Munajjim — osmon yoritkichlarining vaziyatlarini kuzatuvchi shaxs. Bu so`z arab tilidan olingan. Zardo`sht 40 yoshida yangi diniy ta`limot payg’ambari bo`ladi.
«Payg’ambar» so`zi «savobli ishlar xabarchisi» degan ma`noni anglatadi.
Zardo`shtiyning g’oyalari mil. av.gi IV asrda to`planib 21 kitob qilinadi. Ular «Avesto»ning asosini tashkil etgan. Matnlarda yozilgan tafsiflar «Zand» deb ataladi. «Katta Avesto»dan ayrim muhim oyatlar tanlab olinib, Xorazm, Baqtriya, Margiyona va So`tdiyona xaqida qimmatli ma`lumotlar mavjud.
Ahuramazda — Zardo`shtiylik xudosi bo`lib, yorug’lik, obodonlik, farovonlik, salomatlik kabi hamma ezguliklarni yaratuvchi va boshqaruvchi xudo sifatida ifodalangan.
Ahriman — zulmat, qorong’ulik, ochlik, vabo, sovuq, zaxarli jonivorlarni yaratuvchi va boshqaruvchi yovuzliklar xudosi.
Zardo`shtiylik urf—odatiga ko`ra o`lgan kishi dafn qilinmagan. Jasadni qushlarga em bo`lishi uchun maxsus baland joyga quyilgan. Suyaklari tozalanib, qushlarga em bo`lishi uchun maxsus idish «ossuariy» — «suyakdon, ostadon»larda saqlaganlar. Ular nous deb ataluvchi maxsus binolarga qo`yilgan.
Ahamoniylar — mil. av.gi 558—330 yillarda eronda hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga mil. av.gi VIII asrda elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i Ahmon asos solgan. Kir I davrida O`rta Osiyo hududlari ham Ahamoniylar sulolasiga bo`ysundirilgan. Uning davrida Qadimgi SHarqning katta qismi o`z hukmronligiga bo`ysundiriladi va Ahamoniylarning buyuk imperiyasi tuziladi Ahamoniylar sulolasi vakillari: Ahmon (Xaxomanshi), CHish-pish, Kir I, Kambiz I, Kir II, Kambiz II, Doro I, Kserks I, Ortokseroks I, Kserks II, Sekudian II, Doro II, Ortokserks II, Ortokserks III, Arses, Doro III.
Gerodotning yozishicha, Ahamoniylar bosib olgan hududlarni satrapliklarga bo`lib idora qilganlar. Ularning soni 20 ta bo`lgan. O`rta Osiyo hududi esa uchta satraplikka bo`lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |