deb bо‘lmaydi. Shuning uchun nutqning benuqson bо‘lishini faqat lokal bog‘liqlik hamda global holatda, ya’ni nutq parchalarining umumiy aloqasi bilangina izohlab bо‘lmaydi. Bunda sо‘zlovchi bilan tinglovchining umumiy tayyorgarligi ham katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
Tub struktura – bu eng kichik (minimal) semantik struktura bо‘lib, u har qanday xabar ifodasini beruvchi nutq birligining shakllanishida muhim ahamiyatga ega bо‘lgan bazal (bazaviy) strukturani taqozo etadi. Ana shu bazal struktura asosida nafaqat ma’lum bir gap, balki murakkab sintaktik qurilmalar, abzatsdan tortib makromatngacha bо‘lgan nutq parchalari shakllanishi mumkin. Bularning barchasi sintaktik derivatsiya nazariyasiga asoslanadi, zotan, har bir shakllanishning oxirgi natijasi derivatni (hosilani) taqozo etadi.
Sо‘z birikmalari, shubhasiz, sintaktik derivatsiya mahsuli hisoblanadi va bog‘lanishli nutqda, matnda ma’lum bir gap doirasida shakllanadi. Bundan, albatta, mustaqil matn holida qо‘llanilgan sо‘z birikmalari mustasno. Chunki ular gapdan tashqarida voqelanadi.
Sо‘z birikmasining xomashyosi sifatida ikki (ba’zan bir necha) operand qatnashadi va ular derivatsion munosabatga real operator, belgisiz operator yoki nol operator vositasida kirishadi:
1. Simvol drujbi. 2. Mustaqillik poydevori. 3. Dо‘stlik tayanchi.
Keltirilgan misollarning birinchi ham, ikkinchisi ham, uchinchisi ham ikki operandli bо‘lib, birinchisida real operator – i, ikkinchisi va uchinchisida belgisiz qaratqich kelishigi hamda egalik qо‘shimchasi ishtirok etmoqda.
Derivatsion jarayonda sintaktik strukturalarning shakllanishi uchun operator muhim mavqega egadir. U matnlarni shakllantirishda turli xil vositalar yordamida ifodalanadi. Masalan, predlog, teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar, kо‘makchilar, kelishik affikslari ana shunday vositalardan hisoblanadi.
Shunga alohida ahamiyat berish kerakki, matn tarkibida sintaktik strukturalarning kichigi nisbatan katta struktura sathida faollik oladi. Shu bois gap о‘zidan kichik birlik - sо‘z birikmasining derivatsion jihatdan faollik olishi uchun ham asosiy sintaktik maydon hisoblanadi. Gapning sintaktik shakllanishi esa matn tarkibida rо‘y beradi. Bunda “Matn tilshunosligi” fanidan dars beruvchi о‘qituvchi mikro – va makromatnlarni farqlashga alohida ahamiyat berishi lozim. Har qanday katta matn о‘zidan kichik matnlarga nisbatan makromatn sanaladi. Shuning uchun abzatsni murakkab sintaktik qurilmalar uchun makromatn tarzida, bobni abzats uchun makromatnlar tarzida о‘rganish yaxshi samara beradi.
Nazorat savollari:
1. Nutq til sistemasining amalda qо‘llanilish obyekti sifatida.
2. Derivatsion jarayonda matn tarkibida sintaktik strukturalarning shakllanish omillari.
3. Matn tarkibidagi nutqiy parchalarning bir-biri bilan ketma-ket (paradigmatik) bog‘lanishi haqida tushuncha.
3. Tub struktura har qanday xabar ifodasini beruvchi nutq birligi sifatida.
4. Matn tarkibida sintaktik strukturalarning kichigi nisbatan katta struktura sathida faollik olish jarayoni.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling